Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1404-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-12-sonli “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1404-6, 18.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 9-avgustdagi 01-02/12-32-sonli qarori bilan tasdiqlangan Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1404, 2004-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 404-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-oktabr,
01-02/12-30-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 542-modda)