Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
16 YoShGAChA BOLALARI BOʻLGAN OILALARGA NAFAQALAR TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI BOʻYIChA USLUBIY KOʻRSATMALARGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 24-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 740-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2013-yil 15-maydagi 39-K, 45-sonli “Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni hamda ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 740-2, 29.05.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi PF-1657-son “Bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 7-modda) va 2002-yil 25-yanvardagi PF-3017-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 32-modda) farmonlari, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 26-mayda hamda Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 28-mayda tasdiqlangan “16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar”ga (roʻyxat raqami 740, 1999-yil 4-iyun) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-iyul,
40-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-iyul,
41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 356-modda)