OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
PAXTA TOLASINING IChKI VA HAQIQATDA SOTILGAN NARXLARI OʻRTASIDAGI IJOBIY FARQ MABLAGʻLARINI “PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMASINING MAXSUS HISOB RAQAMIGA TOʻPLASh VA UNING IShLATILIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1922-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-maydagi 91-sonli “Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3011, 12.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 3-sentabrdagi PQ-1398-sonli “2010-yil hosili paxta xomashyosini oʻz vaqtida va sifatli yigʻib-terib olishni taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 9-son, 371-modda) va 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) qarorlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-fevraldagi 30-sonli “Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 48-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 23-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922, 2009-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan “Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uning ishlatilishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-mart,
19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uning ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sotish narxi (sotiladigan narx) — paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qarori bilan tasdiqlangan Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining (keyingi oʻrinlarda — OʻzRTXAB) valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-y., 36-son, 359-modda) asosan aniqlangan narxi;”
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“salbiy farq — paxta tolasi OʻzRTXABda va toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnoma orqali sotilgan narxidan ichki narxining oshgan miqdori.”.
2. 2 va 3-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Paxta tolasini eksport qilishda va respublika ichki korxonalariga yetkazib berishda qoʻshilgan qiymat soligʻining (keyingi oʻrinlarda — QQS) nol stavkasi qoʻllaniladi.
3. Eksportga va respublika ichki korxonalariga sotishga moʻljallangan paxta tolasining ichki narxi QQSni nol stavkasida hisobga olib aniqlanadi.”.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farqning hisob-kitobi “Paxtasanoat” HAB tomonidan ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda aniqlanadi.”.
4. 8 va 9-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. “Paxtasanoat” HAB Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish hisob-kitobi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ning unga biriktirilgan bosh inspektori (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmaning bosh inspektori)ga mablagʻlar tushishidan kelib chiqib, narxlar oʻrtasidagi farqning hisob-kitobini tekshirish uchun topshiradi.
9. Jamgʻarmaning bosh inspektori oʻsha kun ichida hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshiradi va “tekshirildi” yozuvini qayd qilib, imzo qoʻyadi va ularni “Paxtasanoat” HABning paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markaziga qaytaradi.”.
“12. Ijobiy farq summasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi va 25 foizgacha boʻlgan miqdorda — paxtachilik fermer xoʻjaliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-fevraldagi 30-sonli qarori bilan belgilangan tartibga muvofiq maqsadli ishlatish uchun, 25 foiz miqdorda — jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzlarni soʻndirishga, qolgan qismi esa — Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
13. “Paxtasanoat” HAB mablagʻlar tushishidan kelib chiqib, 1 ish kuni davomida maxsus hisob raqamidan Jamgʻarmaning tegishli hisob-raqamlariga mablagʻlarni quyidagicha:
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-fevraldagi 30-sonli qarori bilan belgilangan tartibga muvofiq, maqsadli ishlatish uchun paxtachilik fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltirish uchun;
Jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzdorligini soʻndirish uchun;
Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun yoʻnaltiradi.
14. Jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlmagan korxonalar boʻyicha ijobiy farq summasi, fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltiriladigan 25 foizlik mablagʻlardan tashqari, Jamgʻarmaning aylanma mablagʻini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
15. “Paxtasanoat” HAB chorak yakuni boʻyicha oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farq boʻyicha hisob-kitobni va maxsus hisob raqamga toʻplangan hamda Jamgʻarmaning tegishli hisob-raqamlariga oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim qiladi.
Maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim etilishi boʻyicha javobgarlik “Paxtasanoat” HAB zimmasiga yuklatiladi.”.
6. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlar ilovasidagi tahrirda bayon etilsin.
7. 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu oʻzgartirishlar “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
2011-yil 1-mart
“Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uning ishlatilishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uning ishlatilishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqning | |||||||
|
HISOB-KITOBI | |||||||
|
20__ yil “__” _____dan 20__ yil “__” ______gacha davrda | |||||||
| | | | | | |
ming soʻmda | |
| № | Schyot fakturaning raqami va sanasi | Miqdori | Sotish narxi | Ichki narx* | Ijobiy farq summasi | ||
| 1 tonnaga | jami hajmga | ||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
|
1. |
“Oʻzinterimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
|
2. |
“Oʻzmarkazimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
|
3. |
“Oʻzprommashimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
|
4. |
OʻzRTXAB orqali | | | | | | |
| | | | | | | | |
|
5. |
Toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar | | | | | | |
| | Jami | | | | | | |
| | Oldin hisoblangan ijobiy farq summasi boʻyicha qarzdorlik | | | | | | |
| | Hammasi | | | | | | |
| | Shundan OʻzRTXAB va toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnoma boʻyicha hosil boʻlgan salbiy farqni qoplashga yoʻnaltiriladi | | | | | | |
| | Maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan summa | | | | | | |
“Paxtasanoat” HAB raisi |
_____ |
_______________ | |||||
| | | | |
(imzo) |
(F.I.O.) | ||
| “Paxtasanoat” HAB bosh buxgalteri | _____ | _______________ | |||||
Tekshirildi: |
| |
(imzo) |
(F.I.O.) | |||
| | | | | | M.Oʻ. | | |
| Jamgʻarmaning bosh inspektori | _____ | _______________ | |||||
| | | | |
(imzo) |
(F.I.O.) | ||
*Ichki narx = Preyskurant narx (QQSni nol stavkasini inobatga olgan holda) + Sotish xarajatlari + “Paxtasanoat” XABlarning komission mukofotlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)