Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI BOʻYIChA MUTAXASSISI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1272-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 23-iyundagi 01-02/20-51-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2815, 21.07.2016-y.) asosan 2016-yilning 26-oktabridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1272, 2003-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-may,
01-02/20-7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 23-24-son, 269-modda)