Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2017 19.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2390
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi , 19.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2390
Kuchga kirish sanasi
29.09.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIZMAT VAZIFASINI BAJARISh ChOGʻIDA HALOK BOʻLGAN YoKI TAN JAROHATI OLGAN IChKI IShLAR ORGANLARI XODIMLARI VA HARBIY XIZMATChILARIGA BIR YOʻLA TOʻLANADIGAN NAFAQANI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 19-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2390]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-iyuldagi 153-sonli ““Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2390-1, 28.07.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-apreldagi “Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchilari va xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 168-sonli qaroriga muvofiq hamda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 21-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118-son

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 21-avgustdagi 118-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-apreldagi 168-sonli “Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchilari va xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani (keyingi oʻrinlarda nafaqa deb yuritiladi) toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnoma quyidagi shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb yuritiladi) Qorovul qoʻshinlarining harbiy qismlarida va Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurtida muddatli hamda shartnoma asosida harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ichki ishlar organi xodimi va harbiy xizmatchisi (keyingi oʻrinlarda xodim deb yuritiladi) xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda halok boʻlganda, uning merosxoʻrlariga marhumning oylik ish haqining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xodim xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda yaralanganda, mayiblanganda yoki kontuziya olganda (keyingi oʻrinlarda tan jarohati deb yuritiladi), unga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir tan jarohati olganda, oylik ish haqining 25 baravarigacha boʻlgan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganda, oylik ish haqining 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Engil tan jarohati olgan xodimga nisbatan nafaqa rasmiylashtirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. IIVning Portlovchi qurilmalar va moddalarni zararsizlantirish va yoʻq qilish maxsus otryadi va Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari hamda ularning quyi tizimi xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok boʻlganda, uning merosxoʻrlariga marhumning oylik ish haqining 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir tan jarohati olganda oylik ish haqining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganda oylik ish haqining 20 baravarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nafaqa olishga nisbatan daʼvo muddati talablarining qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Nafaqani rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xodimning xizmat vazifasini bajarish chogʻida tan jarohati olganligi fakti yuz berganda, bevosita uning rahbari yoki uning oʻrinbosari tashabbusi bilan guvohlar ishtirokida mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq darhol dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Dalolatnoma tuzishda voqea tafsilotlarining obyektiv va aniq bayon etilishiga hamda tan jarohatining xizmat vazifasini bajarish bilan bogʻliq holda yuz berganligiga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dalolatnoma tan jarohati olgan xodim, xodimning bevosita rahbari yoki uning oʻrinbosari, voqea sodir boʻlgan hududdagi ichki ishlar organi rahbari yoxud harbiy qism komandiri yoki IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlangan holda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Voqea sodir boʻlgan hududdagi ichki ishlar organi rahbari tomonidan yuqori turuvchi ichki ishlar organiga yoki harbiy qism komandiri yoxud IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari tomonidan IIVga yuz bergan holat yuzasidan dastlabki axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodimning halok boʻlishi yoxud tan jarohati olishining holat va sabablarini surishtirish uchun tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoki IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbarining yozma koʻrsatmasiga asosan xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xizmat tekshiruvi belgilangan tartibda tegishli ichki ishlar organi yoki sohaviy xizmat mansabdor shaxslari, harbiy qismning boʻlim va boʻlinma boshliqlari yoxud IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi masʼul xodimlari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda xizmat tekshiruvi oʻtkazayotgan masʼul xodimlar xodimning halok boʻlishi yoxud tan jarohati olishi uning xizmat vazifasini bajarishi bilan sababiy bogʻliqligiga eʼtibor qaratishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xizmat tekshiruvi davomida surishtiruv yoki tergov harakatlarini olib borayotgan organ yoki harbiy qism komandiri tomonidan xodim olgan tan jarohatining darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasini tayinlash haqida qaror qabul qilinadi. Ekspert oldiga qoʻyiladigan savollar qatorida, xodimdan olinadigan qon namunasi tarkibida spirtli ichimliklar, giyohvandlik va psixotrop moddalar mavjudligini tekshirishga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har bir holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasasining tegishli xulosasi olinadi va barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat tekshiruvi oʻtkazgan masʼul xodimlar tomonidan xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa tuziladi. Mazkur xulosa xizmat tekshiruvini tayinlagan tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoki IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xodimning halok boʻlishi yoxud tan jarohati olishi quyidagi hollarda xizmat vazifasini bajarishi bilan sababiy bogʻliq deb topiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatchini qoʻlga olish choralarini koʻrayotgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlarni tartibga chaqirish choralarini koʻrayotgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat burchlarini ado etayotgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jangovar navbatchilikni (tungi va jangovar xizmatni) oʻtayotgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibi bilan belgilangan xizmat vaqti davomida yoki bu xizmat zaruratidan kelib chiqqan holda, xizmat joyi yoki harbiy qism hududida sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safari vaqtida sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat joyiga, davolanishga ketayotgan yoki orqaga qaytayotgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasallik holatida yoki oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish tufayli sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyruq yoki farmoyish asosida tashkil etilgan sport mashgʻuloti va musobaqasida boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlarini (harbiy oʻquv dala maydonida va maxsus tayyorgarlik maydonlarida) bajarayotgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida topshiriqlarni ijro etish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun jalb etilgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy yigʻinlarda ishtirok etayotgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoviy dalil sifatida taqdim etilgan portlash xavfi boʻlgan obyektlarni tadqiqot qilish yoki yaroqliligini aniqlash vaqtida sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlash bilan bogʻliq voqea joyini koʻzdan kechirish jarayonida kimyoviy moddalar, turli gazlar va boshqa kimyoviy zararli moddalar bilan zaharlanishi natijasida sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asirga tushgan (oʻz ixtiyori bilan asir tushishdan tashqari), garovga olingan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yoʻlida sodir etilgan deb tan olingan xatti-harakatlarni (mehnat taʼtilida, xizmatdan tashqari paytda, xizmat hududidan uzoqda boʻlsa ham) bajarayotgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xodimning halok boʻlishi yoki olgan tan jarohati quyidagi hollarda xizmat vazifasini bajarish bilan sababiy bogʻliq emas deb eʼtirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xohishiga koʻra spirtli ichimliklar, giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilgan holatda sodir boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan xodimning harakatlarida (harakatsizligida) qonun hujjatlari talablarini qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida buzish holatlari mavjud deb topilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat tekshiruvi natijasida maʼmuriy huquqbuzarlik yoki intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi holatlar aniqlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi oʻldirgan yoki oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilgan boʻlsa, agar bunday harakatlar kasallik holati yoki oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish tufayli sodir etilgan boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nafaqa olish maqsadini koʻzlab, oʻziga qasddan tan jarohati yetkazganlik fakti aniqlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat joyi va harbiy qism hududidan tashqari vaqtda, dam olish vaqtida, belgilangan tartibda ruxsat berilgan vaqtda, mehnat taʼtilida boʻlgan vaqtda yoki oʻzboshimchalik bilan harbiy qism yoki xizmat joyi hududini tark etgan vaqtda sodir boʻlgan boʻlsa, mazkur Yoʻriqnomaning 15-bandi oʻn yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar harbiy xizmatchi mazkur Yoʻriqnomaning 16-bandida nazarda tutilgan holatlarda halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan boʻlsa, unga yoki uning merosxoʻriga nafaqa toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Nafaqani toʻlash shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga asosan xodimning tan jarohati olishi xizmat vazifasini bajarishi bilan sababiy bogʻliq deb topilsa, tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoki IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari belgilagan masʼul xodim tomonidan sodir etilgan voqea yuzasidan quyidagi hujjatlar toʻplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim va uning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tan jarohat olganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yuz bergan holat boʻyicha vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son) 83-moddasiga muvofiq jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa, masʼul xodim tomonidan mazkur qaror nusxasi ham tegishli hujjatlarga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xodim xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan boʻlsa, tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoki IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari belgilagan masʼul xodim tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 18-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham toʻplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning oʻlim haqidagi guvohnomasi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
merosxoʻrning shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda uning meros olish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoki IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbarining xodimni shaxsiy tarkib roʻyxatidan oʻchirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nafaqani berish uchun toʻplangan barcha hujjatlar oʻn kun ichida tuman, shahar va tarmoq ichki ishlar boʻlimi yoki boshqarmalari tomonidan tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yoxud viloyat yoki Transportdagi ichki ishlar boshqarmalarining Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatlariga yuboriladi. Mazkur hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yoki viloyat yoki Transportdagi ichki ishlar boshqarmalarining Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatlari tomonidan toʻliq oʻrganib chiqilib, oʻn kun ichida IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yoxud viloyat yoki Transportdagi ichki ishlar boshqarmalarining xodimlari xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlganda yoki tan jarohati olganda, tegishli sohaviy xizmatlar tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va barcha hujjatlar xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga ilova qilingan holda uch kun ichida Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatlariga taqdim etiladi. Mazkur hujjatlar tegishli Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatlari tomonidan toʻliq oʻrganib chiqilib, oʻn kun ichida IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Harbiy qismlar tomonidan nafaqa berish uchun toʻplangan barcha hujjatlar oʻn kun ichida IIVning Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasiga yuboriladi. IIVning Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasi tomonidan barcha hujjatlar oʻn kun ichida oʻrganib chiqilgach, IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalari tomonidan nafaqa berish uchun toʻplangan barcha hujjatlar oʻn kun ichida toʻgʻridan toʻgʻriIIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. IIV Markaziy apparati xodimlari xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlganda yoki tan jarohati olganda, tegishli sohaviy xizmatlar tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va barcha hujjatlar xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga ilova qilingan holda uch kun ichida IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar yuz bergan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, mazkur jinoyat ishi yakuni boʻyicha chiqarilgan qaror, ajrim yoki hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nafaqani rasmiylashtirish uchun yuborilgan hujjatlar IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati tomonidan bir oy ichida oʻrganib chiqilib, nafaqa miqdorini aniq belgilab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziriga mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda taqdimnoma kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nafaqa miqdori aniq belgilangan holda taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, taqdimnomaning asl nusxasi IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati tomonidan ijro uchun xodimning soʻnggi xizmat yoki oʻqish joyiga, taqdimnomaning nusxalari esa, maʼlumot va ijro uchun IIVning Moliya-iqtisod va Tibbiyot boshqarmalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nafaqa miqdori xodim halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan kundagi egallagan shtat lavozimi va ega boʻlgan maxsus (harbiy) unvonlari uchun ish haqi yigʻindisidan tashkil topadigan oylik ish haqlaridan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xizmat vazifasini bajarish chogʻida xodim ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganligi tufayli xizmatdan boʻshatilgandan soʻng, olgan tan jarohati tufayli vafot etgan boʻlsa, uning merosxoʻrlariga Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan miqdorda avvalgi toʻlangan nafaqa bilan xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlganda beriladigan nafaqa miqdori orasidagi farq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bunday holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, qoʻshimcha ravishda mazkur Yoʻriqnomaning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlar umumlashtirilib, mazkur Yoʻriqnomaning 20–24-bandlarida belgilangan tartibda IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat vazifasini bajarish chogʻida olgan tan jarohati uchun nafaqa ular muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgandan soʻng beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Nafaqa xodimning soʻnggi xizmat (oʻqish) joyidagi Moliya-iqtisod boshqarmalari, boʻlimlari va boʻlinmalari tomonidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Merosxoʻr hali voyaga etmagan boʻlsa, nafaqa puli uning vasiy yoki homiyiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Nafaqani rasmiylashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xodim vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlganda yoki tan jarohati olganda unga yoki uning merosxoʻriga toʻlanadigan nafaqani rasmiylashtirish uchun toʻplangan barcha hujjatlar tegishli hududiy ichki ishlar organlarining Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatlari, harbiy qismlar va IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarining kadrlar bilan ishlash boʻlimi va boʻlinmalari tomonidan xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildining arxiv qismiga tikiladi hamda bu haqda shaxsiy hujjatlari yigʻmajildining 1-qismi 12-bandiga batafsil qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Rasmiylashtirilgan hujjatlar hisoboti mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda hududiy ichki ishlar organlarining Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatlari, harbiy qismlar va IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarining tarbiyaviy ishlar boʻlimi va boʻlinmalari tomonidan Moliya-iqtisod boshqarmasi, boʻlim va boʻlinmalari bilan kelishilgan holda tayyorlanadi va har chorak yakuni boʻyicha belgilangan tartibda IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Yuborilgan hisobotlar IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Yoʻriqnomaning 4 va 5-ilovalariga muvofiq shaklda hisobotlar tayyorlanadi va tanishib chiqish uchun IIVning rahbariyatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1 -ILOVA

‎‎

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎ ‎‎_________________________________
‎‎‎

‎‎(ichki ishlar organi boshligʻi, harbiy qism komandiri yoki IIV tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari)

‎‎ ‎‎_________________________________
‎‎

(lavozimi, unvoni, F.I.O.)‎

‎‎‎ ‎‎_________________________________
‎‎ ‎‎(rahbar imzosi muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi)
‎‎
‎‎

‎‎Etkazilgan tan jarohati boʻyicha______-sonli

DALOLATNOMA

‎‎
‎‎1. ____________________________________________________________________________

(tan jarohati olgan xodimning lavozimi, unvoni, F.I.O., tugʻilgan yili)

‎‎____________________________________________________________________
‎‎2. Tan jarohati yetkazilgan joy ____________________________________________________
____________________________________________________________________‎‎
‎‎3. Jarohatlanish (yaralanish, kontuziya, mayib) olingan vaqt______________________________
‎‎____________________________________________________________________

‎‎(yil, kun, soat va minut)

‎‎4. Voqea tafsilotlari:___________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________‎‎
‎‎‎‎____________________________________________________________________

‎‎5. Tan jarohati olishning sabablari:_______________________________________________
‎‎‎‎____________________________________________________________________‎‎
‎‎‎‎‎‎____________________________________________________________________

‎‎6. Tan jarohati olishning sabablari va holatlari boʻyicha xulosa:_________________________
‎‎‎‎____________________________________________________________________‎‎‎‎
‎‎‎‎‎‎____________________________________________________________________‎‎

‎‎Dalolatnoma tuzgan shaxslar:

‎‎1.____________________________________________________________________________

‎‎(egallab turgan lavozimi, unvoni, F.I.O., imzo)

‎‎2.____________________________________________________________________________

‎‎(egallab turgan lavozimi, unvoni, F.I.O., imzo)

‎‎3.____________________________________________________________________________

‎‎(egallab turgan lavozimi, unvoni, F.I.O., imzo) ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

‎‎Bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa boʻyicha

‎‎TAQDIMNOMA

‎‎
‎‎1.____________________________________________________________________________

(halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan xodimning lavozimi, unvoni, F.I.O.)

‎‎____________________________________________________________________
‎‎2.____________________________________________________________________________‎‎

‎‎(holat yuz bergan vaqt va uning tafsilotlari)

____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
‎‎3.____________________________________________________________________________‎‎‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasasi xulosasining qisqacha mazmuni)‎‎

____________________________________________________________________‎‎
‎‎____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
‎‎4.____________________________________________________________________________‎‎

‎‎(xodimga yoki uning merosxoʻriga toʻlanishi tavsiya etilayotgan nafaqa miqdori)‎

‎‎IIV ShTBIX boshligʻining
‎oʻrinbosari (maxsus unvoni)

imzo

__________________(F.I.O.)‎

‎‎R O Z I M A N

‎‎IIV Tibbiyot boshqarmasi
‎boshligʻi (maxsus unvoni

imzo ‎

__________________(F.I.O.)‎ ‎

‎‎IIV IHHQ va Yuridik taʼminlash
‎boshqarmasi boshligʻi (maxsus unvoni)

imzo ‎ ‎

__________________(F.I.O.)‎ ‎ ‎

‎‎IIV Nazorat-taftish inspeksiyasi
‎boshligʻi (maxsus unvoni)

imzo ‎ ‎ ‎

__________________(F.I.O.)‎ ‎ ‎ ‎

‎‎IIV Moliya-iqtisod boshqarmasi
‎boshligʻi (maxsus unvoni)

imzo ‎ ‎ ‎ ‎

__________________(F.I.O.)‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎IIV ShTBMI boshligʻi
‎(maxsus unvoni)

imzo ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

__________________(F.I.O.)‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎Q Oʻ Sh I L A M A N

‎‎Ichki ishlar vazirining
‎oʻrinbosari (maxsus unvoni)

imzo ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

__________________(F.I.O.)‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎5.____________________________________________________________________________

‎‎(xodim yoki uning merosxoʻriga toʻlanishi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan koʻrsatilgan nafaqa miqdori)

‎‎____________________________________________________________________
‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Ichki ishlar vaziri
‎(maxsus unvoni

imzo ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

__________________(F.I.O.)‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

Bir yoʻla toʻlangan nafaqalar boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT

T/R‎‏

Xodim/harbiy xizmatchining maxsus/harbiy unvoni, F.I.O., oxirgi xizmat yoki oʻqish joyi va lavozimi

Xodim/harbiy xizmatchining halok boʻlishi, tan jarohati olishining aniq vaqti va qisqacha tafsiloti

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasasi xulosasi, sanasi va raqami

Ichki ishlar organi rahbari /harbiy qism komandirining xodim/harbiy xizmatchini shaxsiy tarkib roʻyxatidan oʻchirish toʻgʻrisidagi buyrugʻining raqami va sanasi‎

Nafaqani olish huquqi berilgan xodim/harbiy xizmatchining merosxoʻri F.I.O., yashash joyi, pasport maʼlumotlari‎

Nafaqa toʻlangan sana va uning miqdori (aniq koʻrsatiladi)‎

1.
2.
3.
4.
5.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy tarkib‎ bilan
‎ishlash xizmat rahbari___________________________________
__________ __________

‎‎(maxsus unvoni, F.I.O.)

(imzo) ‎

(sana)‎

‎‎
Moliya-iqtisod boshqarmasi
‎ (boʻlimi, boʻlinmasi) rahbari_____________________________ ‎‎
__________‎ __________

‎‎(maxsus unvoni, F.I.O.)

(imzo) ‎ ‎

(sana)‎ ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

Bir yoʻla toʻlangan nafaqa toʻgʻrisida hududlar va muassasalar kesimi boʻyicha

‎‏
‎‏T/R

‎‏
‎‏IIV-IIBB-IIB, taʼlim muassasalari hamda QQBB

Jami kelib tushgan hujjatlar

ShULARDAN

Toʻlangan nafaqa miqdori (soʻm)

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarilgan hujjatlar

Ijro etilgan hujjatlar

Halok boʻlgan

Ogʻir tan jarohati olgan

Oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan

Jami‎

1. IIV Markaziy apparati
2. Andijon viloyati IIB
3. Buxoro viloyati IIB
4. Jizzax viloyati IIB
5. Qoraqalpogʻiston IIV‎
6. Qashqadaryo viloyati IIB
7. Navoiy viloyati IIB
8. Namangan viloyati IIB
9. Samarqand viloyati IIB
10. Sirdaryo viloyati IIB ‎
11. Surxondaryo viloyati IIB
12. Toshkent shahar IIBB‎
13. Toshkent viloyati IIB
14. Fargʻona viloyati IIB
15. Xorazm viloyati IIB
16. Transportdagi IIB
17. Akademiya
18. TOHTBYu‎
19. YoXOTM
20. QQBB

‎‎JAMI:

IIV ShTBIX Tarbiyaviy ishlar boshqarmasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoʻla toʻlangan nafaqa toʻgʻrisida hududlar va muassasalar kesimi boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‏T/R

IIV-IIBB-IIB, taʼlim muassasalari hamda QQBB ‎‏

‎‏Ijro etilgan hujjatlar

ShULARDAN

JQvaTQKBB

Tergov BB

HOOBB

YHXBB

PPXvaJTSBB

YoXBB

Qoʻriqlash RB

XChKvaFB

ShTBMI

ShTBIX

EKM

MIB

TIB

Maxsus otryad

AVBSOFMB

Taʼlim muassasasi

JIEBB

Boshqa xizmatlar

1. IIV Markaziy apparati ‎
2.

Andijon viloyati IIB‎

3.‎ Buxoro viloyati IIB
4. Jizzax viloyati IIB
5. Qoraqalpogʻiston IIV
6. Qashqadaryo viloyati IIB
7. Navoiy viloyati IIB
8. Namangan viloyati IIB
9. Samarqand viloyati IIB
10. Sirdaryo viloyati IIB
11.‎ Surxondaryo viloyati IIB
12. Toshkent shahar IIBB
13. Toshkent viloyati IIB
14. Fargʻona viloyati IIB
15. Xorazm viloyati IIB
16. Transportdagi IIB
17. Akademiya
18. TOHTBYu
19. YoXOTM
20. QQBB
‎‎JAMI

IIV ShTBIX Tarbiyaviy ishlar boshqarmasi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 440-modda)