Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.1999 26.06.1997 yildagi 323-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.1999
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997 YIL HOSILIDAN OLINADIGAN MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQARISIGA SOTISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etishtirilgan hoʻl mevalarni, sabzavotlar, poliz mahsulotlarini, uzumni va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni oʻz vaqtida, buzmasdan va nobud qilmasdan sotish, MDH va Baltika mamlakatlari bilan oʻzaro foydali savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Meva-sabzavot mahsulotlarini respublika tashqarisiga sotishning tashkiliy-huquqiy va operativ masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv (“Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi), Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining yuklab joʻnatiladigan mahsulot hajmlari boʻyicha takliflariga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv (“Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi), Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini respublika tashqarisiga sotish yuzasidan oʻz vaqtida tashkiliy-operativ tadbirlar koʻrilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hoʻl meva-sabzavot va konserva mahsulotlari Rossiya Federatsiyasi isteʼmolchilariga yetkazib berilayotgan mahsulotga 1997-yil oxirigacha pul bilan yoki moddiy-texnika resurslari bilan haq toʻlash toʻgʻrisida viloyatlar maʼmuriyatlarining kafolat xatlari yoxud Rossiya banklarining kafolat majburiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda joʻnatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mana shu maqsadda hokimliklar va koʻrsatib oʻtilgan idoralarning rahbarlari hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni yetkazib berishga uzoq muddatli asosda shartnomalar va bitimlar tuzish, meva-sabzavotga oid mahsulotlar etishtirish, saqlash, qayta ishlash, ulgurji va mayda ulgurji savdo boʻyicha, shu jumladan, konsignatsiya shartlarida, qoʻshma korxonalar tashkil etish uchun MDH va Baltika mamlakatlariga shaxsan borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga — MDH va Baltika mamlakatlariga chiqarish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar — bevosita tovar ishlab chiqaruvchilar uchun — tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan hollarda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlov — sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun — bevosita tovar ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar mavjud boʻlgan hollarda tumanlar va shaharlar hokimliklarining litsenziyasi asos boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini MDH va Baltika mamlakatlariga chiqarish uchun barter shartnomalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda va ularning nazorati ostida ishlab chiqarish maqsadlaridagi moddiy-texnika resurslariga ayirboshlash uchun Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv (“Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi), Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi korxonalari va tashkilotlari tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot sotilgandan soʻng kontraktlarga muvofiq, istisno tariqasida, lekin 1997-yilning 31-dekabridan kechiktirmay valyuta tushumining bir qismini Markaziy bankka sotishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv (“Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi), Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi korxonalari va tashkilotlari tomonidan hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni MDH va Baltika mamlakatlariga yetkazib berishda mahsulotlar yuklab joʻnatilgandan soʻng kechi bilan 60 kundan keyin ularni sotilgan deb hisoblasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Uzoq xorij mamlakatlariga eksportga mahsulot yetkazib berish yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan MDH mamlakatlariga yetkazib beriladigan 3 mln doll. hajmdagi vino materiallariga, istisno tariqasida, joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzdavstandrt” markazi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, vakolatli banklar, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hoʻl meva-sabzavotlarni va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni joʻnatuvchi turgan joyda ikki sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda joʻnatish hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar, bu ishda sansalorlikka va sunʼiy toʻsiqlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni temiryoʻl transporti bilan respublika hududi boʻyicha tashish uchun tariflarni doimiylik asosida 50 foizga kamaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk taqdim etilishi bilan oldindan toʻlovlarsiz tashish qiymatini belgilangan muddatlarda toʻliq toʻlash toʻgʻrisidagi yuk joʻnatuvchining kafolati ostida harakatdagi sostavning oʻz vaqtida ajratilishini va berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rossiya Federatsiyasi Aloqa yoʻllari vazirligining hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni tashish uchun tariflarni 1997-yilning 1-dekabrigacha 50 foizga kamaytirganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov) “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi (Nosirov) va Oʻzbekbirlashuv (Burxonov) bilan birgalikda bir oy muddatda “Kazaxstan temir joʻli” respublika davlat Korxonasi bilan ommaviy ravishda hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni tayyorlash va yetkazib berish mavsumida ularni tashish tariflarini kamaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.X.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
323-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-iyundagi 323-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni respublikadan tashqariga chiqarishning tashkiliy-huquqiy masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joʻrabekov I.H.‎ —‎ Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Muhitdinov L.I.‎ —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari‎
Usmonov M.Z.‎ —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari‎
Mullajonov F.M.‎ —‎ Markaziy bank boshqaruvi raisi‎
Sayfitdinov J.B.‎ —‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
Azimov R.S.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi‎
Jumaniyozov M.J.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri‎
Nosirov B.N.‎ —‎ “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi raisi‎
Burxonov F.‎ —‎ Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi raisi‎
Qurbonov E.‎ —‎ “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi raisi‎
Joʻrayev L.‎ —‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari‎
Olimboyev S.A.‎ —‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Zinin V.I.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Ermetov N.‎ —‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi‎
Roʻzmetov A.G.‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi‎
Bobomirzayev A.‎ —‎ Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-iyundagi 323-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chetga olib chiqiladigan hoʻl meva-sabzavot va konserva mahsulotlari hajmi va vagonlarga ehtiyoj
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‏ ‎‏
‎‏Etkazib berish hajmi, ming tonna
Vagonlarga boʻlgan ehtiyoj‎‎

Jami‎‏

shu jumladan:‎‎

yopigʻi‎

izotermikligi‎
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi‎ 220 ‎ 7766‎ 4928‎ 2838‎
Oʻzbekbirlashuv (“Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi)‎ 60‎ 1800‎ 1308‎ 492‎
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎ 20‎ 640‎ 440‎ 200‎
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi‎ 10‎ 380‎ 310‎ 70‎
Jami‎ 310‎ 10586‎ 6986‎ 3600‎