Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2013 07.12.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2287
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 07.12.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2287
Kuchga kirish sanasi
17.12.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2287]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 30-oktabrdagi 01/19-26/22-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2287-1, 14.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais v.b. U. TURDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 24-oktabrdagi 8-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga raqobatga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtirish yoki raqobatni cheklash imkonini beruvchi bitimlar (kelishib qilingan harakatlar)ni aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va xizmatlar koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimlar (kelishib qilingan harakatlar) — tovar bozoridagi ikki yoki undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning har birining manfaatini qanoatlantiruvchi va har biriga oldindan maʼlum boʻlgan va raqobatni cheklashga qaratilgan xatti-harakatlari (bundan keyingi oʻrinlarda Bitimlar deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gorizontal bitimlar — bitta tovar bozorida raqobatchi hisoblangan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi Bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vertikal bitimlar — tegishli tovar bozorida oʻzaro raqobatlashmaydigan, bittasi tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotib oluvchi yoki potensial sotib oluvchi, ikkinchisi esa tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi yoki potensial sotuvchi (yetkazib beruvchi) xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi Bitimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq, muayyan tovar bozorida jami oʻttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega boʻlgan oʻzaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qoʻygan yoki cheklab qoʻyishi mumkin boʻlgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Bitimlarning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitimlar gorizontal yoki vertikal bitimlar koʻrinishida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Gorizontal bitimlar bitta bozorda qatʼiy narxlar belgilash yoki ularni saqlab turish, taklif hajmini kelishib olish va bozorni hudud va sotuvchilar yoki xaridorlar doirasi boʻyicha boʻlib olish koʻrinishida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vertikal bitimlar qayta sotish bahosini ushlab turish va oʻzaro raqobatlashmaydigan, turli darajalarda (yetkazib beruvchi — isteʼmolchi) boʻlgan, lekin vertikal boʻyicha bir-biriga bogʻliq (qaram) boʻlgan (sotuvchi tomonidan qayta sotilayotgan tovarni taklif qilishi mumkin boʻlgan narxni cheklash), kontrakt talablarini bajargan holda maʼlum hudud doirasida sotishga mutlaq huquqni belgilash, xaridor uchun tovarni tanlash imkoniyatini majburan qisqartirish koʻrinishida aniqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Bitimlar mavjudligini aniqlash va dalillarni toʻplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatʼiy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar yoki ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turishga hamda auksionlar, birjalar va boshqa kimoshdi savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin bozor narxlari qaror topishiga toʻsqinlik qilib, ularni sunʼiy ravishda oʻstirish yoki pasaytirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qoʻyilmalar ustidan nazorat oʻrnatishga va narx sohasida kamsitishlarni belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorni hudud boʻyicha, sotuv yoki xarid hajmi, tovarlar xillari boʻyicha, sotuvchilar va xaridorlar, buyurtmachilar doirasi boʻyicha boʻlib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab qoʻyish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bitimlar monopoliyaga qarshi organning belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini amalga oshirishda, tovar bozorlarini tahlil qilishda, Bitim tuzilganini koʻrsatuvchi holatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi davlat va boshqa organlardan kelib tushgan maʼlumotlarni, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan arizalarni oʻrganishda, ommaviy-axborot vositalarining maʼlumotlarini oʻrganishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bitimlar shartlari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, shuningdek yashirincha (ogʻzaki), Bitim ishtirokchilarining barchasi tomonidan kelishib olingan chegaralar va qoidalardan iborat boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bitimlarni koʻrib chiqishda, kelishib qilingan harakatlar mavjudligini yoki oldindan muvofiqlashtirilgan harakatlar mavjudligi faktlarini isbotlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dalillar boʻlib Bitim belgilari mavjudligini aniq koʻrsatuvchi hujjatlar (shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar, arizalar, xatlar, ommaviy-axborot vositalaridagi maʼlumotlar va h. k.) va guvohlarning koʻrsatmalari hamda tovar bozoridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bir xildagi harakatlari koʻrinishidagi bilvosita dalillar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bitim belgilari mavjudligini tasdiqlovchi dalillar xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish davomida, tushuntirish olishda, hujjatlarni (maʼlumotlarni) soʻrab olishda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xatti-harakatlarini tahlil qilishda, tovar bozorini tahlil qilishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim belgilari mavjudligini tasdiqlovchi bilvosita dalillar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozordagi yoki maʼlum bir davr mobaynidagi savdo-sotiq jarayonlaridagi xatti-harakatini hamda ularning bir xildagi va sinxron xatti-harakatlarini, ushbu xatti-harakatlarga obyektiv sabablar yoʻq boʻlgan taqdirda, solishtirma tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sodir etilgan xatti-harakatlarni Bitim deb tan olish uchun maʼlum shartlar mavjudligi toʻgʻrisida xulosaga kelish, ushbu harakatlarning amalga oshirilishiga sabab boʻlgan haqiqatdagi holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Bitimlar belgilarini aniqlash boʻyicha tahlillar oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bitimlar belgilarini aniqlash boʻyicha tahlillar oʻtkazish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Birinchi bosqichda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar (ishlar, xizmatlar) turlari aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tovar bozori belgilanadi, Bitimda qatnashuvchi bozor subyektlari doirasi aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli bozor chegarasida harakat qilayotgan subyektlarga — Bitim qatnashuvchilariga toʻgʻri keladigan bozor ulushi va ularning umumiy bozor ulushi aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning turi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bitim belgilarini aniqlash boʻyicha tahlil oʻtkazish jarayonida tovarlar (ishlar, xizmatlar) va tovar bozori tahlili oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tahlil qilishda quyidagilar baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrilayotgan tovar (ishlar, xizmatlar)ning isteʼmol qilish maqsadlari va ular bilan bogʻliq boʻlgan isteʼmolchilarning turlari (isteʼmol turiga qarab tovarni isteʼmol qiluvchilarning tabaqalashtirilishi yetkazib berilayotgan tovar (ishlar, xizmatlar)ning narxidagi tafovutga sabab boʻlishi mumkin, bu esa narx sohasidagi Bitim tuzilishini qiyinlashtiradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli yetkazib beruvchilarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bir jinsliligi (oʻxshashlik);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli ishlab chiqaruvchilarda tovar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish shartlarini bir-biriga oʻxshashligi (ishlab chiqarish shartlarining bir-biriga oʻxshashligi va tovarni ishlab chiqarish xarajatlarini oʻzaro taqqoslash mumkinligi yagona narxlarni oʻrnatish va Bitim tuzishga yordam beradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar (ishlar, xizmatlar)ning qiymatidagi doimiy xarajatlar ulushi (tovar qiymatidagi doimiy xarajatlar ulushining yuqoriligi doimo oʻzgarib turuvchi bozor konyunkturasi, kapital qoʻyilmalar hajmlari sharoitida xoʻjalik yurituvchi subyektlar narxlarini oʻzgartirish (manevrlash) imkoniyatini qiyinlashtiradi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bozor tahlil qilinganda quyidagilar aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozori chegarasi — Bitimda qatnashuvchi bozor subyektlari faoliyat yuritayotgan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorda raqobat obyekti hisoblangan omillar doirasi va bozordagi tovar narxining oʻrni (yaʼni, faqat narx sohasida raqobatning mavjudligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabning narx oʻzgarishiga nisbatan taʼsirchanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtiruvchi toʻsiqlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (xizmat) yetkazib beruvchilarining bozor ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarning nazorat paketlariga, qimmatli qogʻozlarga va h. k. egalik qilish orqali boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni yetkazib beruvchilar yoki isteʼmolchilar ustidan nazoratining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimlar boʻyicha iqtisodiy faoliyat va axborot almashuvini iqtisodiy muvofiqlashtirish uchun baza vazifasini bajaradigan boshqaruv organlari, assotsiatsiyalar yoki ularning boʻlinmalarining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Narx boʻyicha gorizontal turdagi Bitimlarni oʻrganishni oʻtkazish, ularning xatti-harakatlarini baholash maqsadida tovar (ishlar, xizmatlar)ning xususiyati va bozorning tuzilishini tahlil qilishga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ikkinchi bosqichda tovar bozorida quyidagilarning mavjudligi aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan narxlarni (tariflarni) tartibga solinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmalari boʻyicha majburiy yetkazib berishlarning oʻrnatilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uchinchi bosqichda narx sohasidagi Bitimlarni tuzish mumkinligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Raqobatchilar oʻrtasida narx sohasidagi Bitimlar tuzilganini aniqlash uchun Bitim tuzilganini tasdiqlovchi hujjatlar aniqlanishi lozim. Ushbu tasdiqlar shartnoma shartlari, yuk xatlari, preyskurantlar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillari ishtirok etgan yigʻilishlar hujjatlarida aniqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda narx sohasidagi Bitim mavjudligini isbotlash uchun quyidagi hujjatlar soʻrab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (ish, xizmat)ning narxi darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxi yoyilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ishlab chiqarish quvvati koʻrsatkichlari va undan haqiqatda foydalanish va kapital qoʻyilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda) qaroriga muvofiq, monopolist korxonalar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini oshirish boʻyicha eʼlonlar mavjud boʻlgan hollarda, raqobatchilar tomonidan narxlarning oshirilishi qonuniyligi tahlil qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vertikal turdagi Bitimlar shartlarini tahlil qilishda quyidagilar hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni konsentratsiyalanish (jamlanish) darajasi va uni ishlab chiqaruvchini yetkazib beruvchining xulqiga taʼsir koʻrsatish ehtimoli (tovar ishlab chiqarish konsentratsiyasi (jamlanish)ning yuqori darajasi uni ishlab chiqaruvchini yetkazib beruvchiga taʼsir koʻrsatishi va narx sohasida kelishuv uchun obyektiv asos yaratadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni taqsimlash konsentratsiyasi (jamlanishi) darajasi va barcha yetkazib beruvchilarni ishlab chiqaruvchilarning xulqiga koʻrsatadigan taʼsiri ehtimoli (tovarni taqsimlashning yuqori darajadagi konsentratsiyasi (jamlanish)ning yuqori darajasi uni ishlab chiqaruvchining yetkazib beruvchiga taʼsir koʻrsatishi va narx sohasida kelishuv uchun obyektiv asos yaratadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarni Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilganligi, ularning mahsulotlari narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi (yetkazib beruvchi korxonalar narxlari ustidan nazorat ostida boʻlmagan korxonalar bilan kelishish, oxirgilarga esa narxni oshirish yordamida ortiqcha foyda olish imkonini beradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarning nazorat paketlari, qimmatli qogʻozlar va h.k. ga egalik qilish orqali isteʼmolchini yetkazib beruvchilar ustidan yoki yetkazib beruvchini isteʼmolchi ustidan nazoratining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli organlar va birjalarning, oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan maʼlumotlari axborot manbai boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Narx sohasida kelishuvlarni aniqlash uchun bozorlarda yuzaga kelgan narxlarning oʻzgarishi oʻrganiladi va ular boshqa geografik bozorlardagi narxlar bilan taqqoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli bozorlardagi narxlar darajalari va ular oʻrtasida tovarni tashish xarajatlarini taqqoslash natijalari u yoki bu bozorda narx sohasida Bitim mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot manbai boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniq Bitimni koʻrib chiqishda, raqobatni cheklovchi elementlar mavjudligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Aniqlangan Bitimlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agar tahlil oʻtkazish jarayonida, Bitim ishtirokchilarining maʼlum tovar bozoridagi birgalikdagi ulushi oʻttiz besh foizdan kam boʻlsa yoki ularning xatti-harakatlari raqobatni cheklamasligi aniqlansa, u holda Bitimni aniqlash maqsadida olib borilayotgan tahlillar toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tuzilgan Bitimda raqobatni cheklovchi dalillar mavjud boʻlsa, u holda monopoliyaga qarshi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatiladi va monopoliyaga qarshi qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 24-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 502-modda)