OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASI ORQALI JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN OLIB OʻTILADIGAN TOVARLARNING MAQSADINI ANIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 22-aprelda 1147-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 12-maydagi 01-02/8-33, 30, 2016-18-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kelinishi maqsadini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1147-5, 17.05.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 197, 211 va 230-moddalari, “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 7-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilovaga* muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 1-iyunda 02/8-15, 01-03/32, va 2002-53-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2002-yil 4-iyun, roʻyxat raqami 1147 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 11-12-son, 2003-yil 3-son) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-aprel,
01-02/8-19-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-aprel,
31-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-aprel,
2008-17-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 138-modda)