Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO SIMFONIK MUSIQA FESTIVALINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Zamonaviy oʻzbek kompozitorlik ijodiyotining yutuqlarini keng targʻib qilish, anʼanaviy musiqa sanʼati bilan zamonaviy kompozitorlik hamda ijro maktablarining mushtarak rivojlanishini taʼminlash, yosh avlod qalbida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, xususan, musiqa sanʼatiga boʻlgan mehru muhabbat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek ijodiy hamkorlik doirasini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasining Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi va “Oʻzteleradiokompaniya” bilan hamkorlikda 1998-yil 22 — 27-sentabr kunlari Toshkent shahrida xalqaro zamonaviy simfonik musiqa festivalini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Tashkiliy qoʻmita bir hafta muddatda:
festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari rejasini;
festival bosh direksiyasi tarkibini;
festival dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda homiylar roʻyxatini aniqlasin.
4. Homiylarning foydadan toʻlaydigan soliq boʻyicha bazasi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda kamaytirilishi nazarda tutilsin.
5. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tashkiliy qoʻmita buyurtmasiga muvofiq festival qatnashchilari uchun mehmonxonalardan joy ajratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi xorijiy ishtirokchilarni bojxona, viza va aeroport toʻlovlaridan ozod etsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplash uchun respublika budjetidan 4789,5 ming soʻm ajratsin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
sarf-xarajatlarning 3198,0 ming soʻmi homiylar hisobidan qoplanadi;
50 nafar xorijiy ishtirokchining Oʻzbekistonga kelib-ketish — transport xarajatlari ularning oʻz zimmasida, Oʻzbekiston hududidagi xarajatlari qabul qiluvchi tomon zimmasida boʻladi.
8. “Oʻzteleradiokompaniya”, OʻzA, ommaviy axborot vositalariga festival ishini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 29-avgust,
372-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-avgustdagi 372-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xalqaro simfonik musiqa festivalini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
| 1. | Joʻrayev N. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisi (kelishuvga muvofiq) |
| 2. | Abdullayev R. | — | Bastakorlar uyushmasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari, festival direksiyasi bosh direktori |
| 3. | Joʻrayev X. | — | Madaniyat ishlari vaziri |
| 4. | Jalilov I. | — | Oʻzbekiston milliy simfonik orkestrining badiiy rahbari |
| 5. | Nazarov A. | — | “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi bosh direktori |
| 6. | Koʻchimov A. | — | “Oʻzteleradiokompaniya” raisi |
| 7. | Meliboyev A. | — | “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri |
| 8. | Yunusov R. | — | Toshkent davlat konservatoriyasi rektori |
| 9. | Bafoyev M. | — | Oʻzbekiston sanʼat arbobi |
| 10. | Qoriyeva B. | — | A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri direktori |
| 11. | Husanboyev B. | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| 12. | Yoqubov D. | — | “Navroʻz” jamgʻarmasi raisi |
| 13. | Hamroyev F. | — | Markaziy Osiyo madaniyati Assambleyasi jamgʻarmasi ijrochi direktori |
| 14. | Toʻxtaboyev X. | — | “Oltin meros” jamgʻarmasi raisi |
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-avgustdagi 372-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xalqaro simfonik musiqa festivali
NIZOMI
Festival oʻzbek milliy simfonik musiqa sanʼati anʼanalarini va bugungi yutuqlarini, kompozitorlik va ijro maktablari ijodiyotining yorqin namunalarini keng targʻib qilish, zamonaviy simfonik musiqa ijodkorlarining intilishlarini ragʻbatlantirish hamda ijodiy hamkorlik doirasini yanada kengaytirish niyatida taʼsis etilgan.
Festival 1998-yil 22 — 27-sentabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
I. FESTIVAL TUZILMASI
Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Toshkent davlat konservatoriyasi festivalning asosiy taʼsischilaridir.
II. FESTIVAL TADBIRLARI
Festival doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
1. Festivalga taqdim etilgan Oʻzbekiston va chet el kompozitorlarining simfonik, kamer asarlaridan konsertlar;
2. Organ musiqasi konserti;
3. “Milliy anʼanalar va hozirgi zamon kompozitorlik ijodiyoti” mavzusida davra suhbati.
III. FESTIVAL ShARTLARI
Festivalda oʻzbekistonlik va xorijiy musiqa sanʼati namoyandalari, kompozitor, dirijyor, musiqashunos va boshqa ijodkorlar qatnashishi mumkin. Har bir mamlakatdan ikki kishi taklif etiladi. Toshkentga kelib-ketish — transport xarajatlari ishtirokchining oʻz zimmasida boʻladi.
Qatnashuvchilar tashkiliy qoʻmitaga belgilangan muddatda musiqiy asarlarining klavir, partitura va ovozlarini taqdim etadilar. Har bir asarning ijrosi 30 daqiqadan oshmasligi va quyidagi yoʻnalishlardan iborat boʻlishi lozim:
simfonik asarlar (uvertyura, poema, simfoniya, konsert va h.k.);
kamer asarlari (vokal, cholgʻu, orkestr va h.k.).
IV. FESTIVAL OʻTKAZUVChI TOMONNING MAJBURIYATLARI
Festivalga taqdim etilgan musiqiy asarlarning ijro etilishini taʼminlash;
festival qatnashchilarining festivalda ishtirok etishi bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni, shu jumladan, mehmonxonada yashash, ovqatlanish, Oʻzbekiston hududida transportda yurish xarajatlarini qoplash.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-avgustdagi 372-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Xalqaro musiqa festivalini oʻtkazish xarajatlari
SMETASI
| Yashash va ovqatlanish | 2044,0 |
| Transport xarajatlari | 287,0 |
| Simfonik, kamer orkestrlari, xor ishtiroki, organ musiqasi va alohida ijrochilar konsertini oʻtkazish |
1963,0 |
| Bosma mahsulotlar | 1508,3 |
| Kanselyariya xarajatlari | 150,0 |
| Repetitsiyalar va konsertlar oʻtkazish uchun zal ijarasi | 600,0 |
| Aloqa xizmati haqini toʻlash, orgtexnika sotib olish | 510,0 |
| Tarjimonlarga haq toʻlash | 350,0 |
| Ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar | 785,2 |
| JAMI: | 7987,5 |