Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2019 30.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1800
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining qarori, 30.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1800
Kuchga kirish sanasi
10.05.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XOʻJALIK TEXNIKASI VA TEXNOLOGIYALARINI SINOVDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 30-aprelda 1800-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-avgustdagi 317-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1800-1, 05.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi “Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 97-sonli hamda 2003-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 290-sonli qarorlariga asosan qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjalik texnikasi va texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3/1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori R. BOʻRIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-K-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzstandart” agentligining 2008-yil 14-apreldagi 3/1, 1-K-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjalik texnikasi va texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjalik texnikasi va texnologiyalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1998-yil 5-martdagi 97-son, “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi standartlariga muvofiq, “Oʻzagromashservis” uyushmasi huzuridagi Qishloq xoʻjalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi (bundan keyingi oʻrinlarda OʻzQTTSDM deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladigan sinov turlarini, sinovlar rejasini tuzish tartibini, ishni bajarish va isteʼmolchiga yetkazib berish jarayonida sinovdan oʻtadigan mahsulotlarning normativ-texnik hujjatlar talablarini qoniqtirish holatini nazorat qilish tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sinov mahsuloti boʻlib respublikada yoki xorijda ishlab chiqarilgan traktorlar, qishloq xoʻjalik texnikalari, uskunalar va texnologiyalar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublikaning mahalliy-tub korxonalarida ishlab chiqarishga tayyorlangan va Oʻzbekiston ichki bozoriga yetkazib berish uchun rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarining barcha nusxalari, shuningdek tegishli tashkilotlar tomonidan keltirilishi koʻzda tutiladigan va tartibga solinadigan xorijiy qishloq xoʻjalik texnikalari, ularni respublika qishloq xoʻjaligida ishlatishda ishonchliligini va samaradorligini tekshirib koʻrish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 97-sonli qarori bilan vakolat berilgan OʻzQTTSDMda majburiy tartibda davlat sinovlaridan oʻtkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sinov mahsulotini sinovdan oʻtkazish, shu jumladan uni olib kelish muddatlari hamda unga ilova qilinadigan zarur hujjatlar OʻzQTTSDM bilan “Buyurtmachi” oʻrtasida tuziladigan shartnoma shartlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sinov jarayonidan olingan natijalar bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va uning nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi hamda sinov oʻtkazish uchun shartnoma tuzgan tashkilotlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sinovdan oʻtgan barcha mahsulotlar “Buyurtmachi”ga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. OʻZQTTSDM oʻtkazadigan sinov turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. OʻzQTTSDMda oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan texnika va texnologiya sinovlari, ularni oʻtkazilish maqsadiga muvofiq quyidagilarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 97-son qaroriga binoan oʻtkaziladigan “Davlat sinovlari”:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul sinovlari — tajriba namunasi sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sinovlari, shu mahsulotni ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiqligi va (yoki) ishlatishga toʻgʻri kelish-kelmasligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy sinovlar — ishlab chiqarilayotgan mahsulotning nazorat sinovi boʻlib, normativ-texnik hujjatlar asosida belgilangan hajmlar va muddatlarda, mahsulot sifatini muntazam ravishda nazorat qilib borish va uni ishlab chiqarishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mahsulotlar sinovlari — qishloq xoʻjaligida foydalanishning ishonchliligi va samaradorligini tekshirib koʻrish maqsadida, shuningdek xususiyat va tavsiflarini baholagan holda muayyan belgilangan vazifasini bajarishga mos kelishini aniqlash uchun mahsulotni respublika sharoitida sinovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Davlat sinovlari”dan tashqari oʻtkaziladigan sinovlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatsiyalash sinovlari — mahsulotlar xususiyatlarini milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan nazorat sinovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takroriy sinovlar (hakamlik sinovlari) — ishlatish jarayonida texnikalarda tez-tez sodir boʻladigan nosozliklar sabablarini oʻrganish va bu nosozliklar sababchisi ishlatuvchi yoki ishlab chiqaruvchi korxona ekanligini aniqlash maqsadida, ishlab chiqaruvchi korxonaning oxirgi mahsulotlari toʻplamidan ajratib olingan texnika namunalarining maxsus dastur boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) OʻzQTTSDM bevosita tuzilgan shartnomalar asosida, mahsulotlarni “Buyurtmachi”ni qiziqtiradigan xususiyatlarini aniqlash maqsadida, dastlabki, malakaviy, umumlashtirilgan va boshqa sinovlarni (shu jumladan, respublika qishloq xoʻjaligi sohasiga joriy qilishga tavsiya etilgan, turli xil ekinlarni yetishtirish va parvarishlashda qoʻllaniladigan yangi texnologiyalar sinovi) oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Sinov ishlarini rejalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnika va texnologiyalar sinovining yillik rejalarini tuzish maqsadida “Oʻzagromashservis” uyushmasi joriy yilning oktyabr oyidan kechikmasdan quyidagi vazirlik va tashkilotlarga sinovdan oʻtkazish uchun taklif qilinadigan texnika va texnologiyalar roʻyxati soʻrovini joʻnatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahsulot ishlab chiqaruvchi tashkilot va korxonalarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vazirlik va tashkilotlar soʻrovni olgan kundan boshlab bir oy muddat ichida, sinash uchun oʻzlari taklif etadigan mahsulotlar, ularni taqdim etuvchi tashkilotlar roʻyxati, oʻtkazish muddatlari hamda sinov ishlarini moliyaviy taʼminlash manbalarini koʻrsatgan holda takliflarini ishlab chiqib, “Oʻzagromashservis” uyushmasiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vazirlik va tashkilotlar bilan kelishilgan, “Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi tomonidan tasdiqlangan sinovlar rejasi OʻzQTTSDMda mahsulotlar sinovini oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davriy sinovlarni oʻtkazishning ayrim shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjalik texnikalarining davriy sinovlari, ularning normativ-texnik hujjatlarida belgilangan muayyan muddatlar va dasturlar asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xorijdan keltirilishi koʻzda tutiladigan mahsulotlarning sifati barqarorligini nazorat qilish maqsadida bunday mahsulotlar davriy sinovlardan oʻtkazish uchun taqdim etilishi lozim, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davriy sinovlarini oʻtkazish, ularni respublikaga kirib kelishi boshlangandan soʻng, har 2 yilda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) olib kelinadigan va sotiladigan mahsulotlarning soni yiliga 5 donadan kam boʻlmagan taqdirda, bu mahsulotlarni sinovga taqdim etish, olib keluvchi tashkilot zimmasiga yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sinov haqini toʻlash va sinov jarayonida texnikaning eyilishi natijasida hosil boʻlgan olib keluvchi tashkilotning xarajatlari, xorijdan olib kelingan mahsulot toʻplamining barchasiga baravar taqsimlanishi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davriy sinovlarni oʻtkazish jarayonida aniqlangan, murakkabligi III-turkumga taalluqli har bir nosozlik hodisalari hamda yoʻl-transport hodisalarini yuzaga kelishiga sabab boʻladigan, mazkur texnikaga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xavfsizligiga tahlika soladigan, tabiiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatadigan nosozliklar haqida, ular aniqlangan kundan boshlab bir oy muddat ichida OʻzQTTSDM tomonidan majburiy ravishda “Oʻzagromashservis” uyushmasiga, ishlab chiqaruvchi korxonaga, “Oʻzstandart” agentligiga va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdavtexnazorat” mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasiga axborot joʻnatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bajarilgan sinov ishlariga OʻzQTTSDM va “Buyurtmachi” oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt) asosida haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. OʻzQTTSDM Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qaroriga asosan 2010-yildan toʻliq oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtishi munosabati bilan 2008-2009-yillar mobaynida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy-tub korxonalari ishlab chiqaradigan texnikalarning xarajatlari, davlat budjeti tomonidan ajratiladigan pul mablagʻlariga mos ravishda qisman “Buyurtmachi” hisobidan toʻlanadi. 2010-yildan boshlab oʻtkaziladigan qabul sinovlari “Buyurtmachi” mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” va “Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b B. ULAShOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 11-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” raisining oʻrinbosari, ijro apparati rahbari E. ZOHIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 11-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi v.v.b. X. IShMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 11-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 151-modda)