OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan import toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1514-3 ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 27-sentabrdagi 33/3, 75, 65, 01-02/19-18-sonli “Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1514-6, 07.10.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 24-sentabrdagi 268-V, 64, 94, 01-02/19-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1514, 2005-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 40-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan “Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan import toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
35/2-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
15-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
95-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
01-02/19-49-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 14-modda)