OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR-XOM AShYo BIRJASINING VALYUTA MAYDONChASI ORQALI SOTILADIGAN YuQORI LIKVIDLI MAHSULOTLAR NARXLARINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2162]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-avgustdagi 371-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2162-1, 26.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-yil, 18-son, 128-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-yil, 4-son, 19-modda) va 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali sotiladigan yuqori likvidli mahsulotlar narxlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-noyabr,
103-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-noyabr,
97-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2010-yil 15-noyabrdagi 103, 97-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali sotiladigan yuqori likvidli mahsulotlar narxlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-yil, 18-son, 128-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-yil, 4-son, 19-modda) va 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) qarorlariga muvofiq yuqori likvidli mahsulotlarga Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali sotilganda narxlarning shakllanish mexanizmini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-ilovalarida keltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali sotuvchi rezident tashkilotlariga qoʻllaniladi.
2. Yuqori likvidli mahsulotlarni sotish elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimidagi birja savdolarida valyuta maydonchasiga qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada oʻtkazilgan savdo sessiyalari natijalari boʻyicha aniqlangan mahsulotga oʻrtacha narx;
jahon bozorlaridagi narxlar konyunkturasi — yetakchi xalqaro birjalarda shakllanadigan, shuningdek xalqaro axborot agentliklari tomonidan eʼlon qilinadigan kotirovkalar;
mahsulot — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-ilovalarida keltirilgan yuqori likvidli mahsulotlar, elektr energiyasi va tabiiy gazdan tashqari;
sotuvchilar — mahsulotni birja savdolariga chiqarish va sotishni amalga oshiruvchi rezident tashkilotlar;
xaridorlar — birja savdolarida mahsulotni xorijiy valyutaga sotib oladigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
II. Birja savdolarida mahsulotlar narxlarining shakllanishi
4. Birja savdolarida mahsulotning boshlangʻich narxi sotuvchilar tomonidan, ushbu mahsulotning jahon bozorlaridagi narxlar konyunkturasidan kelib chiqib, aniqlanadi.
5. Birjaning valyuta maydonchasiga qoʻyilgan mahsulotning jahon bozorlaridagi narxlar konyunkturasi pasaygan hollarda, shuningdek ushbu mahsulotga talab mavjud boʻlmagan hollarda, sotuvchi boshlangʻich narxni qadamba-qadam pasaytirish mexanizmini qoʻllash huquqiga egadir.
6. Boshlangʻich narxni qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi, oʻz qiymatidan yuqori narxlarda qoʻyilgan mahsulotlarga nisbatan, 5 kun ketma-ket savdolarga qoʻyilgandan soʻng talab mavjud boʻlmagan hollarda qoʻllaniladi.
7. Sotuvchi narxni qadamba-qadam pasaytirish mexanizmini yangi boshlangʻich narx oʻrnatish yoʻli bilan qoʻllaydi. Bunda yangi oʻrnatiladigan boshlangʻich narx mahsulot qiymatidan (paxta momigʻi boʻyicha — netto massaga qayta hisoblaganda preyskurant ulgurji narxdan va yetkazib berish, tushirish va saqlash xarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqidan) kam boʻlmasligi kerak. Keyingi savdo kunida qoʻyiladigan mahsulotning boshlangʻich narxi oldingi savdo kunida shakllangan narxlar kotirovkasi miqdorida aniqlanadi.
8. Bir savdo kuni davomida mahsulotga talabning mavjud boʻlmaganligi Birja bosh makleri tomonidan savdo kunida tasdiqlangan sotuvchi brokerining hisoboti asosida tasdiqlanadi.
III. Axborot taʼminoti
9. Birja kotirovka hayʼati oʻtkazilgan birja savdolari natijalari boʻyicha birjada sotilgan mahsulot baholarining birja kotirovkalarini aniqlaydi va ularni har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi sahifalarida eʼlon qilib boradi.
IV. Yakuniy qoida
10. Mazkur Nizom “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati” OAJ, “Oʻzbekkoʻmir” OAJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AIChB, “Toshkent rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” OAJ, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruvi raisi Sh. FAYZULLAYEV
2010-yil 12-noyabr
“Oʻzqurilishmateriallari” AK Boshqaruvi raisi E. AKRAMOV
2010-yil 12-noyabr
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruvi raisi X. ShERMATOV
2010-yil 12-noyabr
“Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati” OAJ Bosh direktori A. FARMANOV
2010-yil 12-noyabr
“Oʻzbekkoʻmir” OAJ Bosh direktori X. XURSANOV
2010-yil 12-noyabr
“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AIChB Bosh direktori A. NURUTDINOV
2010-yil 12-noyabr
“Toshkent rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” OAJ Bosh direktori Y. PALVANOV
2010-yil 12-noyabr
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Boshqaruvi raisi F. OMONOV
2010-yil 12-noyabr
“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” OAJ Boshqaruvi raisi T. TOXTABAYEV
2010-yil 12-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 467-modda)