OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1279-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 28-apreldagi 3, 67-sonli “Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1279-7, 05.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 382-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining 2003-yil 27-sentabrdagi 05-20-401, 14 va 01/23-55-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 1279, 2003-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-dekabr,
18-son
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-dekabr,
107-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 457-modda)