OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 913-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 10-yanvardagi 01/17-26/02-sonli “Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma hamda unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 913-6, 20.01.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., № 9, 212-modda), “Raqobat toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 2-son bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 913, 2000-yil 27-mart (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 6-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v. b. U. TURDIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-fevral,
4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 108-modda)