Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
ERKIN MUOMALAGA ChIQARISh BOJXONA REJIMIGA MUVOFIQ ShARTLI ChIQARIB YuBORILAYOTGAN TOVARLARNI BOJXONA RASMIYLAShTIRUVIDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 17-noyabrda 1404-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-12-sonli “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1404-6, 18.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 9-avgustdagi 01-02/12-32-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2004-yil 9-sentabr, roʻyxat raqami 1404 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 36-son, 404-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh.Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-oktabr,
01-02/12-57-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 465-modda)