OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
AKTIVLAR SIFATINI TASNIFLASh, TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN ULAR BOʻYIChA EHTIMOLIY YOʻQOTIShLARNI QOPLASh UChUN ZAXIRALARNI ShAKLLANTIRISh VA UNDAN FOYDALANISh TARTIBIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 632-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/6-sonli “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 632-3, 14.07.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 242-son bilan tasdiqlangan “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi”ga (roʻyxat raqami 632, 1999-yil 11-fevral) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-sentabr,
26/1-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 397-modda)