OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI RADIOELEKTRON VOSITALAR VA YUQORI ChASTOTALI QURILMALARNI OLIB OʻTISh TARTIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 526-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 4-fevraldagi 01-02/12-06-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 26-yanvardagi 211-MH-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 526-7, 04.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6 va 7-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Ilovaga* muvofiq, 1998-yil 29-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 05/20-889-son bilan va Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi tomonidan 01-8/2504-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibiga (1998-yil 9-noyabr, roʻyxat raqami 526) oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-may,
01-02/8-37-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-may,
04-8/1442-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 236-modda)