Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.08.2012 yildagi 247-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013—2015 YILLARDA “ANGREN” MAXSUS INDUSTRIAL ZONASINING TRANSPORT, IShLAB ChIQARISh VA MUHANDISLIK- KOMMUNIKATSIYA INFRATUZILMASINI JADAL RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda Angren” MIZ deb ataladi) hududida tashkil etiladigan korxonalar va ishlab chiqarishlarga alohida talablar belgilangan, ular yuqori texnologiyali boʻlishi hamda mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanilishini, mineral-xomashyo resurslarining yanada chuqur qayta ishlanishini, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan, ichki bozorlarda va jahon bozorlarida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarilishini, ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 50 foizi eksportga yetkazib berilishini taʼminlashi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren” MIZ qatnashchilari boʻlgan korxonalarga belgilangan asosiy talablarni amalga oshirish uchun kiritilgan investitsiyalar hajmiga koʻra, 3 yildan 7 yilgacha boʻlgan muddat bilan soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarning keng tizimi berilgan, shuningdek mazkur korxonalarning kommunikatsiyalarga kafolatli ulanishini, kommunikatsiyalarning ishlab chiqarish maydonchalariga yetkazilishini taʼminlaydigan tartib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz”AK, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2013 — 2015-yillarda “Angren” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Angren” MIZning Maʼmuriy kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi taqdimnomasi boʻyicha “Angren” MIZ hududida yangidan tashkil etiladigan quvvatlarni transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, tasdiqlangan Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashining “ToshkentboshplanLITI” DUKni “Angren” MIZ bosh rejasining, shu jumladan uning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning bosh loyihachisi etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Angren” MIZ direksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “ToshkentboshplanLITI” DUKga “Angren” MIZning bosh rejasini ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriq bersin va shartnomalar tuzilishini taʼminlasin, unda texnik va ekologik talablardan kelib chiqqan holda, birinchi navbatdagi sanoat klastyerlarining ularni soha boʻyicha taqsimlagan holda ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-maygacha “Angren” MIZning Maʼmuriy kengashi koʻrib chiqishi uchun navbatdagi kalendar yilning Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish uchun “Angren” MIZ hududida yangi ishlab chiqarishlarni joylashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmasi va transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi joriy yilda “Angren” MIZ direksiyasiga hamda Toshkent viloyati hokimligiga, 2012-yilgi kapital qoʻyilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga, “Angren” MIZ infratuzilma obyektlarining bosh rejasi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2013-yil uchun Geologiya-qidiruv ishlari dasturini shakllantirishda “Angren” MIZ korxonalari tomonidan foydalanish uchun texnik va ichimlik suvning qoʻshimcha resurslarini, shuningdek xomashyo va qurilish materiallarining sanoat zaxiralarini aniqlash chora-tadbirlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, “Oʻztransgaz”AK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Toshkent viloyati hokimligi 2012-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda 2013 — 2015-yillarda “Angren” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar boʻyicha loyiha hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 2013-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ularga Dasturda koʻrsatilgan investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsinlar, ularda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren” MIZ ning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi jadal rivojlantirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va respublika mintaqalarida sanoat zonalarini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida infratuzilma obyektlari qurilishiga maxsus ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari hisobiga realizatsiya qilish uchun tavsiya etilayotgan loyihalar roʻyxati aniqlanishini hisobga olsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi 2013 — 2015-yillarda “Angren” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar boʻyicha bajarilayotgan loyihalash va qurilish-montaj ishlarining sifati, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarga va qurilish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va natijalari boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 17-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 33-.34-son, 394-modda)