OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT VETERINARIYA BOSh BOShQARMASI BOShLIGʻIning
buyrugʻi
Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalarining 1-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1302-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining 2018-yil 29-yanvardagi 20-sonli ““Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1302-3, 08.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PQ–1816-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 434-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining 2003-yil 25-iyuldagi 4-a-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalarining (roʻyxat raqami 1302, 2004-yil 22-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 38-modda) 1-ilovasi ilovaga* muvofiq tahrirda bayon etilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq N. YULDASHEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-dekabr,
77-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 49-modda)