Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturining 1.6-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy va kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining investitsion faolligi o‘sishini rag‘batlantirish va modernizatsiyalash, aholi bandligini oshirishga ko‘maklashish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish huquqi berilsin.
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”