1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.05.00 Boshqa imtiyozlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIZMAT MAJBURIYATLARINI BAJARAYOTGANDA HARBIY XIZMATCHILAR (HARBIY XIZMATGA MAJBURLAR) HALOK BOʻLGAN YOKI TAN JAROHATI OLGAN HOLDA BIR YOʻLA TOʻLANADIGAN NAFAQANI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 7-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2144]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 13-sentabrdagi 902-sonli “Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2144-2, 23.09.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-apreldagi 168-sonli qaroriga muvofiq va harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir Q. BERDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 5-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
430-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2010-yil 5-avgustdagi 430-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-apreldagi 168-sonli qaroriga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajarayotgan harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani (keyingi oʻrinlarda nafaqa deb yuritiladi) toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining quyidagi harbiy xizmatchilariga (harbiy xizmatga majburlarga) nisbatan qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtayotganlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotganlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezervchilar sifatida harbiy xizmatni oʻtayotganlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalarida kursant (tinglovchi) sifatida harbiy xizmatni oʻtayotganlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarayotganda halok boʻlgan holda, ularning oila aʼzolariga marhum pul taʼminotining 50 barobarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarayotganda tan jarohati olganda (yaralangan, jarohatlangan, kontuziyalangan) (keyingi oʻrinlarda tan jarohati deb yuritiladi), ularga nafaqa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir tan jarohati olganda — pul taʼminoti oylik maoshining 25 barobarigacha boʻlgan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganda — pul taʼminoti oylik maoshining 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Nafaqani toʻlash shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga yoki ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan nafaqa miqdori, ular halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan kuni ularning harbiy unvoni va lavozimi uchun belgilangan maoshdan tashkil topadigan pul taʼminotining miqdoridan, biror-bir koʻrinishdagi koʻpaytirish yoki oshirishlarsiz hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari) sifatida harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga yoki ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan nafaqa miqdori biror-bir koʻrinishdagi koʻpaytirish yoki oshirishlarsiz ular halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan kundagi ularning lavozim maoshidan kelib chiqib, harbiy xizmatni rezervchilar sifatida oʻtayotganlar va harbiy xizmatni safarbarlik chaqiruvi rezervida oʻtayotganlar uchun nafaqa miqdori esa, ularning harbiy unvoni va yigʻinda egallagan lavozimi uchun belgilangan maoshdan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tan jarohatining harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan boʻlgan sababiy bogʻlanish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) belgilangan tartibda harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 13-martdagi 213-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2144-1, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2144-1/2901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Halok boʻlish yoki tan jarohatining harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan boʻlgan sababiy bogʻlanish quyidagi hollarda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jangovar harakatlarda ishtirok etgan, xizmat majburiyatlarini ijro etgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibi bilan belgilangan xizmat vaqti davomida yoxud bu xizmat zaruratidan kelib chiqqan boʻlib, harbiy qism hududida boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safari yoxud davolanishda boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat joyiga, davolanishga yoxud orqaga yoʻl bosgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy yigʻinlarda ishtirok etgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asirga tushgan (oʻz ixtiyori bilan asir tushishdan tashqari), garovga olingan yoxud haydab ketilgan ahvolda boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bedarak ketganda — harbiy xizmatchi belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgunga yoxud vafot etgan deb eʼlon qilingunga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik va huquqiy tartibotni taʼminlashda huquqni muhofaza qilish organlariga yordam bergan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yoʻlida sodir etilgan deb tan olingan boshqa xatti-harakatlarni bajargan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Harbiy xizmatchilar quyidagi hollarda xizmat majburiyatlarini bajargan deb eʼtirof etilmaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini koʻngilli ravishda giyohvand, spirtli yoki zaharli moddalardan mast holatga keltirgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatchilikka oid qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz-oʻzini oʻldirgan yoxud oʻz-oʻzini oʻldirishga suiqasd qilgan boʻlsa, agar bunday harakatlar kasallik holati yoxud oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish tufayli sodir etilgan boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qism qarorgohidan tashqarida dam olishda, javob berishda yoxud taʼtilda yurganda, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan qism qarorgohidan tashqarida yoxud harbiy qism hududidan tashqarida belgilangan xizmat joylaridan tashqarida yurganda, bundan asirda boʻlgan, garovga olingan yoxud haydab ketilgan hollar, sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yoʻlida sodir etilgan, deb topilgan boshqa xatti-harakatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar harbiy xizmatchi mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida koʻzda tutilgan vaziyatda halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan boʻlsa, unga yoki uning oila aʼzolariga nafaqa toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Nafaqani rasmiylashtirish va toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nafaqa harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan harbiy xizmatchining xizmat joyi boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Halok boʻlish yoki ogʻir tan jarohati olishning vaziyat va sabablarini surishtirish uchun harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs qarori bilan maxsus komissiya tuziladi. Komissiya 15 sutka davomida halok boʻlish, ogʻir tan jarohati olishning vaziyat va sabablari yuzasidan surishtiruv ishlarini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda halok boʻlgan har bir holda yuqorida koʻrsatilgan Komissiyaga tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosining oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomasining nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Harbiy xizmatchi ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan holda, harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) qarori bilan baxtsiz hodisa boʻyicha surishtiruv oʻtkazuvchi maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tekshirish oʻtkaziladigan hodisaga aloqasi boʻlmagan shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli harbiy qismda nazorat olib boradigan Davlat texnik nazorat va xavfsizlik texnikasi organlari (keyingi oʻrinlarda — Davtexnazorat organlari deb yuritiladi) vakillari kiritiladi. Komissiya 5 sutka davomida tan jarohati yetishiga olib kelgan vaziyat va sabablar yuzasidan surishtiruv ishlarini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruv natijalariga koʻra, harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) uch kunlik muddat ichida harbiy-davolash muassasasiga tan jarohati olingan (yaralangan, shikast yegan, kontuziyalangan) vaziyat haqidagi maʼlumotnomani (keyingi oʻrinlarda maʼlumotnoma deb yuritiladi) mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq taqdim etadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 13-martdagi 213-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2144-1, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2144-1/2901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) hamda baxtsiz hodisa boʻyicha surishtiruv oʻtkazuvchi maxsus komissiya raisi maʼlumotnomada bayon etilgan maʼlumotlar ishonchli boʻlishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Harbiy xizmatchining davolanishi nihoyasiga yetgach, harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs qarori bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlari va muassasalarida jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiya deb yuritiladi) oʻz yigʻilishida harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan berilgan maʼlumotnomaning asosliligini oʻrganib chiqadi hamda tan jarohatining ogʻirlik darajasi va mehnat qobiliyati yoʻqotilgan vaqtga qarab joriy meʼyorlardan kelib chiqqan holda beriladigan nafaqa miqdori toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiya qarori harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs nafaqa toʻlash masalasi yuzasidan yakuniy qaror chiqarilishi uchun 5 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy apparatining doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda doimiy faoliyat yurituvchi komissiya deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda harbiy xizmatchi halok boʻlgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qism komandirining (muassasa boshligʻining) marhumni shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchi halok boʻlgan sabablar va vaziyat yuzasidan oʻtkazilgan maxsus surishtiruv materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchining vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning tugʻilganligi haqida guvohnomalar nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiyasi yigʻilishining bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda harbiy xizmatchining badaniga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa puli yuzasidan bildirgi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq harbiy shifokorlar komissiyasi maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tan jarohati olishning sabab va vaziyati yuzasidan oʻtkazilgan surishtiruv materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiya yigʻilishining bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda huquqni muhofaza qilish va Davtexnazorat organlarining qarori (xulosasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining qarori bilan belgilanadi. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasining yigʻilishlari hujjatlar kelib tushishiga qarab, biroq bir oyda kamida bir bor oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy faoliyat yurituvchi komissiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va nafaqa miqdori yuzasidan yakuniy xulosa chiqaradi. Komissiya xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari — Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiyaning nafaqa miqdori yuzasidan chiqargan qarori tegishli harbiy qism komandiriga (muassasa boshligʻiga) yoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy faoliyat yurituvchi komissiya hujjatlarni qaytadan rasmiylashtirish uchun qaytarish, quyi pogʻonadagi komissiyalarning nafaqa miqdori yuzasidan chiqargan qarorlarini bekor qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Tibbiyot boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy shifokorlar komissiyasi harbiy shifokor komissiyalari tomonidan nafaqa olish uchun maʼlumotnomalar asosli va toʻgʻri berilishi ustidan nazorat olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy shifokor muassasalarida mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq nafaqa olish uchun maʼlumotnoma berish hisobining jurnali yuritiladi, jurnal sahifalari raqamlangan, ipdan oʻtkazilgan, muhr bosilgan boʻlishi shart va doimiy saqlovdagi hujjat hisoblanadi. Berilgan maʼlumotnomalarning ikkinchi nusxalari alohida jildda, harbiy shifokor komissiyalari yigʻilishlarining bayonnomalar kitoblariga ilova sifatida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Harbiy qismlarda (muassasalarda) mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar va toʻlangan nafaqa summalari hisobining jurnali yuritiladi. Rasmiylashtirilgan materiallar va toʻlangan nafaqa summalari hisobining jurnali doimiy saqlovdagi hujjat hisoblanadi hamda sahifalari raqamlangan, ipdan oʻtkazilgan, muhr bosilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Baxtsiz hodisaning sabablari va holatlari yuzasidan surishtiruv natijalariga koʻra, nafaqani toʻlagan harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) aybdor shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda regress daʼvo qoʻzgʻatish choralarini koʻrishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy qismning (muassasaning) burchak muhri
Tan jarohati olingan (yaralangan, shikast yegan, kontuziyalangan) vaziyat haqida MAʼLUMOTNOMA
kontuziyaning keng tus olib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun koʻrilgan choralar koʻrsatib oʻtiladi)
____________________________________ koʻrinishidagi tan jarohati oldi.
tan jarohati olingan vaziyat: ________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
tan jarohati olingan (yaralangan, shikast yegan, kontuziyalangan) vaziyat va sabablar koʻrsatib oʻtiladi: harbiy, xizmat majburiyatini, komandirning buyrugʻini, farmoyishini, harbiy xizmat majburiyatlarini, fuqarolik burchini bajarishda; harbiy, jismoniy mashgʻulotlarda; texnikani taʼmirlash va xizmat koʻrsatishda, qurilish, xoʻjalik va boshqa ishlarni bajarishda; OʻR QK umumharbiy nizomlari talablarining, buyruqlarning, nasihatlarning, qoʻllanma va yoʻriqnomalarning, jumladan texnika xavfsizligi boʻyicha talablarini buzishda; komandirning buyrugʻi, farmoyishi, xizmat topshirigʻini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan xizmatdan tashqari vaqtda; taʼtilda, qismni yoki xizmat oʻtayotgan joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab chiqqan vaqtda; spirtli ichimlik, giyohvand va shu kabi moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq vaziyatda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi)
20___ y. “___” _______
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(harbiy-davolash muassasasining nomi koʻrsatiladi)
_____________________________________da davolanganligi uchun berildi.
Maʼlumotnoma bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa olish uchun quyidagi hujjatlarga asosan berildi:
1. 20___ y. “___” ________ dagi ________ — raqamli, harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan surishtiruv materiallari asosida berilgan tan jarohati olingan (yaralangan, shikast yegan, kontuziyalangan) vaziyat haqida maʼlumotnoma;
2. Sud-tibbiy ekspertizasining 20___ y. “___” _______________ dagi ______— raqamli dalolatnomasi (xulosasi);
3. 20___ y. “___” ______________ dagi ______ — raqamli kasallik tarixi (HSHK varaqalari).
__________________________________________
(harbiy shifokorlar komissiyasi raisining harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
M.Oʻ.
__________________________________________
(harbiy shifokorlar komissiyasi kotibining harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqa olish uchun maʼlumotnoma berish hisobining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Harbiy unvoni
Tugʻilgan yili
Harbiy qism (muassasa)
Davolanish muddati: __ dan __ ga qadar. Shundan soʻng xizmat majburiyatlarini bajarishdan necha sutkaga ozod etilganligi (taʼtil berilganligi)
Harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomaning raqami va sanasi
HSHK bayonnomasining raqami va sanasi
Maʼlumotnomani olgan shaxsning harbiy unvoni, imzosi hamda familiyasi, ismi va otasining ismi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiylashtirilgan materiallar va toʻlangan nafaqa summalari hisobining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi va xizmat joyi
Murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda harbiy xizmatchiga qarindoshligi
Tan jarohati olingan sana, joy, sabab va shikast darajasi
Maʼlumotnoma sanasi va raqami, maʼlumotnomani bergan harbiy qismning (muassasaning) nomi
Harbiy xizmatchi halok boʻlgan sana, joy va sabab
Qism shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqning raqami va sanasi
Summa
Izoh
halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan kundagi belgilangan pul taʼminotining summasi
pul jurnalining moddasi boʻyicha toʻlangan nafaqa summasi, jurnalning raqami va sanasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 353-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2144-1/2901-son)