Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
BANKROT KORXONALARNING ARZONBAHO, TEZ IShDAN ChIQADIGAN MOL-MULKINI, XOM AShYo VA TAYYOR MAHSULOT QOLDIQLARINI SOTISh BOʻYIChA NIZOMGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 842-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 13-dekabrdagi 01/24-26/44-sonli “Bankrot korxonalarning jihozlari va xoʻjalik buyumlari hamda xomashyo va tayyor mahsulot qoldiqlarini sotish boʻyicha nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 842-2, 16.12.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 67-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 12-oktabrda 5 son bilan tasdiqlangan Bankrot korxonalarning arzonbaho, tez ishdan chiqadigan mol-mulkini, xomashyo va tayyor mahsulot qoldiqlarini sotish boʻyicha nizomga (roʻyxat raqami 842, 1999-yil 26-noyabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. U. TURDIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 15-dekabr,
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 571-modda)