OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
QARORI
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 3-mayda 913-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 10-yanvardagi 01/17-26/02-sonli “Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma hamda unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 913-6, 20.01.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 22-fevralda tasdiqlangan “Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (2000-yil 27-mart, roʻyxat raqami 913) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-aprel,
8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 164-modda)