Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
YAGONA IJTIMOIY TOʻLOVNING BAZAVIY MIQDORI KIRITILIShI MUNOSABATI BILAN YAGONA IJTIMOIY TOʻLOVNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 17-fevralda 1906-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Ilova qilinayotgan Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-fevral
16-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-fevral,
2009-8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 5-fevraldagi 16, 2009-8 - sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
VAQTINChALIK NIZOM
Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovning (keyingi oʻrinlarda YIT deb ataladi) bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Vaqtinchalik nizom qonun hujjatlarga muvofiq, yagona ijtimoiy toʻlovning pasaytirilgan stavkasi belgilangan yuridik shaxslarga, budjet tashkilotlariga hamda notijorat tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. 2009-yilning 1-yanvaridan boshlab YIT toʻlovchilari YITni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda 24 foizli stavka boʻyicha, biroq:
— har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda, fermer xoʻjaliklari bundan mustasno;
— fermer xoʻjaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda YIT hisoblashadi.
Hisoblab chiqarilgan YIT summasi foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, bundan ushbu Vaqtinchalik nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holat mustasno.
2. Ushbu Vaqtinchalik nizomni qoʻllash maqsadida xodimlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish predmeti boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar kiradi.
II. YIT hisoblab chiqarish va toʻlash uchun YITning bazaviy miqdorini aniqlash
3. YIT toʻlovchilari hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va ushbu Vaqtinchalik nizomning 1-bandida belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona boʻyicha YITning bazaviy miqdorini aniqlaydilar.
4. YITning bazaviy miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
BRyait =K/n * N, bu yerda:
BRyait — YITning bir oy uchun bazaviy miqdori;
K — bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan soatlaridan qatʼi nazar) soni, biroq korxonada oʻrnatilgan ish kunlari sonidan ortmagan holda. Xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlariga, shuningdek, yillik mehnat taʼtillariga va ish haqi saqlangan holda beriladigan taʼtillarga toʻgʻri keladigan kunlar ham taalluqlidir. Bir oyda xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarini hisoblab chiqarishda quyidagilarning ishlagan kunlari kiritilmaydi:
pasaytirilgan stavkalar boʻyicha YIT hisoblab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlarning ish kunlari;
kasanachilarning ish kunlari (YIT boʻyicha imtiyoz muddati tugagunga qadar);
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlar bajarayotgan (xizmatlar koʻrsatayotgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish kunlari.
n — korxonada belgilangan bir oydagi ish kunlari soni
N — bir xodim uchun bir oyda YIT normativi (bir minimal ish haqi, fermer xoʻjaliklar uchun esa belgilangan minimal ish haqining 50 foizi). Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunida oʻzgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining oʻrtacha oylik miqdori qoʻllaniladi.
5. YITning bazaviy miqdori har oy hisoblab chiqariladi. Hisobot davri uchun YITning bazaviy miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisobot davrining har bir oyi uchun YITning bazaviy miqdorlari qoʻshib chiqiladi.
6. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning bazaviy miqdoridan kam boʻlsa, u holda toʻlanishi lozim boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov YITning bazaviy miqdori summasiga teng.
7. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT haqiqiy summasi YITning bazaviy miqdoridan koʻp yoki unga teng boʻlsa, u holda YIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida toʻlanishi kerak.
III. YITning bazaviy miqdorini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
8. Toʻlovchilar, fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, YIT hisob-kitobiga Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori hisob-kitobini ushbu Vaqtinchalik nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shaklda taqdim etishadi. Fermer xoʻjaliklari ular mikrofirma, kichik korxona boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, chorak uchun YITning hisob-kitobiga Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori hisob-kitobini ushbu Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etishadi.
9. Yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalari boʻyicha soliq hisoboti shaklida, taqdim etiladigan Maʼlumotnoma-Hisob-kitobdan kelib chiqib, YIT hisob-kitobi shakliga quyidagi satrlar kiritiladi:
“051” — hisobot davri uchun YITning bazaviy miqdori. Ushbu satr faqat 3-ustuni boʻyicha toʻldiriladi;
“052” — Hisobot davrida toʻlanishi lozim.
Agar YIT hisob-kitobi 3-ustunining “050”-satri 3-ustunining “051”-satridan katta yoki teng boʻlsa, u holda 3-ustunning “052”-satrida “050”-satridagi YIT summasi koʻrsatiladi;
agar 3-ustunning “050”-satridagi summa 3-ustunning “051”-satridagi summadan kichik boʻlsa, u holda 3-ustunning “052”-satrida 3-ustunning “051”-satridagi summa koʻrsatiladi.
4-ustunning “052”-satriga 4-ustunning “050”-satridagi summa koʻchirib oʻtkaziladi.
“060”-satrga YITning avvalgi hisob-kitobining “052”-satridagi summasi koʻchirib oʻtkaziladi.
10. YITning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda YITni hisob-kitobining shartli misollari ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-ilovasida keltirilgan.
IV. Yakuniy qoidalar
11. Toʻlovchilar ushbu Vaqtinchalik nizomning talablarini hisobga olgan holda YITni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlashga javobgardirlar.
12. Davlat soliq xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq YITni toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
13. Ushbu Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan YITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YITning bazaviy miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlarga muvofiq penya hisoblagan holda, YITni qoʻshimcha hisoblaydilar. Bunda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan qoʻshimcha hisoblangan YIT summasi toʻlovchi ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan undiriladi va foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan chegirilmaydi.
14. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2010-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
|
Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori | ||
| Koʻrsatkichlar | Satr kodi | Summa |
| 1 | 2 | 3 |
| Hisobot oyida barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari | 010 | |
| Hisobot oyida ish kunlari soni | 020 | |
| Hisobot oyida bir xodim uchun YIT normativi | 030 | |
| Hisobot oyida YITning bazaviy miqdori (010-satr/020-satr x 030-satr) | 040 | |
| Avvalgi hisobot davri oxiridagi YITning bazaviy miqdori (avvalgi hisobot davri uchun Maʼlumotnoma-Hisob-kitobning 060-satri) | 050 | |
| Hisobot davri oxirida YITning bazaviy miqdori (040-satr + 050-satr) | 060* | |
Rahbar |
_____________________ |
|
| |
(imzo) |
|
| Bosh buxgalter | _____________________ | |
| |
(imzo) |
|
| M.Oʻ. | | |
* mazkur satrdagi summa YIT hisob-kitobi 3-ustunining “051” - satriga koʻchirib oʻtkaziladi.
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
Maʼlumotnoma-YITning bazaviy miqdori | ||
| Koʻrsatkichlar | Satr kodi | Summa |
| 1 | 2 | 3 |
| Barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari | 010 | x |
| chorakning birinchi oyi uchun | 0101 | |
| chorakning ikkinchi oyi uchun | 0102 | |
| chorakning uchinchi oyi uchun | 0103 | |
| Hisobot davrida ish kunlari soni | 020 | x |
| chorakning birinchi oyi uchun | 0201 | |
| chorakning ikkinchi oyi uchun | 0202 | |
| chorakning uchinchi oyi uchun | 0203 | |
| YIT normativi: | 030 | x |
| chorakning birinchi oyi uchun | 0301 | |
| chorakning ikkinchi oyi uchun | 0302 | |
| chorakning uchinchi oyi uchun | 0303 | |
| YITning bazaviy miqdori (0401-satr+0402-satr+0403-satr): |
040 | |
| chorakning birinchi oyi uchun (0101-satr/0201-satr x 0301-satr) |
0401 | |
| chorakning ikkinchi oyi uchun (0102-satr /0202-satr x 0302-satr) |
0402 | |
| chorakning uchinchi oyi uchun (0103-satr /0203-satr x 0303-satr) |
0403 | |
| Avvalgi hisobot davri oxiridagi YITning bazaviy miqdori (avvalgi hisobot davri uchun Maʼlumotnoma-Hisob-kitobning 060-satri) | 050 | |
| Hisobot davri oxirida YITning bazaviy miqdori (040-satr + 050-satr) |
060* | |
Rahbar |
_____________________ |
|
| |
(imzo) |
|
| Bosh buxgalter | _____________________ | |
| |
(imzo) |
|
| M.Oʻ. | | |
* mazkur satrdagi summa YIT hisob-kitobi 3-ustunining “051” - satriga koʻchirib oʻtkaziladi.
Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
YITning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda YITni hisob-kitobining shartli misollari
1-misol. Savdo korxonasida 8 kishi ishlaydi. Korxonada 5 kunlik ish kuni belgilangan. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan aniqlanadigan Ish vaqti hisob-kitobiga muvofiq 2009-yil yanvarida 5 kunlik ish haftasida ish kunlari soni 21 kunni tashkil etadi. 2009-yil yanvar oyi uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdori 28 040 soʻmni tashkil etadi. Yanvar uchun quyidagi ish haqi hisoblandi:
| Xodimlar | Haqiqatda ishlagan kunlar | Hisoblangan ish haqi (soʻm) |
| 1-xodim | 21 | 400 000 |
| 2-xodim | 21 | 300 000 |
| 3-xodim | 11 | 250 000 |
| 4-xodim | 21 | 200 000 |
| 5-xodim | 14 | 80 000 |
| 6-xodim | 15 | 90 000 |
| 7-xodim | 21 | 30 000 |
| 8-xodim | 21 | 40 000 |
| Ish haqi fondi | | 1 390 000 |
| YIT summasi (ish haqi fondidan 24%) | | 333 600 |
Barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarining umumiy soni:
K=21+21+11+21+14+15+21+21=145.
Belgilangan formulaga asosan YITning bazaviy miqdori (BRyait ) = 145/21 * 28 040 soʻm = 193 610 soʻmni tashkil etadi.
Haqiqatda hisoblangan YIT summasi YITning bazaviy miqdoridan katta boʻlganligi uchun (333 600 soʻm > 193 610 soʻm), YIT hisob-kitobining “Hisobot davrida toʻlanishi lozim” satrida 333 600 soʻm koʻrsatiladi.
2-misol. Ishlab chiqarish korxonasida 9 kishi ishlaydi. Korxonada 6 kunlik ish kuni belgilangan. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan aniqlanadigan Ish vaqti hisob-kitobiga muvofiq 2009-yil yanvarida 6 kunlik ish haftasida ish kunlari soni 26 kunni tashkil etadi. Yanvar uchun quyidagi ish haqi hisoblandi:
| Xodimlar | Haqiqatda ishlagan kunlar | Hisoblangan ish haqi (soʻm) |
| 1-xodim | 26 | 150 000 |
| 2-xodim | 15 | 90 000 |
| 3-xodim | 26 | 90 000 |
| 4-xodim | 16 | 65 000 |
| 5-xodim | 26 | 80 000 |
| 6-xodim | 11 | 40 000 |
| 7-xodim | 15 | 50 000 |
| 8-xodim | 26 | 50 000 |
| 9-xodim | 26 | 60 000 |
| Ish haqi fondi | | 675 000 |
| YIT summasi (ish haqi fondidan 24%) | | 162 000 |
Barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarining umumiy soni:
K=26+15+26+16+26+11+15+26+26=187.
Belgilangan formulaga asosan YITning bazaviy miqdori (BRyait ) = 187/26 * 28 040 soʻm = 201 672 soʻmni tashkil etadi.
Shunday qilib, haqiqatda hisoblangan YIT summasi YITning bazaviy miqdoridan kichik boʻlganligi uchun (162 000 soʻm < 201 672 soʻm), YIT hisob-kitobining “Hisobot davrida toʻlanishi lozim” satrida 201 672 soʻm koʻrsatiladi.
Izoh: Agar soliq toʻlovchida smenali ish rejimi boʻlsa, u holda korxonada belgilangan ish kunlari: 8 soatli ish kunida 5 kunlik ish haftasi sifatida, 7 soatlik ish kunida 6 kunlik ish haftasi sifatida hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 85-modda)