Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
“Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1077-2
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018-yil 17-maydagi 137-sonli “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1077-4, 01.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) 8-bandiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2001-yil 15-sentabrdagi 255-son “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1077, 2001-yil 27-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 20-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 31-oktabr,
153-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 40-modda)