OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“AYRIM XIZMATLARNI KOʻRSATAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLAR UChUN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI VA YaGONA SOLIQ TOʻLOVI BOʻYIChA SOLIQ IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1594-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 21-apreldagi 46, 2017-19-sonli “Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1594-7, 04.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 20-iyundagi 54, 2006-28-sonli “Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga (2006-yil 17-iyul, roʻyxat raqami 1594 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 281-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar,
5-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar,
2009-4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 49-modda)