OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TAShQI IQTISODIY FAOLIYaTNI TARTIBGA SOLISh BORASIDAGI QOʻShIMChA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 5 AVGUSTDAGI PQ-1169-SON QARORIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3303-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tayyor toʻqimachilik mahsuloti ishlab chiqarayotgan mahalliy korxonalarning yanada barqaror rivojlanishini taʼminlash, xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan bojxona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida ushbu mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ–1169-son qarorining 2-son ilovasiga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartishlar 2009-yilning 1-oktabridan boshlab kuchga kiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-sentabr,
PQ-1198-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 433-modda)