Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Qarori
INVESTITSIYa LOYIHASI uchun DASTLABKI RUXSAT BERUVChI HUJJATLAR TARKIBI, ULARNI IShLAB ChIQISh, KELIShish VA TASDIQLASh tartibi TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 8-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1036-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 519-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1036-2, 29.11.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 205-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi 2001-yil 15-maydagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 1036, 2001-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihasi uchun dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlar tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-iyul,
3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 373-modda)