30.12.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1281-3
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 30.12.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1281-3
Kuchga kirish sanasi
09.01.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2013
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 12-avgustdagi 230-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 32-33-son, 363-modda) qarorning 3-bandini bajarish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyat yurituvchi chet el yuridik shaxslari–norezidentlarni soliq organlarida o‘z vaqtida va to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ular tomonidan tegishli soliqlarni to‘lanishini nazorat qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 12-sentabrdagi 2003-67, 01-02/19-36 va 240-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1281, 2003-yil 4-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 19-20 son) 3-sonli ilovasining yangi tahriri ilovaga* muvofiq bayon etilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.