Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2019 14.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2362
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi, 14.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2362
Kuchga kirish sanasi
24.05.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BADIIY GIMNASTIKA BOʻYIChA BOLALAR-OʻSMIRLAR IXTISOSLAShTIRILGAN RESPUBLIKA OLIMPIYA ZAXIRASI SPORT MAKTABIGA OʻQUVChI-SPORTChILARNI KONKURS ASOSIDA TANLAB OLISh VA QABUL QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2362 ]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 1-mh-sonli “Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2362-1, 18.02.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-son “Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir T. QOʻZIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 6-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
345-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2012-yil 6-apreldagi 345-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-son “Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabiga (bundan buyon matnda Badiiy gimnastika maktabi deb yuritiladi) konkurs asosida tanlab olish, qabul qilish va undan chetlatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Badiiy gimnastika maktabiga oʻquvchi-sportchilar gimnastika klublari va sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan, badiiy gimnastika bilan shugʻullanishda zarur sport koʻnikmasiga hamda yuqori darajadagi sportchining tegishli salohiyatiga ega boʻlgan iqtidorli bolalar orasidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Badiiy gimnastika maktabida oʻqish muddati 5 yil va oʻquvchi-sportchilar umumiy kontingenti 60 nafar boʻlib, qoidaga koʻra, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchilar 10 yoshdan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Badiiy gimnastika maktabida oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish ishlarini tashkillashtirish uchun mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tarkibda qabul komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Badiiy gimnastika maktabiga oʻquvchi-sportchilarning hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish, ularni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilishni yuqori darajada uyushqoqlik bilan, tartibli ravishda tashkil etish, konkurs jarayonini xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash, oʻquvchi-sportchilarga ularning konkurs jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, konkurs oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda konkurs natijalari boʻyicha oʻquvchi-sportchilar va ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga toʻliq maʼlumotlar berish, shuningdek murojaatlarni koʻrib chiqish Komissiyaning asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun javobgarlik Komissiyaning raisi va masʼul kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Hujjatlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (bundan buyon matnda Federatsiya deb yuritiladi) tomonidan konkursni sifatli tashkil etish va qabul qilish maqsadida Badiiy gimnastika maktabiga hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin ommaviy axborot vositalarida ushbu maktabga hujjatlarni qabul qilish, konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish shartlari, shuningdek uni oʻtkazishning muddatlari, tartibi hamda oʻquvchi-sportchilarga qoʻyiladigan umumiy (sportchining har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasi) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (sportchining asosiy ravishda doimiy shugʻullanadigan maʼlum bir sport turi) talablari toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Badiiy gimnastika maktabida oʻqish istagini bildirgan oʻquvchi-sportchilarning hujjatlari 1-avgustdan 10-avgustgacha (shu kuni ham) Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konkursda ishtirok etish uchun Komissiyaga oʻquvchi-sportchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi-sportchining ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) nomidan Badiiy gimnastika maktabi direktori nomiga ushbu maktabga oʻquvchi-sportchini qabul qilish haqidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va uning nusxasi (asl nusxasi qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish vaqtida qaytariladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
026-U, 063-U va 086-U shakllar boʻyicha tibbiy maʼlumotnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi-sportchining fanlarni oʻzlashtirishi haqidagi oʻzlashtirish tabelining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organidan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi-sportchining psixologik-pedagogik diagnostika daftari (umumtaʼlim muassasasi psixologi yoki direktor va sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya oʻquvchi-sportchilarning tegishli hujjatlarini qabul qilib olganligi toʻgʻrisida ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga belgilangan shaklda tilxat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Badiiy gimnastika maktabida qabul qilinadigan hujjatlar va oʻtkaziladigan konkurs yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berish Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Konkurs asosida tanlab olish ishlarini oʻtkazish va qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish Vazirlik tomonidan Federatsiya bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik talablari boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Badiiy gimnastika maktabiga konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish 20 va 21-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish oʻquvchi-sportchining umumtaʼlim muassasasida taʼlim olgan tilida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish 100 ballik tizimda (umumiy jismoniy tayyorgarlik 30 ball, maxsus jismoniy tayyorgarlik 70 ball) baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda konkursda qatnashgan oʻquvchi-sportchilarning ballari teng boʻlib qolgan hollarda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik talablari boʻyicha qoʻshimcha sinov oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Konkursning yakuniy natijalari konkurs tugagan kunning ertangi kunidan kechiktirilmasdan Komissiya tomonidan tasdiqlangan holda Badiiy gimnastika maktabining eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Konkursdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchi-sportchilar konkurs oʻtkazilgan yilning 25-avgustiga qadar Komissiya qaroriga muvofiq Badiiy gimnastika maktabiga ushbu maktab direktori buyrugʻi asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konkursdan oʻtmagan oʻquvchi-sportchilarga tegishli boʻlgan hujjatlar ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Badiiy gimnastika maktabiga qabul qilingan oʻquvchi-sportchilarning taʼlim olishi Badiiy gimnastika maktabiga yaqin atrofdagi umumtaʼlim muassasalarida umumtaʼlim dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Oʻquvchi-sportchilarni Badiiy gimnastika maktabidan chetlatish va boʻsh oʻrinlarga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Badiiy gimnastika maktabida tegishli tibbiyot muassasalarining xulosasi asosida sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishni davom ettira olmaydigan oʻquvchi-sportchilar yoki ixtisoslik boʻyicha belgilangan talablarni bajarmagan yoxud Badiiy gimnastika maktabining ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni muntazam ravishda buzuvchi oʻquvchi-sportchilar murabbiylar kengashi qaroriga koʻra direktor buyrugʻi bilan oʻquvchi-sportchilar qatoridan chetlashtiriladi va ularning hujjatlari ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarilib, ushbu oʻquvchi-sportchilar avval oʻqigan umumtaʼlim muassasasiga yuboriladi (oʻquvchi-sportchining yashash joyi oʻzgargan boʻlsa tegishli hududdagi boshqa umumtaʼlim muassasasiga).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Badiiy gimnastika maktabida konkurs oʻtkazilgan oʻquv yilining birinchi yarim yili davomida boʻshab qolgan oʻrinlarga konkursda ishtirok etib, belgilangan kvota boʻyicha qabul qilingan oʻquvchi-sportchilardan ballar reytingi boʻyicha kamayib boruvchi ketma-ketlikdagi keyingi oʻquvchi-sportchilar mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan hujjatlarga muvofiq qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Badiiy gimnastika maktabida konkurs oʻtkazilgan oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligi va undan keyingi oʻquv yillarida boʻshab qolgan oʻrinlarni toʻldirish navbatdan tashqari oʻtkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda navbatdan tashqari oʻtkaziladigan konkurs ishlarini tashkillashtirish uchun mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tarkibda Komissiya navbatdan tashqari chaqiriladi hamda Vazirlik va Federatsiya tomonidan Badiiy gimnastika maktabiga hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin ommaviy axborot vositalarida ushbu maktabdagi boʻsh oʻrinlarga tegishli hujjatlarni qabul qilish, konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish shartlari, shuningdek uni oʻtkazishning muddatlari, tartibi hamda oʻquvchi-sportchilarga qoʻyiladigan umumiy (sportchining har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasi) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (sportchining asosiy ravishda doimiy shugʻullanadigan maʼlum bir sport turi) talablari toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻquvchi-sportchilarning hujjatlari eʼlon berilgan kundan eʼtiboran 10 kun oʻtganidan soʻng ushbu Nizomning 7 va 8-bandlariga muvofiq 5 kun davomida Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Badiiy gimnastika maktabidagi boʻsh oʻrinlarga oʻquvchi-sportchilarning hujjatlarini qabul qilish tugagan kundan boshlab 2 kun oʻtgandan soʻng konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish mazkur Nizomning 10, 12 va 13-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Konkursdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchi-sportchilar konkurs natijalari eʼlon qilingan kunning ertangi kunidan kechiktirilmasdan Komissiya qaroriga muvofiq Badiiy gimnastika maktabiga ushbu maktab direktori buyrugʻi asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdan tashqari oʻtkazilgan konkursdan oʻtmagan oʻquvchi-sportchilarga tegishli boʻlgan hujjatlar ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri T. ShIRINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi Bosh kotibi G. FILIPPOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul komissiyasi
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul komissiyasi raisi‎

—‎

Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar
‎ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya
‎zaxirasi ‎sport maktabi direktori‎

Qabul komissiyasi raisi oʻrinbosari‎

—‎

Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi Bosh
‎kotibi‎

Qabul komissiyasi masʼul kotibi‎

—‎

Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar
‎ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya
‎zaxirasi sport maktabi direktorining oʻquv
‎ishlari boʻyicha oʻrinbosari‎

Qabul komissiyasi aʼzolari:‎

—‎

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport
‎ishlari vazirligining Taʼlim muassasalari
‎boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;‎
‎Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va
‎sport ishlari vazirligining Olimpiya va
‎sport zaxiralari boshqarmasi boshligʻi
‎oʻrinbosari;
‎Gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport
‎mahorati maktabining badiiy gimnastika
‎boʻyicha bosh murabbiyi;
‎Gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport
‎mahorati maktabi badiiy gimnastika boʻyicha
‎murabbiyi;
‎Badiiy gimnastika boʻyicha
‎bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan
‎respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi
‎murabbiylari va shifokori.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 221-modda)