OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXIVLARI OʻQUV XONALARIDA FOYDALANUVChILARNING IShLASh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-mayda 1053-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2020-yil 18-dekabrdagi 254-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1053-3, 22.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida” hamda “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalariga (2001-yil 20-iyul, roʻyxat raqami 1053 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi 2001-y., 14-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-aprel,
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 207-modda)