Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
BOJXONA QIYMATINI TOʻGʻRILASh BQT-1 VA BQT-2 ShAKLLARINI TOʻLDIRISh BOʻYIChA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 920-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 1-fevraldagi 01-02/8-5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2869, 14.03.2017-y.) asosan 2017-yilning 23-iyunidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2000-yil 5-apreldagi 02/8-19-son bilan tasdiqlangan Bojxona qiymatini toʻgʻrilash BQT-1 va BQT-2 shakllarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 920, 2000-yil 20-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 8-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-mart,
01-02/15-4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 174-modda)