Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
“BALIQ OVLASh KORXONALARIDA TABIIY SUV HAVZALARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN IJARA HAQINI HISOBLASh VA UNI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1292-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 170, 2, 39-sonli “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1292-4 30.11.2017-y.) asosan 2018-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi 350-son “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 127-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 6-noyabrdagi 125 , 02-1212 va 01/22-142-son qarori (roʻyxat raqami 1292, 2003-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 24-son) bilan tasdiqlangan “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-fevral,
9-son
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-fevral,
1-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-fevral,
1/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 4-fevraldagi 9, 1 va 1/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2—5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
tabiiy suv havzalaridan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasini joriy yilda toʻlanadigan ijara haqi miqdorini belgilab, tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash korxonasi bilan tuzadi;
xar yili fevral oyining 15-sanasigacha ijara haqini qayta aniqlab, shartnomaning ijara haqi bandiga tegishli oʻzgartirish kiritadi.
3. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzalaridan olinadigan ijara haqi miqdorini hisoblash uchun:
a) ijaraga berilgan suv havzalarining umumiy maydoni (gektarda);
b) ijarachi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasidan tutib olingan (sotilgan) mahsulotning oʻrtacha miqdori;
v) mutasaddi tashkilotlar (davlat statistika organlari, monopoliyaga qarshi kurashish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash organlari va boshqalar) maʼlumotlariga asosan hudud (viloyat)da baliqning oʻtgan yildagi isteʼmol bozoridagi oʻrtacha narxi aniqlanadi.
4. Ijara haqini hisoblashda ilovada keltirilgan stavkalar qoʻllaniladi.
5. Yuqorida qayd qilingan maʼlumotlarga asosan ijara haqi quyidagi tartibda aniqlanadi.
Ih = H1 x Noʻ x Mu x Is : 100
Bunda:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektardan olingan oʻrtacha hosildorlik;
Noʻ — oʻrtacha narx;
Mu — suv havzasining umumiy maydoni;
Is — ijara haqini hisoblash stavkasi, foizda”.
2. Quyidagi mazmundagi 5-1 va 5-2 bandlar bilan toʻldirilsin:
“5-1. Ijaraga berilgan suv havzasining bir gektarida oʻtgan yili tutilgan baliq va suv jonivorlarining hosildorligi 4,2 kilogrammdan kam boʻlsa, ijara haqini hisoblashda bu koʻrsatkich 4,2 kilogramm miqdorida olinadi.
5-2. Joriy yil uchun hisoblangan ijara haqining summasi oʻtgan yili uchun ushbu Nizomdagi tartibda hisoblangan ijara summasini 1,05 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan miqdoridan kam boʻlsa, ijara haqi oʻtgan yilgi ijara summasini 5 foizga koʻpaytirib aniqlanadi”.
3. 10-banddagi “0,07 foiz” degan soʻzlar “0,5 foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq ilova bilan toʻldirilsin.
5. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
2010-yil 28-yanvar
Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Ijara haqini hisoblashda qoʻllaniladigan stavkalar miqdori
| Hosildorlik kg/ga | Ijara haqini hisoblash stavkasi (foizda) |
| 15 gacha | 10 |
| 15 — 20 gacha | 9 |
| 20 — 25 gacha | 8 |
| 25 — 30 gacha | 7 |
| 30 — 35 gacha | 6 |
| 35 — 40 gacha | 5 |
| 40 va undan yuqorisi | 4 |
| |
” |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 57-modda)