Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
BARChA TURDAGI RADIOELEKTRON VOSITALAR VA YUQORI ChASTOTALI QURILMALARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QAYTA IShLASh (ZAMONAVIYLAShTIRISh), IShLAB ChIQARISh VA ChET ELDAN OLIB KIRISh UChUN RADIOChASTOTA POLOSALARI (NOMINALLAR) AJRATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1399-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1998-y., 7-son, 26-modda) hamda 2004-yil 7-maydagi 215-son “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) muvofiq, buyuraman:
1. Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash (zamonaviylashtirish), ishlab chiqarish va chet eldan olib kirish uchun radiochastota polosalari (nominallar) ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1399, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 378-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor X. MUXITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-may,
9-yu-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 268-modda)