OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
QARORI
2006 YIL 30 AVGUSTDAGI OROL DENGIZINING OʻZBEKISTON QISMIGA TEGIShLI MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIMNI BAJARISh DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 22-oktabrda 1732-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 30-martdagi 01-02/12-9, 2017/10-4, 126-sonli ““2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1732-2, 10.04.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Orol dengizining Oʻzbekiston qismini geologik jihatdan oʻrganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida” 2006-yil 30-avgustdagi PQ-457-son, “Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida” 2006-yil 24-oktabrdagi PQ-498-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kunidan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-sentabr,
01-02/12-27-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-sentabr,
EG-01/10-3960-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-sentabr,
33-son
Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining
2007-yil 5-sentabrdagi 01-02/12-27, EG-01/10-3960, 33-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 5-sentabrdagi 01-02/12-27, EG-01/10-3960, 33-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
QOIDALARI
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Orol dengizining Oʻzbekiston qismini geologik jihatdan oʻrganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida” 2006-yil 30-avgustdagi PQ-457-son, “Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida” 2006-yil 24-oktabrdagi PQ-498-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-EN-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi oʻrtasida 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq, koʻrsatilgan Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
MTB — 2006-yil 30-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-EN-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi oʻrtasida Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim, ilova hamda oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni ichiga olgan holda;
Sarmoyador — “Oʻzbekneftegaz” MXK, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” va “Si-EN-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) kompaniyalarni, ularning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionariylarini birga anglatadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-28, 2015/10-6, 99-sonli qarori (roʻyxat raqami 1732-1, 11.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 36-son, 483-modda)
Kompaniya-Ishtirokchi — matn mazmunidan kelib chiqib, “Oʻzbekneftegaz” MXK, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” va “Si-EN-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) kompaniyalarini va/yoki ularning tegishli huquqiy vorislari hamda yoʻl qoʻyiladigan tsessionariylarini anglatadi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-28, 2015/10-6, 99-sonli qarori (roʻyxat raqami 1732-1, 11.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 36-son, 483-modda)
Operator — MTBda nazarda tutilgan neft-gaz operatsiyalarini bajarishni tashkil qilish uchun “Aral SI Opereyting Kompanii” MChJ QK nomi bilan Sarmoyadorlar topshirigʻi boʻyicha taʼsis etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan yuridik shaxs. Operator MTBga muvofiq koʻzda tutilgan bojxona imtiyozlari va preferensiyalaridan foydalanadi;
Vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;
Neft-gaz operatsiyalari — geologik qidiruv ishlarini olib borish, loyihalashtirish, tovarlar, xizmatlar va ishlarni xarid qilish, ishlab chiqarish konlarni qazish va joylashtirish, qazib olish, ishlatish, qoʻzgʻatish, dam berib haydash, yigʻish, barqarorlashtirish, tozalash (tabiiy gazni tayyorlashni qoʻshgan holda), qazib chiqarish (shu jumladan tovar holidagi oltingugurtni olish) va shartnoma maydonida qazib olingan uglevodorod va oltingugurtni saqlash, ortish, yuklab joʻnatish, qayta ishlash va yetkaziladigan punktga yetkazib berish hamda shartnoma maydoni bilan bogʻliq tugatish va konservatsiya qilish operatsiyalari boʻyicha barcha faoliyatni, shuningdek, yillik ish dasturini bajarishni taʼminlaydigan boshqa faoliyatni anglatadi;
Neft-gaz mahsuloti — Neft-gaz operatsiyalari oʻtkazish mobaynida topilgan, qazib olingan, tayyorlangan, qayta ishlangan va/yoki saqlab qoʻyilgan hamda tegishli yetkaziladigan punktgacha yetkazib berilgan neft, tabiiy gaz, kondensat, boshqa uglevodorodli mahsulotlarni, shuningdek, boshqa qoʻshimcha moddalarni anglatadi;
Pudratchi — Kompaniya-Ishtirokchi va/yoki Operator bilan Neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida fuqaroviy-huquqiy bitim tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu tushuncha, Pudratchi yoki uning yordamchi pudratchilari bilan Neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida bitimlar tuzilgan yordamchi pudratchilarni ham oʻz ichiga oladi;
HBB — Kompaniya-Ishtirokchi, Operator, Pudratchi tomonidan olib kiriladigan (olib ketadigan) tovarlarni bojxona nazoratini yoki bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy bojxona boshqarmasi;
tovarlar — MTB doirasidagi Neft-gaz operatsiyalarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkaziladigan har qanday koʻchar mulk, shu jumladan sarflanadigan va qaytariladigan tovarlar;
sarflanadigan tovarlar — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga olib kiriladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, YoMM (yoqilgʻi-moylash materiallari), transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, shuningdek MTB boʻyicha ishlarni olib borish jarayonida ishlatiladigan texnik-material resurslar, loyiha va texnik hujjatlar;
qaytariladigan tovarlar — keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimi ostida olib oʻtilayotgan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, loyiha va texnik hujjatlar;
bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD) — qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va yuridik ahamiyatga ega hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-28, 2015/10-6, 99-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1732-1, 11.09.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 36-son, 483-modda)
3. Kompaniya-Ishtirokchi, Operator va Pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning, shuningdek olib chiqilayotgan qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi MTBning 20-moddasiga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olib, bojlar, soliq va yigʻimlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun olinadigan yigʻimdan tashqari) undirilmagan holda amalga oshiriladi:
a) Kompaniya-Ishtirokchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib kiriladigan/olib chiqiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq Kompaniya-Ishtirokchiga berilgan Kompaniya-Ishtirokchining kodiga asosan yuritiladi;
b) Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib kiriladigan/olib chiqiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq Operatorga berilgan Operatorning KTUT kodiga asosan yuritiladi;
v) Pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi Kompaniya-Ishtirokchi va/yoki Operator va Pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Pudratchiga berilgan kodga asosan yuritiladi.
4. Berilgan imtiyozlarning hisobini olib borish uchun BYuD bojxona toʻlovlari hisobga olingan holda toʻldiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga Operator tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga, shuningdek olib chiqiladigan qaytariladigan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Sarmoyador va/yoki Operator javobgar boʻladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali Pudratchi tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Kompaniya-Ishtirokchi va/yoki Operator va Pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq, Pudratchi javobgar boʻladi.
7. Olib kirilishi vakolatli organlarning ruxsatini olishni talab qiladigan tovarlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va MTBda belgilangan tartib va shartlarda olib kiriladi.
8. Operator Neft-gaz operatsiyalarini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-y., № 11, 124-modda) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (2004-yil 27-fevral, roʻyxat raqami 1318 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona ombori taʼsis etish huquqiga ega.
9. Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida xarid qilinadigan va ushbu hududdan tashqariga olib chiqilmasdan foydalanish uchun moʻljallangan tovarlar uchun bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
10. Qaytariladigan tovarlar olib kirish maqsadidan kelib chiqib, Kompaniya-Ishtirokchi, Operator yoki Pudratchi tomonidan bayon qilingan va bojxona organlari tomonidan oʻrnatilgan muddatga vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona yuk deklaratsiyasi quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda toʻldiriladi:
a) 24-ustunining chap kichik boʻlimida “79” bitim kodi koʻrsatiladi;
b) 44-ustunining 3-bandida MTBning raqami va sanasi, shuningdek Sarmoyador va/yoki Operatorning oʻtkaziladigan tovarlarga tegishli xati koʻrsatiladi. Tovarlar Operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻtkazilgan taqdirda, uning raqami va sanasi ham koʻrsatiladi.
11. Qaytariladigan tovarlarning vaqtincha olib kirish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati tegishli HBB tomonidan amalga oshiriladi.
12. Kompaniya-Ishtirokchi va/yoki Operator yoxud Pudratchi vaqtinchalik olib kirish oxirgi muddati tugaguniga qadar qaytariladigan tovarlarni quyidagi usullar orqali tasarruf etishi kerak:
a) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan reeksport rejimida olib chiqishi;
b) belgilangan vaqtinchalik olib kirish muddati tugashidan kamida oʻttiz (30) kun oldin tegishli HBBga yozma murojaatnoma asosida ularni vaqtinchalik olib kirish muddatlarini uzaytirishi;
v) qonun hujjatlari va MTBda belgilangan tartibda erkin muomalaga chiqarish rejimiga yoki boshqa rejimga joylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilishi.
13. Qaytariladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish muddatini bojxona yuk deklaratsiyasida dastlab koʻrsatilgan muddatdan ortiq muddatga uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-28, 2015/10-6, 99-sonli qarori (roʻyxat raqami 1732-1, 11.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 36-son, 483-modda)
14. Qaytarib olib chiqiladigan qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ushbu qaytariladigan tovarlarni bayon qilingan vaqtincha olib kirish rejimiga muvofiq nazoratga qoʻygan tegishli HBB tomonidan amalga oshiriladi.
15. Sarflanadigan tovarlar BYuD toʻldirgan holda, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga quyidagi xususiyatlarni inobatga olib joylashtiriladi:
a) 24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
b) 44-ustunining 3-bandida MTBning raqami va sanasi, shuningdek Sarmoyador va/yoki Operatorning oʻtkazilayotgan tovarlarga tegishli xati koʻrsatiladi. Tovarlar Operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻtkaziladigan taqdirda uning raqami va sanasi ham koʻrsatiladi;
v) “S” ustuni tovarlar Operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻtkazilganda toʻldiriladi.
16. Kompaniya-Ishtirokchi, Operator yoki Pudratchilarning sarflanadigan tovarlari bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin.
17. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida sertifikatlanishi majburiy boʻlgan sarflanadigan tovarlarni sertifikatlashdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sertifikatsiyalanishi majburiy boʻlgan tovarlarni (mahsulotlar)ni olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 901, 2000-yil 26-fevral) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-28, 2015/10-6, 99-sonli qarori (roʻyxat raqami 1732-1, 11.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 36-son, 483-modda)
18. Erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirilgan sarflanadigan tovarlar, Kompaniya-Ishtirokchi va/yoki Operator yoxud Pudratchining arizasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport rejimida Bojxona reeksport rejimi toʻgʻrisidagi nizomning (2002-yil 12-may, roʻyxat raqami 1134) shartlari va tartibiga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.
19. Kompaniya-Ishtirokchi va/yoki Operatorning majburiyatlari:
a) HBBga olib kirilayotgan/olib chiqilayotgan tovarlarni koʻrsatish va ularni tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi;
b) bojxona rasmiylashtiruvi uchun qonun hujjatlarida belgilangan yigʻimlarni toʻlashi;
v) qaytariladigan tovarlar keyinchalik boshqa shaxslarga beriladigan taqdirda, qaytariladigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimida rasmiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarni toʻlashi;
g) vaqtinchalik olib kirish muddatlari tugaganida qaytariladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bojxona rejimiga qayta rasmiylashtirishi.
20. Pudratchi ushbu Qoidalarning 19-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishga majbur.
21. Ushbu Qoidalarning 19-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar tuzilgan shartnomalar asosida Kompaniya-Ishtirokchi, Operator yoki Pudratchi tomonidan vakolatlangan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
22. Operator, zarurat tugʻilganda tegishli HBBga yozma murojaati asosida, Sarmoyador topshirigʻi boʻyicha va Vakolatli organning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga geologiya jinslari namunalari va uglevodorodlar namunalarini ishlov berish, tahlil etish va oʻrganish maqsadida olib chiqishi mumkin.
23. Operator, zarurat tugʻilganda Sarmoyador topshirigʻi boʻyicha va Vakolatli organning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga loyihaviy, texnik, hisobot hujjatlari, seysmik yozuvlar maʼlumotlarining aslini va boshqa geologik maʼlumotlarni ishlov berish, tahlil etish va oʻrganish maqsadida olib chiqishi mumkin. Operator olib chiqib ketilgan koʻrsatilgan yozuvlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishga majbur.
24. Sarmoyador, Operator, Pudratchilar, yordamchi pudratchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa shaxslarning Neft-gaz operatsiyalarini MTB boʻyicha bajarish uchun jalb qilinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turar joyiga va yuridik manziliga ega boʻlmagan xodimlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, har qanday maishiy buyumlarni va boshqa shaxsiy narsalarni, shu jumladan mebel, maishiy texnika, transport vositalari va h. k.ni, MTBning 20.3 va 20.4-moddalariga muvofiq, ushbu xodimlar va ularning oila aʼzolari tomonidan faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun olib kirilayotganda hech qanday bojxona toʻlovlarisiz (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketishga haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bunday buyumlarga nisbatan boʻlgan mulk huquqini boshqa shaxsga berish qonun hujjatlariga muvofiq, soliq solinishiga olib keladi.
25. Mulkdor huquqi Sarmoyadordan va/yoki Operatordan Oʻzbekiston Respublikasiga yoki u tomondan vakolatli organ (tashkilot)ga oʻtganda, Kompaniya-Ishtirokchi, Operator yoki Pudratchi tomonidan olib kiriladigan bunday tovarlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.
26. Sarmoyador (Operator) va Pudratchilarning chet ellik xodimlariga ham MTBda belgilangan barcha imtiyozlar va preferensiyalar joriy etiladi.
27. Olib kirilgan tovarlardan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan holda, shu jumladan, ular tasarrufdan chiqarilganda, HBB belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjetiga toʻlanishi lozim boʻlgan barcha bojxona toʻlovlarini undiradi.
28. Neft-gaz mahsulotlarini olib chiqishning bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati shartlari hamda qoidalari alohida tartibda yoki ushbu Qoidalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin oʻrnatiladi.
29. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Operator bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-sentabr
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-sentabr
“Aral SI Opereyting Kompani” MChJ QK Bosh direktori D. TURDIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 438-modda; 2015-y., 36-son, 483-modda)