Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.09.2000 07.12.1999 yildagi 522-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.09.2000
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY-BOShQARUV APPARATINI TAKOMILLAShTIRISh VA QISQARTIRIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli “Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish, ularni iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani boshqarishning bozor usullariga oʻtish sharoitlari ehtiyojlariga muvofiqlashtirish, boshqaruv organlari taʼminoti xarajatlarining qisqartirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy-boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish va xodimlar sonini qisqartirish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvning amaldagi tuzilmasini va boshqaruv xodimlari sonini, respublika va hududiy darajada maʼmuriy-boshqaruv apparati taʼminotining maqsadga muvofiqligi va samaradorligini tanqidiy baholasin, bunda zarur boʻlmagan, bir-birini takrorlovchi, bir-biriga oʻxshash tuzilmalarni ularni mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan (budjet, budjetdan tashqari fondlar, xoʻjalik faoliyatidan ajratmalar) qatʼi nazar tugatishga eʼtiborni qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 1-yanvardan boshlab maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlari sonini kamida 15 foizga, shu jumladan budjet tashkilotlari boʻyicha — 10 foizga qisqartirish zarurligiga alohida eʼtiborni qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi komplekslari bilan birgalikda 1999-yil 20-dekabrgacha amaldagi maʼmuriy-boshqaruv tuzilmalarini tahlil qilish asosida boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlasin hamda ushbu masala boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
522-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi 522-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy-boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish va xodimlar sonini qisqartirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamidov B.S.‎ —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Shoabdurahmonov R.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)‎

‎‎Komissiya aʼzolari:

Golishev V.A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)‎
Azimov R.S.‎ —‎‎ Moliya vaziri‎
Ibrohimov Sh.Gʻ.‎ —‎‎ Mehnat vaziri‎
Mirsafoyev S.M.‎ —‎‎ Adliya vaziri‎
Alimboyev S.A.‎ —‎‎ Davlat soliq qoʻmitasining raisi‎
Durnov G.G.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh konsultanti (kelishuv boʻyicha)‎
Bahromov A.U.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari‎
Guskova T.N.‎ —‎‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Qudratov Gʻ.S.‎ —‎‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Chijenok I.G.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining yetakchi konsultanti‎