OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “UChIShGA YaROQLILIK SERTIFIKATINI BERISh” AVIATSIYA QOIDALARI (OʻZR AQ-30)GA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 27-dekabrda 1225-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 9-martdagi 72-n-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2768, 11.03.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Havo kemalarining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2003-yil 5-fevraldagi 19-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Uchishga yaroqlilik sertifikatini berish” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-30)ga (2003-yil 5-mart, roʻyxat raqami 1225 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-noyabr,
311-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 536-modda)