OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
VOYAGA YETMAGAN BOLALARI BOʻLGAN OILALARGA NAFAQA TOʻLAShNI MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1160-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2013-yil 15-maydagi 49, 35-K-sonli “Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa toʻlashni moliyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror hamda unga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1160-2, 29.05.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 558-modda) Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 562-modda) qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 26-iyundagi 70 va 11/2001-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa toʻlashni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2002-yil 11-iyul, roʻyxat raqami 1160) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 13-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-aprel,
31-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-aprel,
100-Q-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 167-modda)