Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2010 25.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1720
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 25.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1720
Kuchga kirish sanasi
05.10.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-YILDA ETIShTIRILGAN PAXTA XOM AShYoSINI OXIRIGAChA TOʻLIQ YIGʻIB-TERIB OLIShNI QOʻShIMChA RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 25-sentabrda 1720-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2010-yil 15-oktabrdagi 171-sonli “2007-yilda etishtirilgan paxta xomashyosini oxirigacha toʻliq yigʻib-terib olishni qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1720-1, 21.10.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan hamda 2007-yil hosili uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomasini bajargan qishloq xoʻjaligi korxonalarining paxta yigʻim-terimidan keyin dalalarda qolgan paxta xomashyosini nobud qilmaslik maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “2007-yilda etishtirilgan paxta xomashyosini oxirigacha toʻliq yigʻib-terib olishni qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2007-yil 13-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170-son

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2007-yil 13-sentabrdagi 170-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilda etishtirilgan paxta xomashyosini oxirigacha toʻliq yigʻib-terib olishni qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom 2007-yil paxta yigʻim-terimidan keyingi qolgan paxtani yigʻib-terib olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2007-yil paxta yigʻim-terimidan keyin paxta dalalarida qolgan paxtani nobud qilmaslik maqsadida, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalari (keyingi oʻrinlarda paxta tozalash korxonasi deb yuritiladi) bilan tuzilgan shartnoma shartlarini toʻliq bajargan qishloq xoʻjaligi korxonalarining (keyingi oʻrinlarda fermer xoʻjaligi deb yuritiladi) paxta dalasida qolgan paxta qoldigʻi (keyingi oʻrinlarda paxta deb yuritiladi) “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasining yogʻ-moy korxonalari (keyingi oʻrinlarda yogʻ-moy korxonalari deb yuritiladi) tomonidan fermer xoʻjaliklari bilan ixtiyoriy tuzilgan shartnomalarga muvofiq terib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Paxtani terib olishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining hududiy tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari paxta tozalash korxonalari bilan shartnoma shartlarini toʻliq bajargan fermer xoʻjaliklari haqida maʼlumotni tegishli hududdagi yogʻ-moy korxonalariga yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yogʻ-moy korxonalari viloyat hokimlarining ruxsati bilan fermer xoʻjaliklari va paxta tozalash korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini toʻliq bajargan fermer xoʻjaliklari bilan “2007-yil paxta yigʻim-terimidan keyingi qolgan paxtani yigʻib-terib olish toʻgʻrisida” bir hafta muddatda ixtiyoriy shartnoma tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yogʻ-moy korxonalari va tuman fermer xoʻjaliklari uyushmasi paxtani terib olish ishlarini tashkil qiladi va terilgan paxtani paxta tozalash korxonalariga yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yogʻ-moy korxonalari fermer xoʻjaliklari bilan “2007-yil paxta yigʻim-terimidan keyingi qolgan paxtani yigʻib-terib olish toʻgʻrisida” tuzilgan ixtiyoriy shartnomaga asosan fermer xoʻjaliklariga terilgan 2 (ikki) kilogramm paxta uchun 1 (bir) kilogramm shrot qaytarish haqida kunlik hisob-kitob olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yogʻ-moy va paxta tozalash korxonalari yigʻib olingan paxtani qabul qilishdan qayta ishlashgacha boʻlgan davrda olingan mahsulotlarni alohida hisobda olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Paxtani qayta ishlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paxta tozalash korxonalari terib olingan paxtani qabul qilib olishda paxta tozalash korxonalari, yogʻ-moy korxonalari, fermer xoʻjaliklari va “Sifat” Markazi vakillari bilan birgalikda solishtiruv-dalolatnomasi tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Solishtiruv-dalolatnomasiga asosan qabul qilingan paxta paxta tozalash korxonalari tomonidan belgilangan tartibda alohida joylarda saqlanishi taʼminlanadi va uni tez kunlarda qayta ishlash ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Paxta tozalash korxonalari ishlab chiqarilgan texnik chigitni tegishli yogʻ-moy korxonasiga topshiradi va bunda ishlab chiqarilgan paxta tolasi va momigʻi paxta tozalash korxonalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Topshirilgan texnik chigit yogʻ-moy korxonalari tomonidan qayta ishlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Texnik chigitni qayta ishlash jarayonida olingan yogʻ va sheluxa mahsulotlari qayta ishlashda ketgan xarajatlarni qoplash maqsadida yogʻ-moy korxonalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, saqlash hamda qayta ishlashdagi xarajatini dastlabki hisobga olishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 37-38-son, 381-modda) asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Paxtani yigʻish boʻyicha xarajatlarni qoplash va oʻzaro hisob-kitob qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yogʻ-moy korxonalari paxtani terib olish bilan bogʻliq boʻlgan xususan, paxtani terish, uni paxta tozalash korxonalariga yetkazish va yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari yogʻ-moy korxonalari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Paxta tozalash korxonalarining paxtani qayta ishlash jarayonida sarflagan xarajatlari qayta ishlangan mahsulotni (paxta tolasi va momigʻi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishidan olgan mablagʻi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Paxta tozalash korxonalari mahsulotlarni (paxta tolasi va momigʻi) sotishdan olingan mablagʻ, mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajat miqdoridan ortigʻini tegishincha yogʻ-moy korxonalariga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Korxonalarda qayta ishlanayotgan va ishlab chiqarilayotgan paxta chigiti, paxta yogʻi, paxta tolasi va momigʻining sifat koʻrsatkichlari davlat standartlari va texnik shartlar talablariga mos boʻlishi lozim. Bunda 5-navli paxtadan chiqadigan texnik chigitning yogʻdorligi hamda qayta ishlashdan isteʼmol yogʻi chiqish miqdori belgilangan normalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Sifat” markazi va Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-sentabr

“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi M. GʻAFUROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 11-sentabr

Oʻzbekiston “Sifat” markazi Bosh direktori V. USTYUGIN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 11-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Dehqon va fermer xoʻjaliklari” uyushmasi raisi S. QOBILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 11-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 406-modda)