12.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1084-1
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmatining qarori, 12.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1084-1
Kuchga kirish sanasi
22.01.2011
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 68-son “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 12-son, 130-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining 2001-yil 9-noyabrdagi 5 va 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1084, 2001-yil 16-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 22-son) bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatining hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar ro‘yxatiga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.