Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
AVTOMOBILLARGA YoNILGʻI QUYISh ShOXOBChALARI TOMONIDAN MAHALLIY BUDJETGA NEFT MAHSULOTLARINING ChAKANA NARXI BILAN BELGILANGAN ChEKLANGAN USTAMADAN ORTIQ BOʻLGAN XARID NARXI OʻRTASIDAGI TAFOVUTNI HISOBLAB ChIQISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2381]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 2-apreldagi 34, 2013-20-sonli “Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2381-1, 09.04.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-sonli qarori bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 13-son, 102-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-iyun,
51-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-iyun,
2012-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 29-iyundagi 51, 2012-22 – son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 13-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va toʻlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-sonli qarori bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq butun respublika boʻyicha yagona chakana narxlar markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan neft mahsulotlari boʻyicha, agar chakana narx bilan sotib olish narxi oʻrtasidagi tafovut avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasining belgilangan cheklangan ustamasidan ortiq boʻlgan taqdirda, ortiq summa mahalliy budjetga oʻtkaziladi (keyingi oʻrinlarda mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut deb yuritiladi).
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan chakana narxlari belgilanadigan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan “Oʻzneftmahsulot” AK tarkibiga kiruvchi neft bazalaridan olinadigan neft mahsulotlariga tatbiq etiladi (Ai-80, Ai-91, Ai-92, Ai-93 va Ai-95 markali avtobenzinlar, dizel yoqilgʻisi shuningdek EKO dizel yoqilgʻisi).
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
chakana narx — jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisobga olmagan holda yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan realizatsiya qilish narxi;
cheklangan ustama — hududiy moliya organlari tomonidan neft mahsulotlarining bir tonnasiga soʻmda belgilangan yonilgʻi quyish shoxobchasi ixtiyorida qoluvchi ustama miqdori.
II. Mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut summasini hisoblab chiqarish va toʻlash
4. Mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut neft mahsulotlarining har bir yetkazib berilishi boʻyicha aniqlanadi.
5. Mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut summasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
St = (Pch × Vl) – (Schek+ Nchek × Vt), bunda:
St — mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut summasi;
Pch — neft mahsulotining chakana narxi;
Vl — xarid qilingan neft mahsulotlari boʻyicha yuk xati asosida neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmi (litrda);
Schek — neft mahsulotlarini “Oʻzneftmahsulot” AK neft bazalaridan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi joylashgan joygacha tashish bilan bogʻliq transport xarajatlarini hisobga olmagan holdagi neft mahsulotlarini yetkazib berish qiymati;
Nchek — avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasiga belgilangan cheklangan ustama;
Vt —xarid qilingan neft mahsulotlari boʻyicha yuk xati asosida neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmi (tonnada).
6. Mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut summasini toʻlash, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan joy boʻyicha har oy neft mahsulotlari yetkazib berilgan oy tugaganidan soʻng uch bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
7. Neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovut hisob-kitobi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.
8. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlari mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut hisoblangan va toʻlangan summalari hisobini yuritish uchun shaxsiy hisob varaqalarini ochadilar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) 356-moddasiga muvofiq avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari uchun yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan baza mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut summasiga kamaytiriladi.
III. Yakuniy qoidalar
10. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut summasining toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
11. Mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan muddat buzilgan taqdirda, muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun mahalliy budjetga olib qoʻyiladigan 0,07 foizli stavka boʻyicha penya hisoblanadi.
12. Mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi tafovut summasining toʻgʻri hisoblab chiqish va toʻlash ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
| Neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovut | ||||||||||||
| HISOB-KITOBI 20__yilning _____________oyi uchun | ||||||||||||
| № |
Etkazib berish sanasi | Etkazib beruvchining nomi | Neft mahsulotining nomi | Yuk xatining sanasi va raqami | Etkazib berish hajmi | Etkazib berishning umumiy qiymati (soʻmda) | Belgilangan cheklangan ustama narxi (1 tonna uchun soʻmda) | Jami yetkazib berish hajmiga toʻgʻri keladigan cheklangan ustama summasi (soʻmda) (6-ust. × 9-ust.) | Belgilangan yagona chakana narx (1 litr uchun soʻmda) | Jami yetkazib berish hajmiga toʻgʻri keladigan chakana narxlardagi yetkazib berish qiymati (soʻmda) (7-ust. × 11-ust.) | Mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan narxlardagi ijobiy tafovut summasi (soʻmda) (12-ust. – (8-ust. + 10-ust.))* | |
| tonnada | litrlarda | |||||||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
| 1. | | | | | | | | | | | | |
| 2. | | | | | | | | | | | | |
| 3. | | | | | | | | | | | | |
| 4. | | | | | | | | | | | | |
| 5. | | | | | | | | | | | | |
| 6. | | | | | | | | | | | | |
| 7. | | | | | | | | | | | | |
| 8. | | | | | | | | | | | | |
| 9. | | | | | | | | | | | | |
| 10. | | | | | | | | | | | | |
| 11. | | | | | | | | | | | | |
| 12. | | | | | | | | | | | | |
| 13. | | | | | | | | | | | | |
| 14. | | | | | | | | | | | | |
| 15. | | | | | | | | | | | | |
| 16. | | | | | | | | | | | | |
| 17. | | | | | | | | | | | | |
| 18. | | | | | | | | | | | | |
| 19. | | | | | | | | | | | | |
| 20. | | | | | | | | | | | | |
| 21. | | | | | | | | | | | | |
| 22. | | | | | | | | | | | | |
| 23. | | | | | | | | | | | | |
| 24. | | | | | | | | | | | | |
| 25. | | | | | | | | | | | | |
| 26. | | | | | | | | | | | | |
| 27 | | | | | | | | | | | | |
| 28. | | | | | | | | | | | | |
| 30. | | | | | | | | | | | | |
| … | | | | | | | | | | | | |
| Jami oy uchun | x | x | x | x | x | x | x | | ||||
* Agar hisobot davrida hisoblangan summa salbiy boʻlsa u holda 13-satrda “0” qiymati koʻrsatilishi kerak.
| Rahbar ___________________________________ | ||||||||||||
| | | | (imzo) | | ||||||||
| Bosh hisobchi ______________________________ | ||||||||||||
| | | | (imzo) | | ||||||||
| | ||||||||||||
| | M. Oʻ. | | ||||||||||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 352-modda)