Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Qarori
DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI UChUN HISOB-KITOBLAR JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI HISOBIDAN TOPShIRILGAN GʻALLA UChUN HISOB-KITOBLARDA TOʻLOVLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-avgustda 657-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-iyuldagi 114, 115-V-6-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga topshirilgan gʻalla uchun yakuniy hisob-kitoblar qilishda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 657-6, 28.08.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-sonli ““Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 155-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-sonli ““Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 158-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevralda 10-04, 115-V-son bilan tasdiqlangan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan topshirilgan gʻalla uchun hisob-kitoblarda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi”ga (roʻyxat raqami 657, 1999-yil 1-mart) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 31-iyul,
77-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 31-iyul,
20/5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 377-modda)