Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2019 16.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1792
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 16.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1792
Kuchga kirish sanasi
26.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BANK KASSALARIGA TOPShIRILAYOTGAN NAQD PUL TUShUMINING BARQAROR OʻSIShINI VA ULARNING UZLUKSIZ BERILIShINI TAʼMINLANIShI BOʻYIChA MANSABDOR ShAXSLARNING RAGʻBATLANTIRILIShI VA ULARNING MASʼULIYATINI OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-aprelda 1792-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 6-avgustdagi 325-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1792-1, 06.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bank kassalariga topshirilayotgan naqd pul tushumining barqaror oʻsishini va ularning uzluksiz berilishini taʼminlanishi boʻyicha mansabdor shaxslarning ragʻbatlantirilishi va ularning masʼuliyatini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Q. Rofiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari E. Gadoyev zimmalariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
296-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-21-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 24-martdagi 296-V, 2008-21-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kassalariga topshirilayotgan naqd pul tushumining barqaror oʻsishini va ularning uzluksiz berilishini taʼminlanishi boʻyicha mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirilishi va ularning masʼuliyatini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumining barqaror oshishi va uni aholi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarining depozit hisobvaraqlaridan uzluksiz berilishini taʼminlaganlik uchun davlat soliq xizmati, banklar va inkassatsiya xizmatining mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularning masʼuliyatini oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumining barqaror oʻsishini taʼminlaganlik uchun ragʻbatlantirish tizimi quyidagilar uchun belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish, ish va xizmatlar koʻrsatishdan tushgan naqd pul tushumini bank kassalariga topshirilishi ustidan monitoring va nazorat yuritish boʻyicha Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalarining rahbarlari hamda pul muomalasini tartibga solish boʻlinmalari rahbarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shahar va tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shahar va tuman boʻlimlari (filiallari)ning rahbarlari hamda pul muomalasi va kassa operatsiyalari boʻlimlari rahbarlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumining barqaror oshishini taʼminlaganlik uchun davlat soliq xizmati, tijorat banklari mansabdor shaxslariga mukofot pullari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153 va 180-moddalariga muvofiq, mazkur tashkilotlarning mehnatga haq toʻlash fondlari va maxsus jamgʻarmalari hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Naqd pul tushumining oʻsishi va mijozlarning naqd pulga boʻlgan talablarini qondirish borasida mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularga nisbatan choralar koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hisobot oyi yakuni boʻyicha tegishli hududlardagi tijorat banklari kassalariga inkassatsiya xizmati orqali topshirilgan naqd pul tushumining oʻtgan oydagiga nisbatan kamida 5 foiz miqdorda oʻsishini taʼminlaganlik uchun ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar mansab maoshining 20 foizigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan Davlat soliq qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shahar va tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari tegishli hududda tijorat banklari kassalariga inkassatsiya xizmati orqali savdo va pullik xizmat koʻrsatish sohasidan topshirilgan naqd pul tushumlari oʻtgan oydagiga nisbatan kamida 5 foiz miqdorda oʻsishi taʼminlanganida mukofotlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan tijorat banklarining rahbarlari — mazkur banklarning tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shahar va tumanlardagi boʻlimlari (filiallari) kassalariga savdo va pullik xizmat koʻrsatish sohalaridan hamda aholi qoʻlidagi boʻsh pul mablagʻlarini muddatli omonatlarga jalb qilish hisobiga tushayotgan naqd pul tushumi hajmi oshirilganda, kassa operatsiyalarining kirim va chiqim qismi nisbati oʻtgan oy koʻrsatkichiga nisbatan kam boʻlmaganida hamda aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning hisobvaraqlaridagi mavjud mablagʻlari doirasida qonun hujjatlariga muvofiq berilishi lozim boʻlgan naqd pul toʻlovlari, ayniqsa birinchi navbatda toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgan taqdirda mukofotlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mukofotlash mukofotlanayotgan shaxsning umumiy ishga qoʻshgan shaxsiy hissasiga qarab yuqori tashkilotning buyrugʻi (qarori) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi va tijorat banklarining oʻz jamoa shartnomalariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga va boshqa lokal hujjatlariga binoan bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumining barqaror ortib borishini taʼminlaganligi uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari, davlat soliq xizmati, tijorat banklarining tegishli mansabdor shaxslariga nisbatan mehnat qonunchiligi doirasida ragʻbatlantirishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Joylarda inkassatsiya xizmati orqali bank kassalariga topshirilgan naqd pul tushumlarining miqdori oʻtgan oydagiga nisbatan kamaygan hollarda ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo choralari, jumladan hayfsan yoki oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning hisobvaraqlaridagi mavjud mablagʻlari doirasida amaldagi qonunchilikka muvofiq berilishi lozim boʻlgan naqd pul toʻlovlari, ularning talabi boʻyicha uzluksiz berilishini taʼminlanmaganliklari uchun ularning rahbar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli qaroriga asosan choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazolarni qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasiga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning masʼuliyatini oshirish ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizom talablarining bajarilishini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumlarining barqaror koʻpayib borishini ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisida tegishli hududiy (Bosh) boshqarmalaridan olingan maʼlumotlar asosida tijorat banklari, soliq va inkassatsiya xizmatining shahar va tuman boʻlimlari boʻyicha umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumlarining barqaror oʻsib borishini taʼminlaganlik uchun mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish hamda naqd pul mablagʻlarining uzluksiz berilishini taʼminlash yuzasidan ularning masʼuliyatini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari boʻyicha har oyda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasiga tegishli materiallar va takliflarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 20-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 20-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 122-modda)