Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
ENERGETIK KORXONALAR UChUN YoNGʻIN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1341-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasining 2004-yil 12-martdagi 107, 29/9-120-sonli qarori (roʻyxat raqami 1341, 2004-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 16-son, 194-modda) bilan tasdiqlangan Energetik korxonalar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-oktabr,
22-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-oktabr,
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 48-son, 496-modda)