OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINI YETIShTIRIShGA YETKAZIB BERILGAN MINERAL OʻGʻITLAR VA BOShQA KIMYo MAHSULOTLARI UChUN KIMYo SANOATI KORXONALARINING QIShLOQ XOʻJALIK KORXONALARI BILAN HISOB-KITOBLAR MEXANIZMI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1049-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 14-iyundagi 102 va 200-V-2-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyo mahsulotlari uchun kimyo sanoati korxonalarining qishloq xoʻjalik korxonalari bilan hisob-kitoblar mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1049-2, 23.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 155-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 158-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2001-yil 23-iyundagi 68 va 14/26-son qarori (roʻyxat raqami 1049, 2001-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son) bilan tasdiqlangan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyo mahsulotlari uchun kimyo sanoati korxonalarining qishloq xoʻjalik korxonalari bilan hisob-kitoblar mexanizmi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-sentabr,
88-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-sentabr,
23/14-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 39-son, 429-modda)