Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 16.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2328
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChAKANA SAVDO TARMOGʻIDA SOTILADIGAN OLTINDAN IShLANGAN ZARGARLIK BUYuMLARIGA AKSIZ SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 16-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2328]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-noyabrdagi 161, 2017-63-sonli “Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2328-2 23.11.2017-y.) asosan 2018-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 561-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 3-fevraldagi 12, 2012-7-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 561-modda) muvofiq chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini (keyingi oʻrinlarda zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi deb yuritiladi) hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2012-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo tarmogʻida oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda aksiz soligʻi toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chakana savdo tarmogʻida oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni (keyingi oʻrinlarda chakana savdo deb yuritiladi), shu jumladan davlat daromadiga oʻtkazilgan oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlarining chakana savdosi — zargarlik buyumlarini ixtisoslashgan zargarlik doʻkonlari, firma doʻkonlari, univermag, savdo markazlari va komplekslarining boʻlimlari, seksiyalari orqali chakana savdo tarmogʻida (shu jumladan vositachilik savdosi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlari — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tamgʻalanishi lozim boʻlgan va asillik darajasiga ega boʻlgan oltin buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumining ogʻirligi — zargarlik buyumining tamgʻalangan yorliqda koʻrsatilgan (biriktirilgan (tabiiy, sunʼiy yoki rekonstruksiya qilingan) qimmatbaho va yarim qimmatbaho tosh ogʻirligini inobatga olgan holda) grammdagi yaxlitlanmagan massasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi toʻlovchilari, soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi toʻlovchilari boʻlib zargarlik buyumlari chakana savdosini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda toʻlovchilar deb yuritiladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi solish obyekti boʻlib zargarlik buyumlari chakana savdosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq solinadigan baza zargarlik buyumining ogʻirligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi stavkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi stavkasi 1 gramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi stavkasining soʻmdagi ekvivalentini aniqlash uchun zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi hisoblab chiqarilayotgan oydan oldin keluvchi oyning soʻnggi kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Hisobot davri. Soliq davri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq va hisobot davri yil choragidir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 17-yanvardagi 4, 2013-2-sonli (roʻyxat raqami 2328-1, 08.02.2013-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 83-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqib quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S = (V x A), bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S — zargarlik buyumlariga aksiz soligʻining summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V — zargarlik buyumining ogʻirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A — zargarlik buyumlariga aksiz soligʻining stavkasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sotilgan zargarlik buyumlari boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlash uchun toʻlovchilar Sotilgan zargarlik buyumlari reyestrini yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga oʻtkazilib sotilgan zargarlik buyumlari boʻyicha alohida Sotilgan zargarlik buyumlari reyestri yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotilgan zargarlik buyumlari reyestrining shakli ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Chegirma summasini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toʻlovchilar budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarishda tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda zargarlik buyumlari boʻyicha ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olingan, ham ularni olib kirishda toʻlangan aksiz soligʻi summasini chegirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha aksiz soligʻi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobvaraq-faktura;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona yuk deklaratsiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Chegirilishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasini aniqlash uchun toʻlovchilar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestriga faqat aksiz soligʻi ajratib koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Toʻlovchilar, shuningdek quyida keltirilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslardan sotib olingan import zargarlik buyumlari boʻyicha aksiz soligʻini chegirish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilgan zargarlik buyumlariga hisobvaraq-faktura;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga zargarlik buyumlarini olib kirishda aksiz soligʻi haqiqatda toʻlanganligini tasdiqlovchi bojxona yuk deklaratsiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini import qiluvchi — yetkazib beruvchilardan (keyingi oʻrinlarda import qiluvchi — yetkazib beruvchilar deb yuritiladi) olingan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha chegirilishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasi toʻlovchi tomonidan hisob-kitob yoʻli bilan taqdim etilgan hujjatlar asosida Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 gramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumi uchun aksiz soligʻi summasi aniqlanadi — aksiz soligʻining umumiy summasini bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan zargarlik buyumining umumiy ogʻirligiga boʻlish orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegirilishi lozim boʻlgan zargarlik buyumiga aksiz soligʻi summasi aniqlanadi — 1 gramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumi uchun aksiz soligʻi summasi import qiluvchi — yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturasida koʻrsatilgan zargarlik buyumining umumiy ogʻirligiga koʻpaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, toʻlovchi qimmatbaho toshlar biriktirilgan (umumiy ogʻirligi 60 gramm boʻlgan 15 dona) bir partiya tilla uzuklarini import qiluvchi — yetkazib beruvchidan sotib oldi. Bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha oltindan ishlangan zargarlik buyumlarining umumiy ogʻirligi 180 grammni tashkil etib, ular boʻyicha 3 231 000 soʻm aksiz soligʻi toʻlandi. Shu tariqa, 1 gramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumiga toʻgʻri keluvchi zargarlik buyumining import qiluvchi — yetkazib beruvchisiga toʻlangan aksiz soligʻi summasi quyidagicha: 3 231 000/180 = 17 950 soʻm. Mos ravishda, toʻlovchi tomonidan chegirilishi lozim boʻlgan zargarlik buyumiga aksiz soligʻi summasi quyidagicha: 17 950 x 60 = 1 077 000 soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq davri uchun zargarlik buyumlariga aksiz soligʻining chegirish summasi sotib olingan zargarlik buyumlariga toʻlangan aksiz soligʻi summasidan, biroq ushbu soliq davri uchun zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz soligʻi summasidan oshmagan summadan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida koʻrsatilgan sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha aksiz soligʻining umumiy summasi 8 900 ming soʻmni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq davrida umumiy ogʻirligi 100 gramm, umumiy summasi 14 450 ming soʻm boʻlgan zargarlik buyumlari sotildi. Zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz soligʻi summasi = 100 x 10 = 1 000 AQSh dollari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan avvalgi oyning soʻnggi kuniga belgilangan kurs boʻyicha 1 795 ming soʻmni tashkil etadi (1 AQSh dollari = 1 795 soʻm).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi boʻyicha chegirish summasi ham 1 795 ming soʻmni tashkil etadi, chunki soliq davrida zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi boʻyicha chegirish summasi zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz soligʻi summasidan oshmasligi lozim. Chegirilishi lozim boʻlgan aksiz soligʻining qolgan summasi 7 105 ming soʻm (8 900 – 1 795) kelgusi soliq davrida chegirilishi lozim va mos ravishda ushbu soliq davrida budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻining summasi “0”ga teng.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soliq davrida chegirish summasi zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz soligʻi summasidan kam boʻlsa, chegirish haqiqatdagi summadan kelib chiqib qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlovi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi hisob-kitobini yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 17-yanvardagi 4, 2013-2-sonli (roʻyxat raqami 2328-1, 08.02.2013-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 83-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Toʻlovchilar Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi hisob-kitobi bilan birga ushbu Nizomning 11 va 14-bandlarida koʻrsatilgan Sotilgan zargarlik buyumlari reyestri va Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-faktura-fakturalar reyestrini taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay budjetga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi summasi sotish narxida hisobga olinadi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda sud ijrochilari boʻlimlarining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan davlat daromadiga oʻtkazilgan sotilgan zargarlik buyumlari boʻyicha pul mablagʻlari summasi aksiz soligʻi va savdo chegirmasi summasiga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Soliq toʻlovchilar ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini toʻgʻri hisoblab chiqarilishiga va qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida toʻlanishiga javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STIR
varaq
0
1
20___ yil _________oy uchun Sotilgan zargarlik buyumlari REESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 20__ yil “___” __________ga oʻrnatilgan kurs: 1 AQSh dollari = ___________ soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mikrofirma va kichik korxonalar soliq davrining har bir oyi uchun alohida Sotilgan zargarlik buyumlari reyestrini yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rahbar ___________________________
(imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh buxgalter ________________________
(imzo)
M.Oʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STIR
varaq
0
1
20___ yil _________oy uchun Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestri
T/r
Etkazib beruvchining nomi
Etkazib beruvchining STIRI
Hisob varaq-faktura/ bojxona yuk deklaratsiyasining raqami va sanasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Import qiluvchi — yetkazib beruvchilardan olingan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitob yoʻli bilan ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Reyestrni toʻldirishda zargarlik buyumlarini olib kirish amalga oshirilgan bojxona yuk deklaratsiyasining raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mikrofirma va kichik korxonalar soliq davrining har bir oyi uchun alohida Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rahbar _______________________________
(imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh buxgalter ___________________________
(imzo)
M.Oʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STIR
varaq
0
1
Hujjat turi
/
Hisobot davri
chorak
Kalendar yil
Hujjat turi: 1 — hisob-kitob, 2 — qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)
Yuridik shaxsning toʻliq nomi
____________________________________________
____________________________________________
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami
(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)
ga taqdim etiladi
Zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi HISOB-KITOBI
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Hisobot davri uchun
I oy
II oy
III oy
1
2
3
4
5
Zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz soligʻi summasi (har oy uchun Sotilgan zargarlik buyumlari reyestridan koʻchirib oʻtkaziladi)
010
Avvalgi oy oxiriga zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi chegirish summasi*
020
Hisobot kalendar yilda sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha toʻlangan aksiz soligʻi summasi (har oy uchun Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestridan koʻchirib oʻtkaziladi)
030
Hisobot kalendar yil uchun zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi chegirish summasi ((020-satri + 030-satr), biroq 010-satrdan oshmagan)
040
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STIR
varaq
0
2
Hisobot oyi oxiriga zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi chegirish summasi (020-satr + 030-satr – 040-satr)
050
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi summasi (010-satr – 040-satr)
060
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Hisobot kalendar yilning 3-ustuni “020”-satriga avvalgi kalendar yilning 5-ustuni “050”-satrining qiymati koʻchirib oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 17-yanvardagi 4, 2013-2-sonli (roʻyxat raqami 2328-1, 08.02.2013-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 83-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 17-yanvardagi 4, 2013-2-sonli (roʻyxat raqami 2328-1, 08.02.2013-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 83-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 7-son, 75-modda; 2013-y., 6-son, 83-modda)