Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2016 01.08.2006 yildagi 344-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur farmoyish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-martdagi 205-F-sonli farmoyishiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan yaratilgan qoʻshilgan qiymatni umumiy qabul qilingan xalqaro yondashuvlar va standartlarga muvofiq toʻliq hisobga olish, respublikada qoʻllanilayotgan yalpi ichki mahsulotni hisoblash metodologiyasini va uni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish, shuningdek mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy qayta oʻzgarishlar bilan bogʻliq jarayonlarni hisobot va prognoz makroiqtisodiy parametrlarda xolisona va har tomonlama aks ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan milliy hisoblari tizimining umumiy qabul qilingan xalqaro metodologiyasiga asoslangan Yalpi ichki mahsulotni hisoblash boʻyicha metodik qoʻllanma ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yalpi ichki mahsulotni hisoblashda maʼqullangan Metodik qoʻllanmaga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Metodik qoʻllanmani amaliyotda qoʻllashni tanqidiy baholash asosida Vazirlar Mahkamasiga uni yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirliklar va idoralar yalpi ichki mahsulotni hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan soʻraladigan axborot oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
344-f-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 344-f-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metodik qoʻllanma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoʻllanma Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-dekabrdagi 547-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan va asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich — yalpi ichki mahsulotni shakllantirishning asosiy prinsiplari va metodlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Jahon banki, Yevropa ittifoqi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda qabul qilingan Milliy hisoblari tizimining metodologik standarti (MHT 93) qoʻllanmaning konseptual asosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllanmada yalpi ichki mahsulotni yillik (batafsil hisob-kitob) va choraklik rejimda (tezkor baholash) hisoblash nazarda tutiladi. Ushbu rejimlar yalpi ichki mahsulotning barcha agregatlarini hisoblash uchun asos qilib olingan axborotni olishning real imkoniyatlariga asoslangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulot — iqtisodiyot rivojlanishining yigʻma umumlashtiruvchi koʻrsatkichi boʻlib, oʻzida muayyan davrda ishlab chiqarish faoliyatining pirovard natijasini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulotni baholash fizik hajm indeksini (oʻsish surʼati) va yalpi ichki mahsulot deflyatori indeksini hisoblash uchun joriy narxlarda (nominal yalpi ichki mahsulot) va qiyosiy narxlarda (real yalpi ichki mahsulot) amalga oshiriladi. Qiyoslash uchun baza sifatida iqtisodiyotdagi faol tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olish maqsadida oʻtgan yilning tegishli davridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metodik qoʻllanma yalpi ichki mahsulotni iqtisodiyot tarmoqlari qoʻshilgan qiymatlari yigʻindisi sifatida ishlab chiqarish usuli bilan baholashni nazarda tutadi. Ushbu usul milliy hisoblari tizimining asosini tashkil etadigan yalpi ichki mahsulotni baholashning mavjud uchta usullaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulot siklli koʻrib chiqish prinsipi asosida shakllantiriladi: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan bazaviy axborot massivlarini olish tartibi va muddatlariga muvofiq bosqichma-bosqich aniqlashtiriladi. Boshlangʻich bosqich hisob-kitobi joriy hisobot maʼlumotlariga va dastlabki baholashga tayanadi. Tegishli natijalar yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmini va uning koʻrsatkichlari oʻzgarishi tendensiyasini tezkor baholashga moʻljallangan, keyinchalik hisob-kitoblar kengroq axborot bazasini olish asosida aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turlicha davriylikda (yillik va choraklik) berilgan baholashni balansli birga qoʻshib olib borish yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichini hisoblashning boshqa bir prinsipi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik baholash yalpi ichki mahsulotning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Yillik baholashda iqtisodiyotning turli tarmoqlari boʻyicha ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining, mahsulotlar va xizmatlardan isteʼmol va jamgʻarish uchun foydalanishning, shuningdek daromad shakllanishi jarayonlarining muvofiqlashuviga erishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulotni choraklik baholash joriy iqtisodiy dinamikani tavsiflash uchun ishlab chiqiladi va ichki koʻrsatkich hisoblanadi, uning koʻlami batafsilroq axborot asosida yillik baholash davomida aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichlari hisob-kitobi tarmoqlar boʻyicha yuritiladi (ilova), ular soʻngra tovar ishlab chiqaradigan tarmoqlar va xizmat koʻrsatadigan (bozor tarmoqlari va bozorga xos boʻlmagan) tarmoqlar boʻyicha guruhlarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar ishlab chiqaradigan tarmoqlarga quyidagilar tegishlidir: sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor xizmatlari koʻrsatadigan tarmoqlarga quyidagilar tegishlidir: transport va aloqa tarmogʻi, savdo (ichki va tashqi), tayyorlov, axborot-hisoblash xizmati koʻrsatish, koʻchmas mulk bilan operatsiyalar, bozorning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha umumiy tijorat faoliyati, geologiya va yer osti boyliklarini razvedka qilish, uy-joy kommunal xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari, moliyaviy faoliyat va sugʻurta, fan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat va sanʼat, boshqaruvning bozorga oid qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorga xos boʻlmagan xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarga quyidagilar tegishlidir: davlat budjetidan moliyalashtiriladigan xizmatlar (fan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat va sanʼat, boshqaruv tarmoqlarining bozorga oid boʻlmagan qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar ishlab chiqaradigan va bozor bilan bogʻliq xizmat koʻrsatadigan tarmoqlarda yalpi ishlab chiqarish ishlab chiqarilgan mahsulot va koʻrsatilgan xizmatlarning yigʻma qiymati sifatida aniqlanadi. Bozorga xos boʻlmagan xizmat koʻrsatadigan tarmoqlarda yalpi ishlab chiqarish ushbu tarmoqlarning joriy xarajatlari yigʻma qiymati bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot ishlab chiqarilgan davrda bozor narxlaridan foydalanish tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni baholashning asosiy prinsipi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda ishlab chiqarish hajmlarini hisoblash xususiyatlarini inobatga olgan holda barcha tarmoqlarning bozor uchun ishlab chiqarishi asosiy narxlarda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy narx — ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar yoki xizmatlar birligi uchun olinadigan narx, bunda mahsulotga toʻlanishi kerak boʻlgan barcha soliqlar ayrib tashlanadi va mahsulot uchun berilgan subsidiya qoʻshiladi (importga subsidiya bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotga solinadigan soliqlar — odatda, tovar yoki xizmatning bir birligi uchun, yaʼni rezidentlar tomonidan ishlab chiqariladigan, sotiladigan yoki import qilinadigan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki qiymatiga mutanosib ravishda undiriladigan soliqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotga solinadigan soliqlarga quyidagi eng koʻp tarqalgan soliqlar tegishlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshilgan qiymat soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi tipidagi soliqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksizlar: tovarlarning ayrim turlari yoki guruhlariga (alkogolli ichimliklar, tamaki, yoqilgʻi va boshqalar) solinadigan soliqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport-import operatsiyalariga soliqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotga subsidiyalar — bu rezidentlar tomonidan ishlab chiqariladigan, sotiladigan yoki import qilinadigan tovarlar va xizmatlar sifati yoki qiymatiga odatda proporsional toʻlanadigan subsidiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor xizmatlari koʻrsatish qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda xizmatlarni sotishdan olinadigan tushum miqdori bilan oʻlchanadi (asosiy narxlarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining pirovard isteʼmoliga moʻljallangan tovarlar va xizmatlarni baholash uchun xuddi shunday bozor tovarlari va xizmatlar asosiy narxlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq isteʼmol uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ularni isteʼmol qilish paytida mavjud boʻlgan xaridorning narxlari boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridorning narxi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar yoki xizmatlarning asosiy narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-transport ustamasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotga solinadigan soliqlar, qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari, tovarni ishlab chiqarishda va isteʼmolchiga yetkazishda hamda xizmatlar koʻrsatishda toʻlanishi kerak boʻlgan importga soliqlar ham shu jumlaga kiradi (mahsulotga subsidiyalar, shu jumladan importga subsidiyalar chiqarib tashlangan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor tomonidan toʻlanadigan va chiqarib tashlanmaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi (u mavjud boʻlgan taqdirda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday qilib, tovarlarni yalpi ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish hajmidan oraliq isteʼmolni ayirib tashlashdan hosil boʻladigan bozor narxlaridagi yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichi quyidagi sxema boʻyicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor narxlarida yalpi ichki mahsulot asosiy narxlarda yalpi qoʻshilgan qiymat + mahsulotga va eksport-import operatsiyalariga sof soliqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish, oraliq isteʼmol va sanoatning qoʻshilgan qiymati koʻrsatkichlari iqtisodiyot tarmoqlarining amaldagi klassifikatoriga muvofiq uning asosiy qism tarmoqlari boʻyicha hisoblanadi. Qisqa muddatli davrda sanoat rivojlanishi tahlilini amalga oshirish maqsadida “Sanoat tarmoqlari boʻyicha mahsulot hajmi” statistik hisobot shakli boʻyicha barcha asosiy tarmoqlar ajratib koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetga sanoat mahsuloti ishlab chiqarmaydigan tajriba zavodlari (“Fan va ilmiy xizmat koʻrsatish”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari faoliyati (vazirliklar, qoʻmitalar va idoralar, shuningdek moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, ularning bosh boshqarmalari — “Boshqaruv”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalari tarkibidagi nosanoat funksiyalarini bajaradigan boʻlinmalar (uy-joy xoʻjaligi, poliklinikalar, madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tashkilotlari va hokazolar). Bunday boʻlinmalar tegishli tarmoqlar tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi (mustaqil balansda boʻlmagan) sanoat korxonalari va qurilish, qishloq xoʻjaligi, savdo tashkilotlari va boshqa tashkilotlardagi ishlab chiqarishlar, shuningdek sanoat faoliyati qismi boʻyicha kombinatsiyalashgan korxonalar (masalan, uysozlik kombinatlari) sanoatning tegishli tarmoqlari tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ular mansub boʻlgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan bevosita boshqariladigan xoʻjalik boshqaruvi tashkilotlari, sanoat birlashmalari, trestlar, kombinatlar va taʼminot xarajatlari ularni boshqaradigan korxonalar va tashkilotlar xarajatiga kiradigan boshqa korxonalar va tashkilotlar sanoat tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat tarmogʻi ishlab chiqarishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik sanoat korxonalari, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat faoliyati bilan shugʻullanadigan kichik sanoat korxonalari va mikrofirmalar, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nosanoat tashkilotlari qoshidagi yordamchi sanoat korxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy xoʻjaliklarida (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mebel, asbob-uskunalar, kiyim-bosh, poyabzal, maishiy texnikani taʼmirlash boʻyicha yakka tartibdagi faoliyat, kosiblik, badiiy hunarmandchilik va hokazolar) ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti qiymati sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning sanoat ishlab chiqarishiga quyidagilar tegishli boʻladi: tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona tomonidan bajarilgan sanoat xususiyatiga ega boʻlgan ishlar (sanoat buyumlari, asbob-uskunalar, mebel, kiyim-bosh, poyabzal va hokazolarni taʼmirlash, chetga buyurtmalar boʻyicha, oʻzining kapital qurilishi hamda oʻzining binolari va inshootlarini, yordamchi korxonalarini kapital taʼmirlash uchun bajarilgan alohida operatsiyalar, oʻz asbob-uskunalari va transport vositalarini kapital taʼmirlash ishlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy xoʻjaliklarining sanoat ishlab chiqarishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: sotish va oʻz isteʼmoli uchun non, un, vino, oʻsimlik moyi, qurilish materiallari va hokazolar ishlab chiqarish, kosib-hunarmandchilik buyumlari va badiiy buyumlar, kiyim-bosh, poyabzal ishlab chiqarish, taʼmirlash va sotishga moʻljallangan boshqa shunga oʻxshash xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi narxlarda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish mazkur hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatning yalpi qoʻshilgan qiymatini hisoblash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilikning barcha shakllari va boshqaruvning barcha tashkiliy-huquqiy shakllaridagi yirik sanoat korxonalari uchun — “Korxona xarajatlari toʻgʻrisida hisobot” davlat statistika hisoboti boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun — “Mikrofirmalar va kichik korxonalar hisoboti” davlat statistika hisoboti maʼlumotlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nosanoat tarmoqlarining yordamchi sanoat korxonalari uchun — maxsus tanlab olingan tekshirish natijalariga koʻra keyinchalik ekspert tuzatishi kiritishni hisobga olgan holda kichik korxonalarda shakllangan yalpi ishlab chiqarishda oraliq isteʼmol ulushi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy xoʻjaliklari (aholi) uchun — oziq-ovqat va nooziq ovqat tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish, har chorakda davlat statistika organlari, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan yakka tartibdagi mehnat faoliyatidan olinadigan daromadga solinadigan soliqlar toʻgʻrisida, uy xoʻjaliklarining sanoat faoliyatini maxsus tanlov kuzatuvlari boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyatidan olinadigan daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisida uy xoʻjaliklarini budjetga doir kuzatuv maʼlumotlari boʻyicha oraliq isteʼmol hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat ishlab chiqarishi dinamikasini va uning oʻsish surʼatlarini aniqlash uchun 200 nomdan ortiqni oʻz ichiga oladigan tovarlar toʻplamini tanlab olingan doira boʻyicha sanoatning qism tarmoqlari boʻyicha mahsulotning fizik hajmi indeksi hisob-kitobi amalga oshiriladi, keyinchalik umumsanoat indeksiga ega boʻlish uchun alohida tovarlar boʻyicha olingan toʻgʻri indekslarni qism tarmoqlari va yiriklashtirilgan tarmoqlar boʻyicha (ikki marta tortish) qoʻshilgan qiymat tuzilmasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻirlik sifatida aniqlashtirilgan yillik maʼlumotlar mavjud boʻlgan oxirgi yil qoʻshilgan qiymati tuzilmasidan, shuningdek qiyosiy narxlar sifatida ayni shu yil narxlaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi davrga taqqoslaganda hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishidagi tarkibiy siljishlarni hisobga olish maqsadida fizik hajm indekslari yillik hisob-kitobini amalga oshirishda ogʻirlik sifatida keyinchalik ikki indeksdan oʻrtacha geometrik indeks hisoblab chiqilgan holda ikki taqqoslanadigan davr tuzilmasidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon qilingan sxema boʻyicha fizik hajm indeksi hisoblash natura ifodasida mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha axborotni tezkor baholash bosqichida axborot mavjudligi munosabati bilan yirik korxonalar doirasi boʻyicha tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning toʻliq doirasi, shu jumladan uy xoʻjaliklaridagi sanoat ishlab chiqarishi boʻyicha qoʻshilgan qiymatning fizik hajmi indeksini aniqlash maqsadida alohida tovarlarga narxlar indekslaridan yoki yirik korxonalar boʻyicha tarmoqlarda shakllangan bilvosita deflyatorlardan foydalaniladi. Soʻngra, umumsanoat indeksiga ega boʻlish uchun yirik korxonalar boʻyicha fizik hajm indeksiga kichik korxonalar va mikrofirmalar, yordamchi sanoat va uy xoʻjaliklarida ishlab chiqarish boʻyicha fizik hajmning bazaviy davrning ushbu toifalari qoʻshilgan qiymatini tortib koʻrish yoʻli bilan hisoblab chiqilgan indekslariga tuzatish kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik hisob-kitoblarda ushbu usul batafsil axborot paydo boʻlishi bilan aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi
(baliqchilik va oʻrmon xoʻjaligi ham shu jumlaga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xoʻjaligi” tarmogʻi — dehqonchilik, chorvachilik va qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi. Oʻrmon dov-daraxtlari yetishtirish (oʻrmonchilik, baliq tutish va ovlash natijasida qoʻlga kiritilgan xom mahsulotlar, yovvoyi oʻsadigan mevalar, rezavor mevalar va tabiatning boshqa tayyor mahsulotlarini yigʻish, shuningdek soʻyilgan mol mahsulotlari (goʻsht, teri) va qishloq xoʻjaligi xomashyo mahsulotlarini qayta ishlash (un, oʻsimlik va mol yogʻi va boshqalar) qishloq xoʻjaligi tarmogʻiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dehqonchilik mahsulotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar yil hosilidan olingan xomashyo mahsulotlar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp yillik dov-daraxtlar nihollarini yetishtirish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqonchilik mahsulotlarining tugallanmagan ishlab chiqarishi qiymatining oʻzgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) chorvachilik mahsulotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini boqish va xoʻjalik maqsadida foydalanish natijasida olingan xomashyo mahsulotlar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol, parranda va boshqa qishloq xoʻjaligi hayvonlarini boqish qiymati (yangi tugʻilgan mol va qoʻshilgan ogʻirlik qiymati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qishloq xoʻjaligiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari va bozorga xos boʻlmagan xizmatlar qiymati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erni yaxshilash, tuproqni kimyolashtirish va boshqa agronomiya ishlari, oʻsimliklarni kasalliklar va qishloq xoʻjaligi zararkunandalaridan himoya qilish boʻyicha xizmatlar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga zootexnika va veterinariya xizmati koʻrsatish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan foydalanish boʻyicha suv xoʻjaligi korxonalari (tashkilotlari) xizmatlari qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ular boʻyicha xarajatlar toʻliq yoki koʻp qismi ularni sotishdan olingan tushum hisobiga qoplanadigan xizmatlar (ishlar) qiymati bozor xizmatlariga tegishli boʻladi. Ushbu xizmatlar qishloq xoʻjaligi korxonalariga chet korxonalar va tashkilotlar tomonidan toʻlov evaziga koʻrsatiladi va ularning qiymati qishloq xoʻjaligi korxonalarining moddiy xarajatlariga kiritiladi. Xarajatlar toʻliq yoki asosan budjet mablagʻlari hisobiga qoplanadigan xizmatlar bozorga xos boʻlmagan xizmatlarga tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishni baholash yalpi aylanma usuli asosida amalga oshiriladi, yaʼni mazkur korxona tomonidan yetishtirilgan barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan hisobot davrida korxona tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymati ham kiritiladi. Masalan, korxona tomonidan yetishtirilgan va u tomonidan urugʻlik uchun yoki mol boqish uchun foydalanilgan don, inkubatsiya uchun tuxum, buzoqlarni emizish uchun sut va hokazo. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayerda ishlab chiqarilganligidan qatʼi nazar, ixtisoslashtirilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarida, fermer va dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan boʻlmasin, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining barcha turlarini oʻz ichiga oladi. Elektr energiyasi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash, qurilish singari qishloq xoʻjaligi korxonalarining yordamchi ishlab chiqarishlari ishlab chiqarishi tarkibiga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi faoliyatining koʻplab turlari hisobot davri davomiyligidan ortiq boʻlgan uzoq muddatli ishlab chiqarish davriga ega boʻladi (qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish, koʻp yillik dov-daraxtlar ekish, chorva mollari boqish, baliqlarni koʻpaytirish). Ushbu hollarda yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari, koʻp yillik dov-daraxtlar, chorva mollari va baliq ular tayyor mahsulot toifasiga oʻtgungacha, yaʼni bozorda sotish uchun yaroqli koʻrinish olgungacha tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsulotini joriy narxlarda baholash qishloq xoʻjaligi korxonalari, aholi xoʻjaliklari va fermer xoʻjaliklarida natura shaklida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish toʻgʻrisida qishloq xoʻjaligi statistikasi maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari balansi, mahsulot ishlab chiqarish va oraliq isteʼmolni aniqlash uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilikda yalpi ishlab chiqarish va qoʻshilgan qiymatni aniqlashda xoʻjaliklarning barcha toifalaridagi (qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari) mollar bosh sonini hisobga olish maʼlumotlaridan hamda uy xoʻjaliklarida chorva mollari mavjudligi (turlar boʻyicha) maxsus kuzatuv natijalaridan, Xoʻjalik boʻyicha hisobga olish daftari maʼlumotlaridan va boshqa bilvosita hisob-kitoblardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligining yalpi qoʻshilgan qiymatini hisoblash uchun xoʻjaliklarning barcha toifalari — qishloq xoʻjaligi korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari, aholi va qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatadigan korxonalar boʻyicha alohida-alohida oraliq isteʼmol hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq isteʼmol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalarida — “Qishloq xoʻjaligi korxonasi hisoboti”, “Chorvachilikning holati toʻgʻrisidagi hisobot” davlat statistika hisobotlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklarida — “Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot” davlat statistika hisoboti maʼlumotlari, shuningdek oziq-ovqat resurslari balansi maʼlumotlari, chorva mollari va parrandaga yem sarfi hisob-kitoblari, maxsus tanlov kuzatuvlari maʼlumotlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaliklarida — “Dehqon xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot” statistika hisoboti maʼlumotlari, shuningdek oziq-ovqat resurslari balansi maʼlumotlari, chorva mollari va parrandaga yem sarfi hisob-kitoblari, maxsus tanlov kuzatuvlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choraklik baholashda oraliq isteʼmolga maxsus tanlov kuzatuvlari natijalari asosida mavsumiylik omili hisobga olingan holda tuzatish kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatadigan tashkilotlarning yalpi ishlab chiqarishi oʻzida asosan davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan bozorga xos boʻlmagan xizmatlarni ifodalaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumotlari boʻyicha ular taʼminotiga joriy xarajatlar miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqda qishloq xoʻjaligining yalpi mahsulotidan mahsulotlar va xizmatlarning yalpi ishlab chiqarishiga oʻtish choraklik baholarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar xizmatlari qiymatining yillik hisob-kitoblarida shakllangan qishloq xoʻjaligining yalpi mahsulotiga nisbati koʻrinishida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining oʻsish surʼatlarini aniqlash uchun xoʻjaliklarning barcha toifalari boʻyicha oʻtgan yilning tegishli davridagi narxlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish koʻrsatkichlarini natura ifodasida toʻgʻridan toʻgʻri baholash yoʻli bilan uni oʻtgan yilning tegishli davridagi qiyosiy narxlarda qayta baholash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatilishi mehnat statistikasi maʼlumotlari boʻyicha ushbu tarmoqlarda band boʻlganlar soni oʻzgarishi indeksi boʻyicha qiyosiy narxlarda qayta hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻrmon xoʻjaligi” tarmogʻi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: oʻrmonchilik, yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni yigʻish, ovchilik va oʻrmon xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligining bozor ishlab chiqarishi tovar koʻrinishidagi mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari oʻzgarishi summasi sifatida aniqlanadi. Tovar mahsulot qiymati oʻrmon dov-daraxtlari ekish va oʻstirish, oʻrmonlarni parvarish qilish, oʻrmonlarning tabiiy tiklanishiga koʻmaklashadigan shartnomalar boʻyicha bajarilgan boshqa ishlar qiymati, shuningdek chetga sotiladigan urugʻlik, koʻchat va boshqa mahsulotlar qiymati miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining oʻrmondan foydalanishi va ovchilik mahsulotlarini tayyorlashi uy xoʻjaliklari tomonidan va oʻz isteʼmoli uchun tayyorlangan oʻtin, yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar, meva va rezavor mevalar qiymatini oʻz ichiga oladi. Ushbu faoliyat boʻyicha ishlab chiqarish tayyorlov tashkilotlari tomonidan mahsulotni sotish va bozordagi narxlar boʻyicha baholanadi. Ishlab chiqarishni hisoblash uy-xoʻjaliklari budjetlarini kuzatuv maʼlumotlari, tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanadigan mazkur korxonalar maʼlumotlari asosida bajariladi. Ushbu faoliyat boʻyicha oraliq isteʼmol aniqlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon tarmogʻining yirik kichik korxonalari uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti mahsulot ishlab chiqarishni va oraliq isteʼmolni aniqlash uchun axborotning asosiy manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi oʻsish surʼatlarini baholash uchun dov-daraxtlar maydoni indeks boʻyicha qiyosiy narxlarda qayta hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy statistika axboroti mavjud emasligi munosabati bilan va yalpi ichki mahsulotda ushbu tarmoqning salmogʻi uncha katta emasligini hisobga olgan holda tezkor choraklik baholarda hisob-kitob oʻrmon xoʻjaligida band boʻlganlar soni indeksi va oʻrmon xoʻjaligida band boʻlganlarning ish haqi oʻzgarishi indeksi boʻyicha bazaviy davrdan boshlab yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baliqchilik xoʻjaligi” tarmogʻi baliqchilik, baliq ovlash (baliq ovi, kemalarda uni qayta ishlash) va baliqchilik xoʻjaligiga xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq baliqchilik sanoati korxonalari (konserva ishlab chiqarishsiz), baliq ovlash xoʻjaliklari (hovuz baliqchiligi va baliq ovlash qismi boʻyicha), shuningdek aholi tomonidan sotish va oʻz isteʼmoli uchun baliq tayyorlash faoliyatini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari va nodavlat korxonalar boʻyicha baliq ovlash boʻyicha ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol baliqchilik xoʻjaligining yirik, kichik korxonalari uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi tomonidan baliq tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarish bozorda sotish narxlari boʻyicha uy xoʻjaliklari budjetini kuzatuv maʼlumotlari boʻyicha baholanadi. Ushbu faoliyat boʻyicha oraliq isteʼmol aniqlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baliq ovlash ishlab chiqarishi qiyosiy narxlarda quyidagi usul bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalari va nodavlat korxonalar boʻyicha oʻtgan yil joriy narxlarda ishlab chiqarish baliq ovlash fizik hajmining indeksi yordamida interpolatsiya yoʻli bilan,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy xoʻjaliklari boʻyicha baliq ovlash mahsulotlariga narxlar indekslari yordamida hisobot yilida joriy narxlarda ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni deflatsiya qilish yoʻli bilan qayta baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qurilish” tarmogʻi pudrat va xoʻjalik usuli bilan qurilish, montaj ishlari va boshqa ishlarni amalga oshiradigan umumqurilish va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatini, binolar va inshootlarni kapital taʼmirlaydigan, aholi buyurtmasi boʻyicha uy-joy (kvartiralar)ni taʼmirlaydigan va quradigan tashkilotlarni; foydalanish uchun burgʻilaydigan tashkilotlarni; loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlarini; qurilishning xoʻjalik boshqaruvini; nokorporativ birliklarning qurilish faoliyatini (buyurtmalar boʻyicha turar joy, chorbogʻlar, yordamchi xoʻjalik imoratlari qurish va taʼmirlash, yakka tartibdagi qurilish bilan shugʻullanadigan va oʻz kuchi bilan uy-joy, chorbogʻlar, yordamchi xoʻjalik imoratlarini mukammal taʼmirlaydigan xususiy shaxslar) qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishning xususiyati ishlab chiqarish uzoq davr davom etadigan tarmoq ekanligidan iboratdir, shu munosabat bilan ishlab chiqarish va oraliq xarajatlarning mutanosibligini taʼminlash hamda real qoʻshilgan qiymat miqdoriga ega boʻlish uchun ishlab chiqarish tugallanishi bilan emas, balki bajarilishi davomida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish ishlab chiqarishi oʻzida pudrat yoki xoʻjalik usuli bilan bajariladigan binolar va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari qiymatini, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish ishlari qiymatini ifodalaydi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilish-montaj ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muayyan qurilish obyektlariga tegishli boʻlgan geologiya-razvedka va burgʻilash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muayyan qurilish obyektlariga tegishli boʻlgan loyiha-qidiruv ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yerni yaxshilash ishlari, irrigatsiya va melioratsiya ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) binolar va inshootlarni kapital taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) pudrat usulida bajariladigan binolar va inshootlarni joriy taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yakka tartibdagi uy-joylar va xoʻjalik usuli bilan qurilgan imoratlar qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrnatilgan asbob-uskunalar qiymati, koʻp yillik dov-daraxtlar ekish va chuqur razvedka burgʻulashi xarajatlari qurilish ishlab chiqarishiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi yirik, kichik qurilish korxonalari va mikrofirmalar, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining yakka tartibda uy-joy qurishi toifasi va xususiy qurilish uchun oraliq isteʼmol maxsus tanlov kuzatuvlari natijalari asosida ekspert tuzatishi kiritilgan holda kichik korxonalar boʻyicha shakllangan yalpi ishlab chiqarishda uning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulotning tezkor choraklik hisob-kitobida tarmoqning yalpi ishlab chiqarishi qurilish-montaj ishlarida investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida joriy narxlarda aniqlanadi, keyinchalik shu jumladan yakka tartibdagi qurilish hamda binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashni oʻz ichiga oladigan yillik ishlanmalarda hisoblanadigan qurilish mahsuloti toʻliq hajmigacha hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot bilan qamrab olinadigan tashkilotlar doirasi va qayta hisoblash koeffitsiyentlari har chorakda aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibda uy-joy qurish hajmi yakka tartibdagi uy-joyning bozor qiymatiga tuzatish kiritilishi hisobga olingan holda oʻzgartirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq yalpi ishlab chiqarishini qiyosiy narxlarda qayta baholash qurilish-montaj ishlarining texnologik tuzilmasi hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan qurilish narxlari indeksi boʻyicha joriy narxlarda yalpi ishlab chiqarishni deflatsiya qilish bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Transport” tarmogʻi mulkchilikning barcha shakllari va tashkiliy-huquqiy shakllaridagi mustaqil transport korxonalari, boshqa tarmoqlarga tegishli deb topilgan korxonalarning yordamchi boʻlinmalari, yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish yuzasidan uy-xoʻjaliklari tomonidan bajariladigan yuk va yoʻlovchilar tashish bilan bogʻliq faoliyatning barcha turlarini qamrab oladi. Shosse xoʻjaligi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash boʻyicha faoliyatni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tarmogʻining yalpi ishlab chiqarishi transportning barcha turlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl transportida, shu jumladan tramvay va metropolitenda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shosseli transportda, shu jumladan trolleybus transportida hamda avtomobil va shosse xoʻjaligida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvur transportida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv transportida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aviatsiya transportida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportning boshqa turlarida yuk (yuk transporti) va yoʻlovchilar (yoʻlovchilar transporti) tashishdan olingan daromadlarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmolni hisoblash yuk va yoʻlovchilar tashish, neft va gazni haydash, pochtani transportda tashish, yuklash-tushirish ishlari, ombor binolaridan foydalanishdan olingan amaldagi daromadlar boʻyicha statistika maʼlumotlaridan foydalanib transport turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi yirik, kichik transport korxonalari va mikrofirmalar, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning va litsenziyaga ega boʻlgan holda va ruxsat beruvchi hujjatlarsiz yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan uy xoʻjaliklari ishlari (ishlab chiqarishi) hajmi tadbirkorlar (jismoniy shaxslar) — transport egalarining ishini tanlov kuzatuvlariga asoslangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotning asosiy manbalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil va daryo transporti agentligining jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati organlarining avtotransport vositalari yakka tartibdagi egalarining umumiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus tanlov kuzatuvlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq isteʼmol maxsus tanlov kuzatuvlari natijalari asosida ekspert tuzatish kiritgan holda kichik korxonalar boʻyicha shakllangan yalpi ishlab chiqarishda uning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choraklik hisob-kitoblarda transportda daromadlar toʻgʻrisidagi axborot mavjud emasligi munosabati bilan hisob-kitob yuk aylanishi va yoʻlovchilar aylanishi fizik hajmi indeksi va transportning barcha turlari boʻyicha narxlar indeksi orqali bazaviy davrdan boshlab bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bazaviy davrning yalpi ishlab chiqarishini aniqlash uchun — transportning har xil turi boʻyicha (yuk va yoʻlovchilar transporti boʻyicha alohida) yillik yalpi ishlab chiqarish ularning daromadlari tuzilmasiga muvofiq choraklar boʻyicha taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aloqa” tarmogʻi pochta, elektron, telefon va radio aloqasini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqning ishlab chiqarishi pochta, davriy matbuot, joʻnatmalar yetkazib berilishidan, pochta markalari va otkritkalar va boshqalar sotilishidan; telefon va telegraf kanallaridan foydalanganlik, telefonlar oʻrnatilganligi uchun toʻlovlardan; radio va televideniye tushumlaridan va boshqalardan korxonalar olgan daromadlar, shuningdek xususiy shaxslar tomonidan aloqa xizmatlari koʻrsatishdan olingan daromadlar jami sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi yirik, kichik aloqa korxonalari va mikrofirmalar, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiyosiy narxlarda yalpi ishlab chiqarishni qayta baholash narxlar statistikasida hisoblab chiqilgan aloqa xizmatlariga tariflar indeksi orqali deflatsiya qilish bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Savdo” tarmogʻi ichki va tashqi savdoni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki savdo quyidagilarni oʻz ichiga oladi: ulgurji savdo, chakana savdo (shu jumladan sabzavot saqlanadigan joylar), umumiy ovqatlanish; chakana va ulgurji savdo hamda umumiy ovqatlanishning xoʻjalik boshqaruvi; madaniy-maishiy maqsaddagi va xoʻjalikda ishlatiladigan buyumlarni ijaraga berish; xalq isteʼmol tovarlarining oldi-sotdisida va madaniy-maishiy maqsaddagi va xoʻjalikda ishlatiladigan buyumlarni yollashga (prokatga) berishda birjalar, brokerlik, maklerlik, dilerlik idoralari, agentliklar, savdo uylari, tijorat markazlarining vositachilik xizmatlari. U davlat korxonalari va nodavlat korxonalarning, shuningdek patentga ega boʻlgan va patentga ega boʻlmagan savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy shaxslarning faoliyatini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana va ulgurji savdo ishlab chiqarishi asosiy narxlarda savdo ustamasi miqdori (sotilgan ustiga qoʻyilgan toʻlov) bilan oʻlchanadi. Savdo ustamasi oʻzida qoʻshilgan qiymat soligʻi va mahsulotlarga boshqa soliqlar plyus mahsulotga subsidiyalar chiqarib tashlangan holda sotish va xarid narxlarida sotilgan tovarlarning qiymati oʻrtasidagi farqni ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo ustamasi oʻzida savdo qiluvchi tashkilotlarning yalpi daromadini ifodalaydi, undan muomala xarajatlarini qoplash va foyda olish uchun foydalaniladi. Asosiy narxlarda umumiy ovqatlanish ishlab chiqarishi qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda uning tovar aylanmasiga tenglashtirilgan (yaʼni sotilgan qoʻshilgan ustama haqdan tashqari u ovqat tayyorlashda foydalangan mahsulotlar qiymatini ham oʻz ichiga oladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi yirik, kichik savdo korxonalari va mikrofirmalar, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo va umumiy ovqatlanish bilan shugʻullanuvchi xususiy shaxslar faoliyati boʻyicha (norasmiy sektor) quyidagilar axborot manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) savdo faoliyatidan olingan daromadlar toʻgʻrisida uy xoʻjaliklari budjetini kuzatuv maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) isteʼmol tovarlari bozorlarini maxsus tanlov kuzatuvlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) dehqon bozorlari faoliyati toʻgʻrisida maʼmuriyatning maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Davlat soliq qoʻmitasining choraklik davr boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati daromadiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu toifa uchun oraliq isteʼmol maxsus tanlov kuzatuvlari natijalari asosida ekspert tuzatish kiritilgan holda xususiy korxonalar boʻyicha shakllangan yalpi ishlab chiqarishda uning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo tovarlar va xizmatlar bilan eksport-import operatsiyalarini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo hajmi ichki savdo hajmida boʻlgani singari sotilgan ustiga qoʻyilgan toʻlov miqdori bilan oʻlchanadi. Tashqi savdoda ustiga qoʻyilgan toʻlov (yalpi daromad) eksport va import operatsiyalari bilan shugʻullanadigan barcha iqtisodiy birliklarning ushbu operatsiyalar boʻyicha tovarlar va xizmatlarni sotish va xarid qilish narxlari oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdoning yalpi ishlab chiqarishi statistika organlari tomonidan oʻtkaziladigan maxsus soʻrovlar asosida aniqlanadigan asosiy tashqi savdo tashkilotlarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport-import operatsiyalari hajmiga yalpi daromadning nisbati tovarlar va xizmatlar tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq isteʼmol xorijiy sarmoya ishtirokidagi savdo qiluvchi korxonalar boʻyicha muomala xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choraklik hisob-kitoblarda joriy narxlarda ichki savdo boʻyicha yalpi ishlab chiqarish miqdori yalpi daromadning umumiy tovar aylanmasiga (ulgurji savdo va umumiy ovqatlanish ham shu jumlaga kiradi) nisbati sifatida, tashqi savdo boʻyicha — yalpi daromadning keyinchalik aniqlashtirilgan choraklik maʼlumotlarga tuzatish kiritilgan yillik hisob-kitoblarda hosil boʻlgan tashqi savdo aylanmasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki savdoning yalpi ishlab chiqarishini qiyosiy narxlarda qayta baholash tovarlarga isteʼmol narxlari indeksi boʻyicha joriy narxlarda ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni deflatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tashqi savdo yalpi ishlab chiqarishini qiyosiy narxlarda qayta baholash uchun butun eksportning qariyb yarmini tashkil etadigan asosiy eksportni hosil qiluvchi tovarlar boʻyicha natura koʻrsatkichi yordamida hisoblab chiqilgan fizik hajm indekslaridan, qolgan qismi boʻyicha dollar bilan hisoblashda tashqi savdo aylanmasining oʻzgarishi indeksidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tayyorlov” tarmogʻi tayyorlov tashkilotlari, tayyorlov tashkilotlariga tegishli boʻlgan punktlar va boʻlimlar, elevatorlar, don quritish fabrikalari va punktlari, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari tayyorlov idoralari, dorivor xomashyo tayyorlov tashkilotlari, korxonalardagi tayyorlov idoralari punktlari, tovar xomashyo birjalari, broker idoralari va agentliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari oldi-sotdisida vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan xususiy shaxslar faoliyatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlov tashkilotlarining ishlab chiqarishi sotilgan ustiga qoʻyilgan toʻlov miqdorini, yaʼni tayyorlanadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sotuv va xarid narxi oʻrtasidagi farqni ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi yirik, kichik tayyorlov korxonalari va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari oldi-sotdisida vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan xususiy shaxslar faoliyati boʻyicha ishlab chiqarish hajmi Davlat soliq qoʻmitasining yakka tartibda mehnat faoliyati daromadiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiyosiy narxlarda ishlab chiqarish tayyorlovning fizik hajmi indeksi orqali oʻtgan yilning tegishli davridagi ishlab chiqarishni ekstrapolatsiya qilish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-hisoblash xizmatlari koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot-hisoblash xizmatlari koʻrsatish” tarmogʻi axborotni qayta ishlash uchun bozor faoliyatini, boshqa korxonalar va tashkilotlarning axborot-hisoblash xizmati koʻrsatishini, dasturiy taʼminlashga doir maslahatlarni, maʼlumotlar bazasi barpo etilishi va hokazolarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu faoliyat hisoblash markazlari hamda boshqa davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, shuningdek xususiy shaxslar (dasturiy taʼminlash boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish, dasturiy maʼlumotlarni tarqatish) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-hisoblash xizmatlari ishlab chiqarish ushbu xizmatlarni sotishdan olingan tushum miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi axborot-hisoblash xususiyatiga ega boʻlgan xizmatlar koʻrsatadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-hisoblash xizmatlari koʻrsatadigan xususiy shaxslar faoliyati boʻyicha ishlab chiqarish hajmi Davlat soliq qoʻmitasining yakka tartibdagi mehnat faoliyati daromadiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choraklik hisob-kitoblarda yalpi ishlab chiqarishni baholash, yillik va choraklik hisob-kitoblarga koʻra aniqlashtirilgan bazaviy maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Qiyosiy narxlarga qayta hisoblash indekslari sifatida tarmoqda band boʻlganlar soni oʻzgarishi indeksidan, joriy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida — tarmoqda ishlaydiganlarning ish haqi oʻzgarishi indeksidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulk bilan operatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Koʻchmas mulk bilan operatsiyalar” tarmogʻi ishlab chiqarish — texnik va noishlab chiqarish maqsadidagi koʻchmas mulkning (turar joydan tashqari) tashkilotlar (mulkdorlar) tomonidan sotilishi va ijaraga (arendaga) berilishini, ishlab chiqarish-texnik maqsadidagi koʻchmas mulk, uy-joy va boshqa koʻchmas mulk oldi-sotdisida va ularni ijaraga (arendaga) berishda birjalar, brokerlik idoralari va agentliklarining vositachilik xizmatlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tarmoq ishlab chiqarishi hajmi ixtisoslashtirilgan birliklar, shuningdek ikkilamchi faoliyat tartibida boshqa tarmoqlarning korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan koʻchmas mulk bilan operatsiyalar boʻyicha xizmatlar qiymati miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi koʻchmas mulk bilan operatsiyalar boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari, shuningdek mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan budjet tashkilotlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choraklik baholashlarda hisob-kitob yillik va choraklik ishlanmalarga koʻra aniqlashtirilgan bazaviy davr maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi. Qiyosiy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida tarmoqda band boʻlganlar soni indeksidan, joriy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida ular ish haqining oʻzgarishi indeksidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlarning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha umumiy tijorat faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bozorlarning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha umumiy tijorat faoliyati” tarmogʻi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar, qimmatli qogʻozlar, valyuta oldi-sotdisida universal, tovar-fond birjalari va boshqa birjalarning, brokerlik idoralari va agentliklarining vositachilik xizmatlari, transport, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash va fan sohasida vositachilik xizmatlari, asbob-uskunalarni sozlashda, yangi texnologiyalarni meʼyoriga yetkazishda, “nou-xau”, patentlar, litsenziyalar, boshqa mualliflik huquqlarini sotish va sotib olishda, adabiyot va sanʼat asarlari ijrosiga mualliflik huquqini olish va berishda koʻmaklashish; reklama, namoyish qilish xizmatlari (koʻrgazmalar, uchrashuvlar va hokazolarni tashkil etish); auditorlik faoliyati (taftish, buxgalteriya hujjatlari va boshqa hisobga olish-hisobot hujjatlarini tuzish va tekshirish boʻyicha xizmatlar); marketing tadqiqotlari, tijorat faoliyati, moliyalashtirish va boshqaruv masalalari boʻyicha maslahatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xizmatlar ishlab chiqarishi ular uchun toʻlanadigan haq miqdorida aniqlanadi. Toʻlov bitishuvlardan foiz, vositachilik haqi va hokazolar shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi bozorning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor baholashda hisob-kitob yillik va choraklik ishlanmalar asosida aniqlashtirilgan bazaviy davr maʼlumotlaridan boshlab yuritiladi. Qiyosiy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida band boʻlganlar soni indeksidan, joriy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida ish haqining oʻzgarishi indeksidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya va yer ostini razvedka qilish, geodeziya va gidrometeorologiya xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Geologiya va yer ostini razvedka qilish, geodeziya va gidrometeorologiya xizmati” tarmogʻi yer ostini geologik razvedka qilish, yer yuzasining geologik koʻrinishini suratga olish va yer bagʻrini chuqur oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar sirasiga kiritilganlardan tashqari; neft, gaz, qattiq foydali qazilma boyliklar konlarini va yer osti suvlarini izlash va razvedka qilish, topografiya-geodeziya ishlari, gidrometeorologiya xizmati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar, geologiya-razvedka, geodeziya va gidrometeorologik tashkilotlarning xoʻjalik boshqaruvini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya-razvedka ishlari ishlab chiqarishi geologiya-razvedka — korxonalarining oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlar qiymati miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi yirik, kichik geologiya, razvedka tashkilotlari va mikrofirmalar, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar boʻyicha statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor hisob-kitob bosqichida joriy statistika axboroti mavjud emasligi sababli baholash yillik ishlanmalar asosida amalga oshiriladi. Qiyosiy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida tarmoqda band boʻlganlar soni oʻzgarishi indeksidan, joriy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida — ularning ish haqi oʻzgarishi indeksidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatning boshqa turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faoliyatning boshqa turlari” tarmogʻi tahririyatlar va nashriyotlar faoliyatini, metall parchalari va chiqindilarni tayyorlash va ularni dastlabki qayta ishlashni, idoradan tashqari qoʻriqlashni va boshqa tarmoqlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatning ushbu turlarida yirik, kichik korxonalari va mikrofirmalari boʻyicha statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisoboti ishlab chiqarish va oraliq isteʼmolni baholash uchun axborot manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor hisobotlar bosqichida joriy statistika axboroti mavjud emasligi sababli hisob-kitob yillik ishlanmalar asosida amalga oshiriladi. Qiyosiy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida tarmoqda band boʻlganlar soni oʻzgarishi indeksidan, joriy narxlarda qayta hisoblash indekslari sifatida — ularning ish haqi oʻzgarishi indeksidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy- joy xoʻjaligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uy-joy xoʻjaligi” tarmogʻi uy-joy fondidan, shu jumladan yotoqxonalardan, chetdan keluvchilar uchun yotoqxonalar bundan mustasno, foydalanish xizmatlarini oʻz ichiga oladi. Ushbu xizmatlarni Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, taʼmirlash-foydalanish boshqarmasi, korxonalar va tashkilotlarning uy-joy-kommunal boʻlimlari, oʻquv yurtlarining yotoqxonalari, vazirliklar va idoralarning uy-joy boshqarmalari koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy xoʻjaligining oʻziga xos xususiyati uy-joy fondi mulkdorlarining koʻp xilliligidan iboratdir: turar joy fondi xususiy mulk (fuqarolar va yuridik shaxslarning), munitsipal mulk, jamoat birlashmalari mulki, shuningdek davlat tijorat korxonalari va muassasalari mulki (idoraviy fond), uy-joy shirkatlari mulki boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy fondi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fuqarolarning mulkida boʻlgan uy-joy fondi (xususiylashtirilgan, yakka tartibda qurilgan va sotib olingan uylar hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uylaridagi kvartiralar, jumladan bogʻ va dala hovli yer uchastkalarida joylashgan, tomorqa yerlari bilan yashash uylari sifatida qayta rasmiylashtirilgan yashash imoratlari), pay badallari toʻliq toʻlangan uy-joy shirkatlari uylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xususiy korxonalar mulkida boʻlgan uy-joy fondi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Munitsipal uy-joy fondi, ularga maʼmuriy-hududiy tuzilmalar kiradigan shahar, tuman mulkida boʻlgan fondni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat uy-joy fondi jamoat birlashmalari mulkida boʻlgan uy-joy fondini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraga qarashli uy-joy fondi mulkchilikning barcha shakllaridagi davlat tijorat korxonalari, shuningdek budjet muassasalari uy-joy fondini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Munitsipial uy-joy fondi boʻyicha bozor xizmatlari hajmi ijara yoki arenda (kvartira yoki arenda toʻlovi) shartnomasi boʻyicha uy-joyga amalda toʻlangan toʻlovlar bilan subsidiyalar qoʻshilishidan yuzaga keladigan narxlarda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy va uy-joy-qurilish kooperativlari bozor xizmatlari miqdori foydalanish xarajatlari toʻlovi miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar — idoraga qarashli uy-joy fondi mulkida boʻlgan uy-joy fondining nobozor xizmatlari hajmi, jamoat birlashmalari uy-joy xoʻjaligi xizmatlari kabi uni saqlashga ketadigan joriy xarajatlar miqdori boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar mulkida boʻlgan xususiy uy-joy fondi xizmatlari miqdori quyidagi elementlar yigʻindisidan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻz mulki boʻlgan uyda yashash boʻyicha xizmatlarning shartli hisoblab chiqarilgan qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xususiy uyni arendaga topshirishdan olingan daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz mulki boʻlgan uyda yashash boʻyicha xizmatlarning shartli hisoblab chiqarilgan qiymati uyning tegishli toifalari ijarasining (arenda) bozor narxlaridan kelib chiqqan holda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi uy-joy xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda ishlab chiqarish hajmini baholash uy-joy xoʻjaligining tegishli toifalari uy-joy fondi maydonining indeksi boʻyicha oʻtgan yil uchun joriy narxlarda ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekstrapolatsiya qilish metodi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xoʻjaligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kommunal xoʻjaligi” tarmogʻi, tashqi obodonlashtirish xizmatlarini (sanitariya yuzasidan tozalash, shaharlar va posyolkalar koʻchalarini tozalash hamda koʻkalamzorlashtirish, shahar yoʻllari, koʻpriklardan foydalanish va boshqalar), tashqi yoritishdan foydalanish, gaz, suv, issiqlik taʼminoti, mehmonxona xizmatlari, xizmat binolaridan foydalanish, yongʻindan muhofaza qilish xizmatlari; kommunal xoʻjalikni xoʻjalik jihatidan boshqarish boʻyicha xizmatlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularning hajmi xizmatlarni sotishdan tushum (daromad) miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi kommunal xoʻjaligi xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisobotlari shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi obodonlashtirish, tashqi yoritish, xizmat binolaridan foydalanish, yongʻindan muhofaza qilish va kommunal xoʻjalikni xoʻjalik jihatidan boshqarishni tashkil etish budjetdan moliyalashtiriladi va bozorga xos boʻlmagan xizmatlar koʻrsatadi. Ular xizmatlari hajmi ushbu korxonalarning joriy xarajatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumotlari boʻyicha asosiy kapital isteʼmoli miqdorida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda kommunal xoʻjaligi boʻyicha ishlab chiqarishni baholash natura shaklida koʻrsatilgan xizmatlar hajmining oʻzgarishi miqdoriy koʻrsatkichlar indeksi (isteʼmolchilarga gaz, suv, issiqlik energiyasi berish, oqova suvlarni oʻtkazib yuborish, mehmonxonalardagi bir sutkada berilgan oʻrinlar soni, hududlarni tozalash boʻyicha maxsus avtotransport ishining mashina-kunlari soni indeksi) boʻyicha oʻtgan yil uchun joriy narxlarda chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekstrapolatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari” tarmogʻi fotografiya, hammomlar, dush pavilonlari, sartaroshxonalar, kvartiralarni yigʻishtirish, maʼlumotnomalar berish, topshiriqlarni bajarish, tarjima qilish boʻyicha tashkilotlar xizmatlarini, lombardlar xizmatlarini, korxonalar tomonidan koʻrsatiladigan marosim xizmatlarini, shuningdek xususiy shaxslar tomonidan bajariladigan shunga oʻxshash xizmatlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xizmatlar hajmi ishlab chiqaruvchilarning narxlarida, qoʻshilgan qiymat soligʻini chiqarib tashlagan holda, ularni sotishdan tushgan tushumlar summasi sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari bilan shugʻullanadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisobotlari shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasining toʻlangan soliqlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlariga koʻra baholanadi, oraliq isteʼmol maxsus tanlov kuzatuvi natijalari asosida ekspert tuzatishi kiritilgan holda kichik korxonalar boʻyicha yuzaga kelgan yalpi chiqarishda ularning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga maishiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ishlab chiqarishni taqqoslama narxlarda baholash hisobot yili uchun joriy narxlarda ishlab chiqarishni xizmatlar toʻplamiga isteʼmol narxlari indeksi boʻyicha deflatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot” tarmogʻi kasalxonalar, poliklinikalar, sanatoriylar, dam olish uylari, turistik oromgohlar, stadionlar, sport klublari, ijtimoiy taʼminot muassasalari va boshqa muassasalar faoliyatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tarmoqlarning ishlab chiqarish hajmi quyidagilarni qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning (masalan, xususiy vrachlarning) bozor xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan va Davlat budjetidan tashqari jamgʻarmalaridan moliyalashtiriladigan muassasalar xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tarmoqlarga tegishli boʻlgan korxonalar boʻlinmalari xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisobotlari shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot muassasalari xizmatlari hajmi Moliya vazirligining Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumotlari boʻyicha (pensiya va nafaqalarni ayirib tashlagan holda) ushbu maqsadlarga joriy xarajatlar va asosiy kapital isteʼmoli miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq isteʼmol davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotdagi xarajatlar tuzilmasi haqidagi maʼlumotlar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet poliklinikalari, kasalxonalar va boshqalar haqi qisman toʻlanadigan xizmatlar koʻrsatish, shuningdek xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini toʻliq qoplagan holda xizmatlarni bozor narxlari boʻyicha koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet muassasalari koʻrsatadigan xizmatlar umumiy hajmi ularning joriy xarajatlari va asosiy kapital isteʼmolini qoʻshgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi toʻlangan soliqlar summasi toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra baholanadi, oraliq isteʼmol maxsus tanlov kuzatuvi natijalari asosida ekspert tuzatish kiritilgan holda kichik korxonalar boʻyicha yuzaga kelgan yalpi ishlab chiqarishda ularning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda ushbu xizmatlarni ishlab chiqarish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— bozor xizmatlari — xizmat turlari isteʼmol narxlari indeksi boʻyicha hisobot yili uchun joriy narxlarda ishlab chiqarishni deflatsiya qilish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— bozorga xos boʻlmagan xizmatlar — narxlarning tegishli indekslari orqali xarajatlar elementlari boʻyicha qayta baholash yoʻli bilan qayta baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim” tarmogʻi oʻquv akademiyalari, universitetlar, institutlar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi kadrlarini tayyorlash boʻyicha boshqa oʻquv yurtlari, tayyorlash va malaka oshirish kurslari, bolalar uylari, maktabgacha taʼlim muassasalari, shuningdek ushbu sohada yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan shaxslar xizmatlari faoliyatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tarmoq ishlab chiqarish hajmi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning (masalan, xususiy tarbiyachilar, oʻqituvchilar, repetitorlarning) bozor xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti va Davlat budjetidan tashqari jamgʻarmalardan moliyalashtiriladigan muassasalar xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tarmoqlarga tegishli boʻlgan korxonalar boʻlinmalari xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti hisobiga moliyalashtiriladigan muassasalar xizmatlarining umumiy hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumotlariga koʻra taʼlim uchun (stipendiyalar chiqarib tashlangan, asosiy kapitalning isteʼmoli qoʻshilgan holda) joriy xarajatlar summasi miqdorida aniqlanadi. Oraliq isteʼmolni hisoblab chiqarish uchun xarajatlar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarga maktabdan tashqari xizmatlar koʻrsatish, kadrlar tayyorlash va taʼlim sugʻurtasi davlat budjetidan tashqari jamgʻarmalar hisobidan moliyalashtiriladi. Bu maʼlumotlar ushbu jamgʻarmalarning budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotdan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa tarmoqlarga tegishli boʻlgan korxonalar boʻlinmalari tomonidan koʻrsatilgan taʼlim xizmatlarining umumiy hajmi ushbu korxonalarning Davlat statistika hisobotlari maʼlumotlariga koʻra korxonalarni ijtimoiy rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy-madaniy soha obyektlari taʼminotining taʼlim qismi boʻyicha xarajatlar miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet hisobidan moliyalashtiriladigan taʼlim sohasi muassasalari boʻyicha oraliq isteʼmol davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan xarajatlar tuzilmasi haqidagi maʼlumotlar boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat korxonalarining oraliq isteʼmoli kichik korxonalar boʻyicha yuzaga kelgan yalpi ishlab chiqarishda ularning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Davlat soliq qoʻmitasining toʻlangan soliqlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari boʻyicha baholanadi, oraliq isteʼmol maxsus tanlov kuzatuvi natijalari asosida ekspert tuzatish kiritilgan holda kichik korxonalar boʻyicha yuzaga kelgan yalpi ishlab chiqarishdagi ularning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda ushbu xizmatlarning ishlab chiqarishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor xizmatlari — natura ifodasida (bolalar maktabgacha muassasalari — tarbiyalanuvchilar soni, oʻquv yurtlari — taʼlim turlari boʻyicha oʻquvchilar soni) koʻrsatilgan xizmatlar hajmining oʻzgarishini tavsiflaydigan miqdoriy koʻrsatkichlar indekslari boʻyicha oʻtgan yil uchun joriy narxlarda ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekstrapolatsiya qilish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorga xos boʻlmagan xizmatlar — narxlarning tegishli indekslari orqali xarajatlar elementlari boʻyicha qayta baholash yoʻli bilan qayta baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniyat va sanʼat” tarmogʻi kutubxonalar, muzeylar va koʻrgazmalar, tomosha korxonalari, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻlari, botanika bogʻlari va hayvonot bogʻlari, televideniye va radioeshittirish faoliyatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tarmoq ishlab chiqarishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning bozor xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti va Davlat budjetidan tashqari jamgʻarmalardan moliyalashtiriladigan muassasalarning xizmatlari, shu jumladan bozor xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi madaniyat va sanʼat sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisobotlari shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan moliyalashtiriladigan madaniyat va sanʼat muassasalarida xizmatlar ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumotlariga koʻra aniqlanadi, bunda madaniyat va ommaviy axborot vositalari uchun jami xarajatlardan davriy nashrlar va nashriyotlar xarajatlari chiqarib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan madaniyat muassasalari xizmatlari hajmi “Kasaba uyushmalari tashkilotlari daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida”gi hisobot maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar (korxonalarning boʻlinmalari) balansida boʻlgan madaniyat muassasalari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi ushbu korxonalar hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha ijtimoiy rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ular taʼminoti va madaniy-maʼrifiy tadbirlarga xarajatlar miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat korxonalarining oraliq isteʼmoli kichik korxonalar boʻyicha yuzaga kelgan yalpi ishlab chiqarishda ularning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Davlat soliq qoʻmitasining toʻlangan soliqlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari boʻyicha baholanadi, oraliq isteʼmol maxsus tanlov kuzatuvi natijalari asosida ekspert tuzatish kiritilgan holda kichik korxonalar boʻyicha yuzaga kelgan yalpi ishlab chiqarishdagi ularning ulushi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda ushbu xizmatlar ishlab chiqarishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor xizmatlari — natura shaklida (kinoteatrlar, teatrlar, konsertlar, muzeylar, hayvonot bogʻlari, madaniyat va istirohat bogʻlari) xizmatlari, sirklar xizmatlari — keluvchilar soni, kutubxonalar xizmatlari—kitobxonlar soni) koʻrsatilgan xizmatlar hajmining oʻzgarishini tavsiflaydigan miqdoriy koʻrsatkichlar indekslari boʻyicha oʻtgan yil uchun joriy narxlarda ishlab chiqarish toʻgʻrisidan maʼlumotlarni ekstrapolatsiya qilish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorga xos boʻlmagan xizmatlar tegishli narxlar indekslari orqali xarajatlar elementlari boʻyicha qayta baholash yoʻli bilan qayta baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan va ilmiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fan va ilmiy xizmatlar” tarmogʻi yetakchi ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan muassasalar, konstruktorlik va loyiha tashkilotlari chetga sanoat mahsuloti ishlab chiqarmaydigan tajriba zavodlari, joriy etish korxonalari va tashkilotlari, ilmiy muassasalarga xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar faoliyatini oʻz ichiga oladi. Ushbu faoliyat mustaqil balansda boʻlgan davlat (tijorat va budjet) va nodavlat ilmiy va konstruktorlik tashkilotlari, korxonalar birlashmalari, oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-texnikaviy ishlarni bajaradigan loyiha tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq ishlab chiqarishi bajarilgan ilmiy-texnikaviy ishlar (ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlar, qurilish maydonchalariga bogʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan qurilish uchun loyiha ishlari), tajriba namunalari, buyumlar partiyasi, ilmiy-texnikaviy xizmatlar qiymatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi ilm-fan va ilmiy xizmatlar sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadigan yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisobotlari shakllari maʼlumotlari, shuningdek budjet hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorga xos boʻlmagan xizmatlar hajmi mudofaa uchun xarajatlar tarkibidagi ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari xarajatlarini hisobga olgan holda ilm-fanni mablagʻ bilan taʼminlash uchun joriy xarajatlar miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy muassasalar boʻyicha oraliq isteʼmol davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan xarajatlar tuzilmasi haqidagi maʼlumotlar boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda ushbu xizmatlar ishlab chiqarishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor xizmatlari — ish bilan band boʻlganlar soni indeksi boʻyicha oʻtgan yil uchun joriy narxlarda ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekstrapolatsiya qilish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorga xos boʻlmagan xizmatlar — narxlarning tegishli indekslari orqali xarajatlar elementlari boʻyicha qayta baholash yoʻli bilan qayta baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya, kredit, sugʻurta, pensiya taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya, kredit, sugʻurta, pensiya taʼminoti” tarmogʻi bank faoliyatini, sugʻurta, pensiya taʼminoti, yordamchi moliya-vositachilik faoliyatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari, tijorat banklari, boshqa moliya-kredit tashkilotlari (moliyaviy korporatsiyalar, moliyaviy jamgʻarmalar, investitsiya firmalari, lizing kompaniyalari, shu jumladan innovatsiya va moliyaviy lizingni amalga oshiradigan kompaniyalar, investitsiya jamgʻarmalari) xizmatlarini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi moliya-vositachilik faoliyati xizmatlari moliya bozorlarini nodavlat boshqarish xizmatlari (fond birjalari, valyuta birjalari, valyuta va fond birjalari) fond boyliklari bilan birja operatsiyalari boʻyicha xizmatlar, qimmatli qogʻozlar va valyutalar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan brokerlik, makler, diler firmalari xizmatlarini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank xizmatlari ishlab chiqarishi Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa moliya-kredit tashkilotlari boʻyicha alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning bozor xizmatlari ishlab chiqarishi ikki turdagi xizmatlardan tashkil topadi: moliyaviy vositachilikning bilvosita aniqlanadigan xizmatlari va boshqa bank xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy vositachilik xizmatlari banklar va moliyaviy vositachilar sifatida ish koʻradigan boshqa moliyaviy muassasalar tomonidan ayrim tashkilotlarning vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini jamgʻarishi hamda ularni foydalanish uchun boshqa tashkilotlarga berishidan iborat boʻladi. Banklar tomonidan pul mablagʻlarini berganlik uchun undiriladigan foizlar, prinsip jihatidan, jalb qilingan mablagʻlar uchun ular tomonidan foizlar toʻlovini taʼminlashi, shuningdek ularning joriy xarajatlarini qoplashi va daromad olishini taʼminlashi lozim. Ushbu xizmatlar qiymati moliyaviy vositachilar tomonidan oʻz mulkidan olingan daromadlar (oʻz mablagʻlarini investitsiyalashdan olingan sof daromadlardan tashqari) bilan ularning kreditorlari tomonidan toʻlangan foizlar oʻrtasidagi tafovut sifatida bilvosita yoʻl bilan aniqlanadi. Shuning uchun bu xizmatlar moliyaviy vositachilikning bilvosita oʻlchanadigan xizmatlari deb ataladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari boʻyicha yalpi ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol hajmi tijorat banklari uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisobotlari shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdolarni tashkil etish bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha fondlari valyutalar, valyuta-fond birjalari xizmatlari hajmi bitimni (bitim summasidan foiz yoki bitim hajmidan qatʼi nazar, belgilangan summa hisobida) amalga oshirishda birjalar foydasiga undiriladigan vositachilik haqi miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta xizmatlari, turli mulkchilik shakllari tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan hayotni sugʻurtalash, mol-mulkni sugʻurtalash va sugʻurtaning boshqa turlari boʻyicha xizmatlar, jumladan nodavlat tibbiyot sugʻurta tashkilotlari xizmatlarini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta xizmatlarini chiqarish quyidagi sxema boʻyicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalashning barcha turlari boʻyicha sugʻurta mukofoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalashning texnik rezervlarini investitsiyalashdan tushgan sof daromad qoʻshiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalashning barcha turlari boʻyicha sugʻurta badali ayirib tashlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalashning texnik rezervlari oʻzgarishi ayirib tashlanadi (narxlar oʻzgarishi natijasida ularning qiymati oʻzgarishiga oid tuzatish kiritilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jami sugʻurta xizmatlari hajmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta muassasalari boʻyicha ishlab chiqarish va oraliq isteʼmolni hisoblab chiqarish sugʻurta tashkilotlarining davlat statistika hisobotlari maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fondlarning statistika organlari tomonidan soʻraladigan budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar fondlar boʻyicha ishlab chiqarish va oraliq isteʼmolni hisoblab chiqarish uchun zarur axborotlar manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda moliyaviy xizmatlar ishlab chiqarish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyati boʻyicha ishlab chiqarishni hisobot yili joriy narxlarida banklararo kreditlar boʻyicha oʻrtacha yillik foiz stavkalari oʻzgarishi indeksi va bank xizmatlariga isteʼmol narxlari indeksi bilan ikki tomonlama deflatsiya qilish usuli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tashkilotlari va moliya tashkilotlarining boshqa yordamchi faoliyati boʻyicha ish bilan band boʻlganlar sonining oʻzgarish indeksi orqali oʻtgan yil ishlab chiqarishini ekstrapolatsiya qilish bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshqaruv” tarmogʻi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sud muassasalari va yuridik muassasalar, jamoat xavfsizligini muhofaza qilish va mudofaa organlari faoliyatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosan bozorga xos boʻlmagan xizmatlar koʻrsatadigan davlat boshqaruv muassasalari ishlab chiqarishi, davlat budjeti mablagʻlari (Moliya vazirligining davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti) hisobiga huquqni muhofaza qilish organlari, davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari taʼminotiga hamda mudofaa xarajatlari uchun xarajatlar summasi boʻyicha aniqlanadi. Mudofaa xarajatlari armiya taʼminoti (mehnatga haq toʻlash va tezkor-xoʻjalik xarajatlari), qurol-yarogʻ va harbiy texnika xarid qilish uchun xarajatlarni, mudofaa uchun boshqa xarajatlarini oʻz ichiga oladi. Budjet hisobiga mablagʻlar sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosiy kapital isteʼmolini kiritish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmatlar koʻrsatadigan tijorat muassasalari yalpi ishlab chiqarishi va oraliq isteʼmoli hajmi ushbu faoliyat turi boʻyicha yirik, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan davlat statistika hisobotlari shakllari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tarmoqqa davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan ayrim jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun davlat tomonidan jalb qilinadigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va undan foydalanishni tashkil etishning muhim shaklini ifodalaydigan davlat budjetdan tashqari jamgʻarmalari (ijtimoiy jamgʻarmalar, davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi va pensiya jamgʻarmasidan tashqari), shuningdek iqtisodiy va maxsus jamgʻarmalar ham tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari davlat jamgʻarmalari boʻyicha ishlab chiqarish statistika organlariga ularning soʻrovi boʻyicha taqdim etilgan ushbu jamgʻarmalar budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotdan ularning apparati taʼminotiga joriy xarajatlar miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda ushbu xizmatlar ishlab chiqarishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor xizmatlari — ish bilan band boʻlganlar soni indeksi boʻyicha oʻtgan yil uchun joriy narxlarda ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekstrapolatsiya qilish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorga xos boʻlmagan xizmatlar — tegishli narxlar indekslari orqali xarajatlar elementlari boʻyicha qayta baholash yoʻli bilan qayta baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamoat birlashmalari” tarmogʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— siyosiy birlashmalar (partiyalar, harakatlar, yoshlar siyosiy tashkilotlari, vatandoshlar tashkilotlari, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan doʻstlik jamiyatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— direktorlar, tadbirkorlar, shirkatlar birlashmalari, Savdo- sanoat palatasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— kasaba uyushmalari, kasaba uyushmalari konfederatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— ijodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-maʼrifiy jamoat birlashmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— ijtimoiy muhofaza birlashmalari (xotin-qizlar, talabalar, bolalar, faxriylar birlashmalari, nogironlar, Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— jamoat jamgʻarmalari (bolalar, tinchlik jamgʻarmalari va boshqalar) hamda mustaqil hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xayriya jamgʻarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— diniy tashkilotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari xizmatlari ishlab chiqarishi ularning asosiy (ustavda qayd etilgan) faoliyatni amalga oshirishi bilan bogʻliq joriy xarajatlar boʻyicha baholanadi. Bu faoliyat pul toʻlanadigan apparat taʼminoti xarajatlarini, xoʻjalik xarajatlarini, plenumlar, syezdlar, konferensiyalar va boshqalarni oʻtkazishga tashkiliy xarajatlarni, shuningdek asosiy kapital isteʼmolini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari aholiga va shartnomalar boʻyicha korxonalar va tashkilotlarga pulli xizmatlar koʻrsatishi mumkin (sport seksiyalari, bichish va tikish kurslarini yuritish, madaniyat va sanʼat sohasidagi xizmatlar va boshqalar). Bu xizmatlar ularni sotishdan tushgan tushum bilan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq isteʼmol umuman jamoat birlashmalari boʻyicha ishlab chiqarish bilan yollanma ishchilar mehnatiga haq toʻlash, ishlab chiqarish uchun boshqa soliqlar (subsidiyalarni chiqarib tashlagan holda) va asosiy kapital isteʼmoli summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xizmatlar ishlab chiqarishi taqqoslama narxlarda ish bilan band boʻlganlar indeksi boʻyicha oʻtgan yil uchun joriy narxlarda ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekstrapolatsiya qilish yoʻli bilan qayta baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy tarmoqlar koʻrsatkichlarini choraklik baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choraklik baholashda turar joy xoʻjaligi, kommunal xoʻjalik, aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot, taʼlim, madaniyat va sanʼat, ilm-fan va ilmiy xizmat koʻrsatish, moliya, kredit, sugʻurta, pensiya taʼminoti, boshqaruv, jamoat birlashmalari tarmoqlarining ishlab chiqarishi tezkor axborot toʻplami cheklanganligi munosabati bilan tarmoqlar boʻyicha boʻlinmasdan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy narxlarda nomoddiy xizmatlar sohasi tarmoqlarining yalpi ishlab chiqarishi tezkor hisob-kitobda bozor (pulli) va bozorga xos boʻlmagan (bepul) xizmatlardan hosil boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorga xos boʻlmagan xizmatlar ishlab chiqarishi Moliya vazirligining davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi (ijtimoiy-madaniy tadbirlar, davlat boshqaruv organlari taʼminoti xarajatlari hamda maʼmuriy xarajatlar). Bu maʼlumotlar korxonalar, kasaba uyushmalari va boshqa budjetdan tashqari tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar miqdorida, tezkor bazaga soʻnggi yillik hisob-kitoblarning oʻzaro munosabatlari darajasida hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor xizmatlari ishlab chiqarishi davlat statistika hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan subyektlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi qoʻshilgan holda hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq isteʼmol soʻnggi tasdiqlangan yillik hisobotning yalpi ishlab chiqarishida oraliq isteʼmolning yuzaga keladigan ulushi boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ishlab chiqarish va qoʻshilgan qiymat taqqoslama narxlarda pulli va bepul xizmatlar boʻyicha alohida hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pulli xizmatlar boʻyicha — pulli xizmatlarga isteʼmol narxlari indeksi orqali, bepul xizmatlar boʻyicha noishlab chiqarish sohasida ish bilan band boʻlganlar indeksi orqali hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarga solinadigan sof soliqlar
va eksport-import operatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarga sof soliqlar — bu subsidiyalar chiqarib tashlangan) egri soliqlar. Ularga qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va eksport-import operatsiyalariga soliq (eksport-import operatsiyalaridan davlat daromadlari va davlat tashqi savdo tashkilotlari va korxonalarining budjetga undiriladigan qoʻshimcha daromadlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish va import bilan bogʻliq soliqlar tovarlar ishlab chiqarilgan yoki xizmatlar koʻrsatilgan, sotilgan yoki import qilingan vaqtda, yaʼni soliq toʻlovi boʻyicha majburiyat paydo boʻlgan vaqtda roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda hisoblangan summalar boʻyicha hisobi olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisoblangan summalar boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda Davlat soliq qoʻmitasining soliq toʻlovlari toʻgʻrisidagi hisoboti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumotlari boʻyicha amalda olingan soliq tushumlaridan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport-import operatsiyalariga soliqlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import va eksport bojlari (bojxona bojlari tarkibida hisobga olinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import mahsulotlariga aksiz soliqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarni tashqi bozorda sotish narxlari va uning ichki bozor narxlari oʻrtasidagi tafovutdan yuzaga keladigan Davlat budjetiga (jamgʻarmalarga) oʻtkaziladigan davlat tashqi savdo tashkilotlari daromadining bir qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy narxlarda mahsulotlarga subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat budjetidan foydalanishning xarajat qismi maʼlumotlari boʻyicha hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslama narxlarda sof soliqlarni qayta baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QQS — soliq solinadigan tarmoqlar qoʻshilgan qiymatining fizik hajmi indeksi boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiz soligʻi — aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning fizik hajmi indeksi boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport-import operatsiyalariga soliqlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dollar hisobida tashqi savdo aylanmasida importning oʻsish surʼati boʻyicha import bojlari uchun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat monopoliyasi boʻlgan tovarlar (qimmatbaho metallardan tashqari) eksporti fizik hajmining oʻzgarishi indeksi boʻyicha davlat tashqi savdo tashkilotlari foydasi uchun. Qimmatbaho metallarga tatbiqan taqqoslama narxlarda qayta baholash ularning ishlab chiqarishi fizik hajmi indekslari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiyalar — subsidiyalanadigan mahsulotlar va xizmatlarga stavkalar deflyatori boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash boʻyicha metodik qoʻllanmaga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha yalpi ichki mahsulot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(joriy narxlarda)‎

Tarmoqlar‎

Resurslar‎

Ishlatilishi‎‎‎

yalpi ishlab
‎chiqarish‎

oraliq
‎isteʼmol‎

yalpi
‎qoʻshilgan
‎qiymat‎

1‎

2‎

3 = 1-2‎


‎Sanoat

‎‎undan:

‎‎elektrenergetika
‎neft qazib olish sanoati
‎ neftni qayta ishlash sanoati
‎ gaz sanoati
‎koʻmir sanoati
‎qora metallurgiya
‎rangli metallurgiya
‎ kimyo va neft-kimyo sanoati
‎ mashinasozlik va metallga ishlov berish
‎yogʻoch va yogʻochni qayta ishlash
‎ oyna va chinni sanoati
‎yengil sanoat
‎oziq-ovqat sanoati
‎un-yorma sanoati
‎mikrobiologiya sanoati
‎farmatsevtika sanoati
‎matbaa sanoati
‎boshqa sanoat ishlab chiqarishlari.

‎Qishloq xoʻjaligi
‎Qurilish
‎Transport va aloqa
‎Savdo (ulgurji savdo, shu jumladan
‎ishlab chiqarish vositalari ulgurji savdosi,
‎chakana savdo, tashqi savdo va umumiy
‎ovqatlanish)
‎Tayyorlov
‎Axborot-hisoblash xizmatlari koʻrsatish
‎Koʻchmas mulk bilan operatsiyalar
‎Bozor faoliyatini taʼminlash boʻyicha
‎umumiy tijorat faoliyati
‎Geologiya va yer osti boyliklarini
‎razvedka qilish, geodeziya va
‎gidrometeorologiya xizmatlari
‎Faoliyatning boshqa �urlari
‎Uy-joy xoʻjaligi
‎Kommunal xoʻjalik
‎Aholiga maishiy xizmat
‎koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari
‎Sogʻliqni saqlash, jismoniy
‎tarbiya va ijtimoiy taʼminot
Taʼlim
‎Madaniyat va sanʼat
‎Fan va ilmiy xizmat koʻrsatish
‎Moliya, kredit, sugʻurta, pensiya taʼminoti
Boshqaruv
‎Jamoat birlashmalari
‎Moliyaviy vositachilikning
‎bilvosita xizmatlari (-)
‎Mahsulotga sof soliqlar

‎Tarmoqlar boʻyicha jami ‎