OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQARO HAVO KEMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh QOIDALARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-sentabrda 1239-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 9-martdagi 72-n-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2768, 11.03.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini yanada takomillashtirish va ularni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2003-yil 4-apreldagi 44-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga (2003-yil 29-aprel, roʻyxat raqami 1239) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-avgust,
125-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 393-modda)