OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
MAJBURIY SERTIFIKATLAShTIRILIShI LOZIM BOʻLGAN TOVARLAR (MAHSULOTLAR)NI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRISh VA UNING HUDUDIDAN OLIB ChIQISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 7-yanvarda 901-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-iyundagi P-3,01-02/16-45-sonli “Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan tovarlar (mahsulotlar)ni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 901-5, 01.07.2016-y.) asosan 2016-yil 5-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori normalari toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishining taʼminlanishi, shuningdek “Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatining bir xil qoʻllanilishi maqsadida Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan tovarlar (mahsulotlar)ni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2000-yil 26-fevral, roʻyxat raqami 901 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil 5-son) mazkur qaror ilovasiga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
10-p-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
01-02/16-40-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 4-modda)