Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2018 29.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2250
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qarori, 29.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2250
Kuchga kirish sanasi
08.08.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SURXONDARYo MINTAQASI BOYSUN INVESTITSIYa BLOKIGA NISBATAN 2010 YIL 4 IYuNDAGI MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIM DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2250]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining 2018-yil 10-fevraldagi 01-02/12-9, 01/08-668-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010-yil 4-iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2250-1, 21.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) va “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-iyundagi PQ-1351-son “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi bilan mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokida geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan maʼqullangan Oʻzbekiston Respublikasi va “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” kompaniyasi oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010-yil 4-iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-iyundagi 124-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish boʻyicha choralar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyundagi PQ-1548-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010-yil 4-iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DOʻSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/12-9-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri G. SAIDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GS-01/19-4107-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2011-yil 10-iyuldagi 01-02/12-9, GS-01/19-4107-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010-yil 4-iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) va “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-iyundagi PQ-1351-son “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi bilan mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokida geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan maʼqullangan Oʻzbekiston Respublikasi va “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” kompaniyasi oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010-yil 4-iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-iyundagi 124-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish boʻyicha choralar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyundagi PQ-1548-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BYuD (Bojxona yuk deklaratsiyasi) — yuridik ahamiyatga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ — “Oʻzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor — Malayziyaning qonun hujjatlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” kompaniyasi va Kayman orollarining qonun hujjatlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan “Delta Oil Uzbekistan Company Limited” kompaniyasi, shuningdek ularning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTB — Oʻzbekiston Respublikasi va “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010-yil 4-iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim, ilova, qoʻshimcha va oʻzgartirishlarini oʻz ichiga olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Marketing kompaniyasi — MTBni amalga oshirish davomida olingan neft-gaz mahsulotini birgalikda sotish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlariga muvofiq taʼsis qilinadigan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz mahsuloti — neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, qazib olingan, tayyorlangan, qayta ishlangan va (yoki) saqlangan hamda tegishli yetkazish joyiga texnologik yoʻqotishlarni ayirib tashlagan holda yetkazilgan neft, tabiiy gaz, kondensat, boshqa uglevodorod mahsulotlari va yoʻldosh mahsulotlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz operatsiyalari — MTBda belgilangan shartnoma maydoni va shartnomadan tashqari maydon doirasida geologiya-razvedka ishlari bilan bogʻliq boʻlgan loyihalashtirish, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, shu jumladan razvedka (baholash) quduqlarini burgʻulash, sanoat konlarini rivojlantirish va jihozlash, qazib chiqarish, barqarorlashtirish, tayyorlash (shu jumladan tabiiy gazni tayyorlash), ajratib olish (shu jumladan, tayyor oltingugurtni olish), qoʻzgʻatish, dam berib haydash, yigʻish, saqlash, ortish, yuklab joʻnatish, qayta ishlash, shartnoma maydonida qazib olingan uglevodorodlar va oltingugurtni yetkazish joyiga yetkazib berish, shartnoma maydoniga nisbatan yoʻq qilish va konservatsiya qilish operatsiyalari boʻyicha faoliyat, shuningdek mazkur operatsiyalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va MTBni bajarish doirasida hamda maqsadlarida amalga oshiriladigan boshqa faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator — Oʻzbekiston Respublikasida MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalarini bajarishni tashkil etish uchun tuzilgan “PETRONAS Carigali (Baisun) Operating Company” MChJ, shuningdek uning huquqiy vorislari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pudratchi — Investor va (yoki) Operator bilan MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (kontrakt) tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu tushuncha, Pudratchi bilan MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar (kontraktlar) tuzilgan subpudratchilarni ham oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gaz — MTBni amalga oshirish davomida shartnoma maydonida harorat va bosimning normal sharoitida (20°S va 101,325 kPa) gaz holatida qazib olinadigan uglevodorodlar, jumladan, uglevodorod konlarining plastik qorishmalaridan suyuq uglevodorodlarni ekstraksiya va separatsiya qilishdan keyin qoladigan yoʻldosh gaz va quruq gaz, boshqa uglevodorod mahsulotlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar — Investor, Operator, ularning MTBga doir neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan Pudratchi hamda subpudratchilari tomonidan olib kiriladigan, boshqaruv qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yillik ish dasturi va budjetda nazarda tutilgan, neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun moʻljallangan tovarlar, uskunalar, material-texnik zaxiralar, transport vositalari, ehtiyot qismlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uglevodorodlar — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, shuningdek boshqa uglevodorod mahsulotlari va (yoki) yuqorida koʻrsatilgan moddalardan har birining kontekstga koʻra alohida nomi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarda alohida izoh berilmagan boshqa barcha tushunchalar ushbu tushunchalar uchun MTBda berilgan maʼnoni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovarlarni yetkazib berish boʻyicha import operatsiyalari (shartnomalar, yetkazib berish pasporti) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft-gaz mahsulotlarini olib chiqish boʻyicha eksport operatsiyalari (shartnomalar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorning Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tuzgan tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi bankida va bojxona organlarida hisobga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladigan tovarlar qonun hujjatlarida va MTBda belgilangan tartibda va shartlarda olib kiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investor va (yoki) Operator va ularning pudratchilari tomonidan olib kirilib, erkin muomalaga chiqarishga moʻljallangan hamda vaqtincha olib kirish rejimiga joylashtirilib, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi MTBning 21-moddasiga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTB boʻyicha “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi bojxona organlari tomonidan MTB boʻyicha Investorga berilgan shartli 00000033 kodiga asosan yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTB boʻyicha “Delta Oil Uzbekistan Company Limited” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi bojxona organlari tomonidan MTB boʻyicha Investorga berilgan shartli 00000038 kodiga asosan yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq Operatorga berilgan Operatorning KTUT kodiga asosan yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq pudratchilarga berilgan KTUT kodiga asosan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlariga alohida kod beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor va (yoki) Operator tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning, shuningdek vaqtincha olib kirish rejimiga joylashtirilib, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi paytida berilgan imtiyozlar hisobini yuritish uchun, BYuD bojxona toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Operator neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 224-modda) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona omborini tashkil etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga Investor va Vakolatli organga tegishli boʻlgan neft-gaz mahsulotlarini birgalikda eksport qilish Marketing kompaniyasi tomonidan MTBga asosan (qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa) toʻgʻridan toʻgʻri xaridor-uchinchi shaxs bilan tuzilgan shartnomalar asosida eksport bojxona rejimida MTB qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali Marketing kompaniyasi tomonidan olib oʻtiladigan neft-gaz mahsulotlarining hisobi Marketing kompaniyasiga qonun hujjatlarga muvofiq berilgan KTUT kodi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlari uchun tovar kelib chiqish davlati sertifikatining berilishi Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 279-modda), Marketing kompaniyasining arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tovarlar erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga BYuD toʻldirgan holda quyidagi xususiyatlarni inobatga olib joylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-ustunning 3-bandida MTBning raqami va imzolangan sanasi, tegishli shartnomalarning (kontraktlarning) raqamlari va sanalari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“S” ustuni Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar olib oʻtilganda toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Erkin muomalaga chiqarish rejimida tovarlarni rasmiylashtirishda Eksport-import yuklarni rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 428, 1998-yil 8-aprel) muvofiq hujjatlar, shuningdek tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga MTBga asosan neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun olib kirilayotganligi, ularning yillik ish dasturi va budjetda nazarda tutilganligini Operator tomonidan tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida sertifikatsiyalanishi majburiy boʻlgan erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 315-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 178-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sertifikatsiyalanishi majburiy boʻlgan tovarlarni (mahsulotlarni) olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 901, 2000-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 33-son, 376-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar, Investor va (yoki) Operator yoxud Pudratchining arizasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga eksport bojxona rejimida qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Investor, Operator yoki pudratchilarning erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlari bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirishning xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 372-modda) va Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1418, 2004-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) asosida Investor va (yoki) Operator yoki Pudratchining arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga Investor va (yoki) Operator yoxud Pudratchi tomonidan olib kirish maqsadlariga koʻra koʻrsatilgan muddatga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda BYuD toʻldirilib joylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-ustunning 3-bandida MTBning raqami va imzolangan sanasi, tegishli shartnomalarning (kontraktlar) raqamlari va sanalari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Investor va (yoki) Operator yoxud Pudratchi vaqtincha olib kirish rejimining oxirgi muddati tugaguniga qadar vaqtincha olib kirilgan tovarlarni quyidagi usullardan biri orqali tasarruf etishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan reeksport rejimida olib chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vaqtincha olib kirish muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin tegishli bojxona organiga yozma murojaat asosida ularning vaqtincha olib kirish muddatlarini uzaytirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin muomalaga chiqarish rejimiga yoki boshqa rejimga joylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. MTBning butun amal qilish muddati davomida tovarlarning vaqtincha olib kirilishini BYuDda koʻrsatilgan dastlabki muddatidan koʻproq muddatga uzaytirish Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 372-modda) va Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1418, 2004-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vaqtincha olib kirish rejimida olib kirilgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi, rasmiylashtiruv vaqtida ular joylashgan hududdagi tegishli bojxona organi tomonidan, tovarlar olib kirilayotganida nazoratga qoʻygan bojxona organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tabiiy gazning olib chiqilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga tabiiy gazni olib chiqish qonun hujjatlari va MTB qoidalariga muvofiq eksport bojxona rejimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz uchun tovarning kelib chiqish davlati sertifikatining berilishi Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2010-y., 33-son, 279-modda), Marketing kompaniyasining arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quvurlar orqali olib oʻtiladigan tabiiy gazni deklaratsiya qilish va bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Birinchi bosqichda: Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tabiiy gaz oʻtkaziladigan oydan avvalgi oyning 20 sanasidan kech boʻlmagan muddatda, Marketing kompaniyasi bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazishga moʻljallangan hisobot oyidagi tabiiy gaz hajmi boʻyicha vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi oʻrinlarda VBYuD deb yuritiladi) va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTB nusxasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing kelishuvlarining nusxasi (agar Investor tomonidan MTB doirasida tuzilgan boʻlsa, faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gaz eksporti boʻyicha shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi moʻljallangan tabiiy gaz hajmiga invoys (hisob-faktura);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazishga moʻljallangan tabiiy gazning yetkazilish davlati, ogʻirligi, hajmi, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisob-kitob hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tabiiy gazning eksporti uchun VBYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ustunning uchinchi kichik boʻlimida “Deklaratsiya turi”da “VD” — vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasining harfli indeksi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ustunda “Joʻnatuvchi/eksporter”da Marketing kompaniyasining joylashgan joyi koʻrsatilgan holda Vakolatli organ va Investor topshirigʻi boʻyicha Marketing kompaniyasi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9 va 28-ustunlarda Marketing kompaniyasining tegishli rekvizitlari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-ustunning chap kichik boʻlimi “Bitim xususiyati”da bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-ustun “Chegaradagi bojxona”da gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish tijorat oʻlchov tarmogʻini nazorat qiluvchi bojxona postining nomi va kodi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-ustun “Yuk joylari va tovarlarning bayoni”da:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy gazning yetkazib berilish kalendar oyi va yili koʻrsatilib, “_________ muddatda yetkazib berish” yozuvi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gazning koʻrsatilgan muddatda olib chiqilishi moʻljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-ustun “Qoʻshimcha maʼlumot/taqdim etilayotgan hujjatlar”da:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-raqam ostida olib chiqish uchun asos sifatida MTB, tabiiy gaz eksporti shartnomasining raqami, sanasi va summasi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-raqam ostida Marketing kompaniyasi hamda Vakolatli organ va Investor oʻrtasidagi topshiriq shartnomasining raqami va sanasi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-ustun “Bojxona qiymati”da tabiiy gaz eksporti shartnomasining shartlari asosida bojxona chegarasi orqali oʻtkazilishi moʻljallanayotgan tabiiy gaz hajmiga muvofiq aniqlanadigan shartli bojxona qiymati qayd qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VBYuDda qayd etilishi lozim boʻlgan boshqa maʼlumotlar tabiiy gazning moʻljallanayotgan hajmini hisobga olgan holda taxminan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻliq BYuDni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlarni talab etadigan VBYuDning ustunlari toʻldirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
D “Bojxona nazorati” ustunida bojxona organi xodimi qoʻshimcha ravishda tabiiy gaz yetkazib beriladigan oyning oxirgi sanasini qoʻyadi, uni imzolaydi, shaxsiy raqamli muhr bilan tasdiqlaydi va toʻliq BYuDning elektron nusxasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. VBYuD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvi BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiya qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. VBYuDni roʻyxatdan oʻtkazish BYuDni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ikkinchi bosqichda bojxona organi tomonidan VBYuD qabul qilinadigan kunda amal qiladigan qonun hujjatlariga muvofiq toʻliq BYuDning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Toʻliq BYuDni taqdim etish muddati VBYuDda koʻrsatilgan hisob-kitob davri tugashidan ikki oydan oshib ketmasligi lozim. Alohida hollarda (toʻliq BYuDni taqdim etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning taqdim etilishi asoslangan sabablarga koʻra kechikkanda) BYuDni taqdim etish muddati hududiy bojxona boshqarmasi boshligʻining ruxsati bilan oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkin. Bunda Marketing kompaniyasi bojxona organiga toʻliq BYuDni taqdim etish imkoni mavjud emasligining sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VBYuD;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi gaz transport kompaniyasi va Operator tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida tabiiy gazni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Marketing kompaniyasi va xaridor-uchinchi shaxs tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida tabiiy gazni qabul qilish-topshirish tijorat dalolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda olib oʻtilgan tabiiy gazning hajmiga invoys (hisob-faktura);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda oʻtkazilgan tabiiy gazni yetkazib berish davlati, ogʻirligi, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga hisobot oyida tabiiy gazni yetkazib berish toʻgʻrisidagi Marketing kompaniyasining maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 1137, 2002-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son) 1-ilovasiga muvofiq vakolatli bank tomonidan beriladigan hisob-kitoblar maʼlumotnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. BYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq VBYuDni toʻldirishni hamda quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-ustun “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”da VBYuDning maʼlumot raqami koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
D “Bojxona nazorati” ustunida bojxona organi xodimi qoʻshimcha ravishda tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasini qoʻyadi, uni imzolaydi, shaxsiy raqamli muhr bilan tasdiqlaydi va toʻliq BYuDning elektron nusxasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. BYuDga VBYuDga berilgan maʼlumot raqami beriladi, bunda ular bir-birining ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. BYuD va VBYuDda koʻrsatilgan tabiiy gazning amaldagi hajmlarida farq boʻlganda, tabiiy gazning amalda oʻtkazilganligi toʻgʻrisida deklarant tomonidan hujjatlar taqdim qilinganda VBYuDni qayta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, agar BYuDga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻim summasi VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan ortiq boʻlsa, ularga qoʻshimcha haq toʻlanadi. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlarga qoʻshimcha haq bojxona organi BYuDni qabul qilgunga qadar yoki bir paytda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agar BYuDga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan summa VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan kam boʻlsa, bojxona rasmiylashtiruvi uchun ortiqcha toʻlangan toʻlovlarni qaytarish yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish Ortiqcha toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq (roʻyxat raqami 947, 2000-yil 14-iyul) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agar VBYuD boʻyicha oʻtkazilishi qayd qilingan tabiiy gazning eksportga yetkazib berilishi amalga oshirilmagan boʻlsa, VBYuD bekor qilinadi. Bunda bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlangan toʻlovlarni qaytarish Ortiqcha toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq (roʻyxat raqami 947, 2000-yil 14-iyul) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Investor, Operator, Marketing kompaniyasi va pudratchilarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Investor, Operator, Marketing kompaniyasi va pudratchilarning majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organiga olib oʻtilayotgan tovarlarni koʻrsatish va bojxona organiga ularni tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona rasmiylashtiruvi uchun qonun hujjatlarida belgilangan yigʻimlarni toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha olib kirish rejimida olib kirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimiga rasmiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha olib kirish muddatlari tugaganida tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTBning amal qilish muddatlari tugashi boʻyicha erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlardan foydalanish toʻgʻrisida bojxona organiga yakuniy hisobot taqdim qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Pudratchi tovarlarni olib kirishda Investor va (yoki) Operator va Pudratchi tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar shartlariga muvofiq mazkur Qoidalarning 32-bandi ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Qoidalarning 32-bandi ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan majburiyatlar, tuzilgan shartnomalarga muvofiq, Investor, Operator yoki Pudratchi tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Investor, Operator yoki Marketing kompaniyasi tomonidan MTB doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va (yoki) Operator bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq Pudratchi javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Zarur hollarda Operator Investorning topshirigʻiga binoan va Vakolatli organ bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga loyiha, texnik, hisobot hujjatlarini, geologik-geofizik materiallarni, geologik zotlar va plastik flyuidlarning namuna va nusxalarini ishlov berish, tahlil qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida tegishli bojxona organiga yozma murojaat qilish orqali olib chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Operator Investorning topshirigʻiga binoan va Vakolatli organ bilan kelishgan holda yozuvlarning asl nusxalarini va boshqa maʼlumotlarni ularga ishlov berish, tahlil qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishi mumkin. Investor va (yoki) Operator MTB shartlariga muvofiq, koʻrsatilgan olib chiqilgan yozuvlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. MTB shartlariga koʻra, Investor, Operator, Markenting kompaniyasi, pudratchilar, subpudratchilar, yetkazib beruvchilar va boshqa shaxslarning neft-gaz operatsiyalarini MTB boʻyicha bajarish uchun jalb qilinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan xodimlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, har qanday maishiy buyumlarni va boshqa shaxsiy narsalarni, shu jumladan mebel, maishiy texnika va hokazolarni, ushbu xodimlar va ularning oila aʼzolari tomonidan faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish sharti bilan bojxona toʻlovlarisiz (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bunday buyumlarga nisbatan boʻlgan mulk huquqini boshqa shaxsga berish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, soliq solinishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Olib kirilgan tovarlarning belgilanmagan maqsadda ishlatilishi, shu jumladan, neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun olib kelingan tovarlarni boshqa shaxslarga berish hollarida, bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, davlat budjetiga toʻlanishi kerak boʻlgan barcha bojxona toʻlovlari belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzstandart” agentligi, Vakolatli organ, Operator va Investor bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 20-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 22-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruvi raisi Sh. FAYZULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 20-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“PETRONAS Carigali (Baisun) Operating Company” MChJ bosh direktori L. SERING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 20-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” kompaniyasi vakolatli vakili I. NADARADJAX
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 20-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Delta Oil Uzbekistan Company Limited” kompaniyasining vakolatli vakili Ch.E. SANTOS
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 20-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 323-modda)